Sof so‘z-gaplarga albatta, alhamdulilloh ; eh , h oy, oh , o‘h ; ha,yo‘q , mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq /inkor, taklif/ishora so‘zlari mansubdir. O‘zbek sistеm tilshunosli-gida so‘z-gaplar [W]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so‘zlar, [W]-lashayot-gan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq /inkorlasha-yotgan, taklif/ishoralashayotgan so‘zlar, [W]-simon (modalsimon, undovsimоn, tasdiq/inkorsimоn) so‘zlar va ular nutqiy voqelanish-lari mufassal o‘rganilgan.
[W]-lashgan (so‘z-gaplashgan) so‘zlar o‘z semantik-funk-sional xususiyatlari bilan har xil guruhning markaziy leksemalariga juda yaqin turadi, lekin o‘ z a l o q a s i n i b o sh q a s o‘ z t u r k u m l a r i d a n t o‘ l a – t o‘ k i s u z m a g a n b o‘ l a d i. Chunonchi, modallashgan so‘zlarga chamasi, chog‘i, ehtimol; undovlashgan so‘zlarga ura, olg‘a, dod, voydod; tasdiq /inkorlashgan so‘zlarga bo‘pti, ma’qul, aksincha, mutlaqo; taklif/ishoralashgan so‘zlarga qani kabi leksemalar misol bo‘ladi.
[W]-lashayotgan (so‘z-gaplashayotgan) so‘zlar so‘z-gaplarga to‘la-to‘kis o‘tgan bo‘lmaydi va so‘z-gaplarga «o‘tish yo‘lida» turgan so‘zlardir. A.M.Peshkovskiy «ayrim sifatlar sifatlardan uzilib to‘la-to‘kis otlarga o‘tib ketgan bo‘lsa, ayrim sifatlar otlarga o‘tishning yarim yo‘lida turibdi» deb ruscha mоrоjеnое va bоlnоy so‘zlarini misol keltiradi. Bu o‘rinda modallashayotganlarga balki, hatto, aftidan; undovlashayotgan-larga yashang, voy o‘lay; tasdiq /inkorlashayotganlarga durust, to‘g‘ri, rost, aslo, hargiz; taklif/ishoralashayotganlarga mana mundoq kabi so‘zlarni misol keltirish mumkin. Chunonchi, 1.Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2.Nafsi uchun emas, balki qadri uchun yig‘laydi-da. (O‘.Usm.) 3. -Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – To‘ppa-to‘g‘ri. (CH.Ayt.) 4. Hilola gapning to‘g‘risini aytdi (O‘.Usm.) gaplarida [W-lashayotgan] so‘zlar (1-3-gapda) qo‘llanilgan.
[W]-simon (so‘z-gapsimon) lar deganda mohiyatan so‘z-gaplar bo‘lmagan lug‘aviy birliklarning so‘z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonlarga shunday qilib, baxtga toshkent, tavba, xudo saqlasin; undovsimonlargaerkalash ma’noli asalim, oppog‘im va undalma ma’noli ey, do‘stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri kabi; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko‘rinishli so‘zlar misol bo‘ladi. Qisqasi, so‘z-gaplarning leksik-semantik turlari bo‘lmish sof so‘z-gaplar o‘zlari tarixan kelib chiqadigan so‘z turkumlaridan batamom uzilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ravish, sifat, ot sifa-tida mutlaqо qo‘llanilmaydi. So‘z-gaplashgan unsurlar esa o‘zlari tarixan kelib chiqqan so‘zlar bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o‘z aloqasini boshqa turkumlardan to‘la uzmagan bo‘ladi. So‘z-gaplashayotgan unsurlarga o‘zi boshqa so‘z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe’l)ga tegishli, lekin so‘z-gaplarga xos ma’no va vazifalarda qo‘llanila oladigan birliklar kiradi va bularning so‘z-gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so‘zlar tarixiy taraqqiyot natijasida batamon so‘z-gaplarga o‘tib ketishi mumkin. So‘z-gapsimonlar esa o‘z turkumi doirasida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |