3.2. “Majolis un-nafois”ni o‘rganishda yangicha yondashuv
To‘garak mashg‘ulotlarida ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga
ham aloqadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘quv predmeti o‘rtasida
hamkorlik o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma
bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim. Bizningcha, mana shu omillar
qatoriga shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi, o‘quvchilarning
odilona muloqotga o‘rgangani, jamoa va guruhlarda ijobiy muhit yaratilgani
maqsad sari yo‘naltirilgan rejalarning yaxshi natijasidir.
Har bir pedagog ta’lim bilan tarbiya berishga jiddiy e’tibor berishi lozim.
O‘quvchi yoshlarga tarbiya berishda ularga yuksak fuqarolik his-tuyg‘ularni sifat
va xislatini tarkib toptirishda ta’lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Maktabda o‘qitiladigan har bir fanning o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va
imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish
o‘qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, izlanishiga bog‘liq. Ta’limiy-
tarbiyaviy omil va vositalar ko‘p. To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi
bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka
a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo uning mashg‘ulotlariga qatnashish majburiydir.
Adabiyot, ona tili va o‘zbek tili to‘garagining a’zolari 10-15 o‘quvchini tashkil
etishi kerak. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali,
qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar
bo‘lmasa, guruh bitta sinfdan tashkil qilinadi.
O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari yillik rejalari bilan tanishadilar
Mashg‘ulotlar haftada bir marta o‘tkazilgani ma’qul. To‘garak ishlarini
rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishlari inobatga olinadi.
To‘garak mashg‘ulotlari dars mashg‘ulotlarini takrorlamaydi. Umumta’lim
maktab dasturlarida “Majolis un-nafois”ni o‘rganish uchun dars soati ajratilmagan.
To‘garak mashg‘ulotida o‘quvchilar uchun juda zarur sanalgan nazariy va
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzular tanlanadi. O‘sha mavzu to‘garak
■ Bitiruv malakaviy ishi
• ≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈≈ • Shoira Saydullayeva
≈ 47 ≈
mashg‘ulotida to‘ldiradi va takomillashtiradi. Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan
muayyan qoliplar asosida tashkil etilsa, to‘garaklarda esa bunday qat’iylik
bo‘lmaydi. Birinchi mashg‘ulot shundan iboratki dastavval, to‘garakka nom
qo‘yish kerak.
1. O‘quvchilarga to‘garakning maqsad va vazifalarini tushuntirish ishlari olib
boriladi. “To‘garak bizga nima beradi?” mavzusida suhbat uyushtiriladi.
2. O‘quvchilarning til odobi, so‘zlash madaniyati xususida bilgan maqollarini
so‘rash va mazmunini sharhlash talab qilinadi.
3. O‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan asar bo‘yicha sahna asari yaratishadi.
4. Badiiy asarlar mutolaasiga vaqt ajratiladi.
O‘quvchi to‘garak mashg‘ulotlarida darsda olgan bilimlariga tayangan holda
hayotiy tajribalarni ishga soladi. To‘garak mashg‘ulotida “Majolis un-nafois”ni
o‘rganish uchun asar matni o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar asar bo‘yicha
krossvordlar tuzish va uni yechish, insho tanlovi o‘tkazish bo‘yicha jarayonlardan
o‘tadilar. Ma’lum bir she’riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida ishlash
singari ishlar to‘garak mashg‘ulotlarining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi.
O‘quvchilarning dars jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash va ijodiy
faolligini oshirishda darsdan keyin tashkil etiladigan to‘garak mashg‘ulotlarining
roli katta ekanini hisobga olib, har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani yo‘nalishida
to‘garaklar tashkil etadi. Fan o‘qituvchisi reja asosida o‘z fanidan o‘zlashtirishga
oqsayotgan bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan shug‘ullanib, o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma va malakalarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirib boradi. Iqtidorli
o‘quvchilar bilan alohida qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib boriladi. O‘quvchilarning
qiziqishlari asosida fan o‘qituvchisi tomonidan tashkil etiladigan to‘garak
mashg‘ulotlari o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish, ijodiy
faolligini oshirishga bo‘lgan ishtiyoqlarini o‘stiradi. Ayniqsa, ushbu tadbir
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini unumli va mazmunli o‘tishida xizmat qilishi katta
ahamiyatga ega. Bunda bugun aksariyat ta’lim muassasalarida faoliyat
yuritayotgan “Yosh matematik”, “Yosh kimyogar”, “Yosh biology”, “Yosh fizik”,
Do'stlaringiz bilan baham: |