Interfaol usullar – bu o‘zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o‘qitish
demakdir. Interaktiv usullarning 4 asosiy turi mavjud.
O‘qitishning interfaol modellari
Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Taʼlim innovatsiyalari “innovatsion taʼlim” deb ham nomlanadi.“Innovatsion taʼlim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.
Taʼlim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi.
Faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra:
-Pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan innovatsiyalar.
-Taʼlim tizimini boshqarishda.
qo‘llaniladigan innovatsiyalar.
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra:
-Radikal innovatsiyalar.
-Modifikatsiyalangan innovatsiyalar.
-Kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
O‘zgarishlarning ko‘lamiga ko‘ra:
-Tarmoq (lokal) innovatsiyalari.
-Tizim innovatsiyalari.
-Modul innovatsiyalari.
Kelib chiqish manbayiga ko‘ra:
-Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar.
-O‘zlashtirilgan innovatsiyalar.11
Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiya-
larning asosiy ko‘rinishlari sanaladi:
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olishmaqsadi ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdanfarqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigano‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Zamonaviy ta’limgaxos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi.Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-
Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g‘oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabardor bo‘lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanishborasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning,
birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro taʼsirini ifodalaydi.Bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan.Mohiyatiga ko‘ra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim
sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi. V.A.Slastenin innovatsiyani yangilik yaratish, keng yoyish vafoydalanishga qaratilgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan jarayoni majmui deb biladi. Muallifning fikriga ko‘ra har qanday innovatsiya yangi vositalar yordamida ijtimoiy subyektlarning ehtiyojini qondirish va intilishlarini rag‘batlantirish maqsadini ko‘zlaydi.R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqishga eʼtiborni qaratadi. Xususan, pedagogikinnovatsiyalar muallif tomonidan taʼlim va tarbiya jarayonida avval maʼlum bo‘lmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan mazmuni ekanligi taʼkidlanadi. Rossiyalik olimlar – А.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, N.P.Stepanov va b. esa innovatsion jarayon hamda uning tarkibiy qismlarini o‘rganishga eʼtiborni qaratgan12.Darsda har qanday innovatsion metodni qo‘llashdan maqsad ta’lim samaradorligini oshirish, ko‘zlangan maqsadga erishishning to‘g‘ri yo‘lini tanlay bilish. Shunday ekan, bitiruv ishi uchun tanlangan mavzuning ayrim jihatlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim jarayoniga olib kirilgan interfaol metodlarda ko‘rib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |