Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat universiteti qoshidagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini



Download 493,46 Kb.
bet9/37
Sana28.06.2021
Hajmi493,46 Kb.
#103821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
MO. BI. M.Y.Xojiyeva

Oshpaz ayol, shifokor erkak, o‘qituvchi ayol, naqqosh erkak, quruvchi ayol, chiptachi erkak(v.h.).

Anglashiladiki, bu so‘z birikmalari kasb nomlari, ya’ni oshpaz, shifokor, o‘qituvchi, naqqosh, quruvchi, chiptachi leksemalarining erkak, ayol, “jins” semali ot leksemalariga tobelanishidan hosil bo‘lgan.Bunday birikmalarda shaxsning kasbi va jinsiga tegishli xususiyatlari tavsiflanadi. Ayni paytda,mazkur so‘z birikmalari tilimizda shaxsni kasb jihatidan hamda shaxsni jinsiga ko‘ra tavsiflovchi LMGlarga xos leksik-semantik imkoniyatlarning o‘ziga xos voqelanish usuli mavjudligidan dalolat beradi.

O‘z navbatida, kasb nomlari o‘zaro birikib, tilshunos olim, aravasoz usta, adabiyotshunos olim, tarjimon shoir, maslahatchi shifokor singari ko‘plab so‘z birikmalarini hosil qiladi. Bunday birikmalarning TB va HBlari kasb-hunar nomlaridan tuzilgan. Mazkur so‘z birikmalari shaxsni tavsiflovchi birikmalar ichida alohida guruhni tashkil etadi.O‘zbek tilida shaxsni kasb jihatdan tavsiflovchi LMG tarkibiga kiruvchi ot leksemalarining o‘zaro birikish imkoniyati aynan shunday,ya’ni shaxsning kasbiga ko‘ra xususiyatini ifodalovchi so‘z birikmalarining yuzaga kelishiga xizmat qiladi.Bu esa kasb jihatidan shaxsni tavsiflovchi ot leksemalarining leksik-semantik imkoniyatlari kengligiga chuqurroq nazar tashlashga undaydi. Negaki, bu LMG a’zolarining “shaxs tavsifi nomlari” LMTsidagi boshqa LMGlara’zolari bilan birikish imkoniyatlariga egaliginitasdiqlovchi nutqiy dalillar anchagina.

Chunonchi,kasb nomlari shaxsni millatiga ko‘ra tavsiflovchi LMG vakillari hamda shaxsni yaqinlik munosabatiga ko‘ratavsiflovchi LMG a’zolari bilan birika oladi:



  1. tatar muallim, arman savdogar, yahudiy sartarosh, italiyan haykaltarosh;

  2. qo‘shni duradgor, mahalladosh tikuvchi, hamkasb usta, zamondosh yozuvchi (v.h.)

Ko‘rinib turibdiki, mazkur nutqiy hosilalar ikki xil bo‘lib, ularning birinchi turida kasb nomlari HB mavqeyida reallashadi va shaxsni millatiga ko‘ra tavsiflovchi ot leksemalarining tobe vaziyatni egallashiga imkon beradi. Bu hosilalarning ikkinichi turida ham kasb nomlari hokim vaziyatni egallaydi, ammo endi tobe vaziyatda yaqinlik munosabatiga ko‘ra shaxsni tavsiflovchi leksemalar voqelanishini talab etadi.Shunga ko‘ra, shaxsni tavsiflovchiso‘z birikmalarining ma’noviy turlari ajratiladi va ular rang-barang bo‘ladi.

Lisoniy-sintaktikqurilish qolipi tub mohiyati bilan riyoziy tenglamaga o‘xshab ketadi va u ikki qismdan iborat: tenglik (=) belgisidan chap tomon va bu belgidan o‘ng tomon5. Shunday ekan, tahlilga tortilgan suvchi yigit va qo‘shni ayol birikmalarida tobe-hokimlik munosabatini yuzaga chiqarayotgan shaxsni kasb jihatidan, yoshiga ko‘ra, jinsiga ko‘ra va yaqinlik munosabatiga ko‘ra tavsiflovchi ot leksemalari ikki xil birikish usuli (tarzi)ni shakllantiradi. Tobe va hokim a’zolari shaxs otlaridan tuzilgan so‘z birikmalarida birikish usulini umumlashtirib ifodalash mumkin.Bu ixcham ramziy shaklda ifodalangan quyidagi ko‘rinishlarni keltirib chiqaradi:

Nutqiy hosila: Birikish usuli:

1) suvchi yigit – [Ok ~ Oyo];

2) qo‘shni ayol – [Oya~ Oj].

[Ok ~ Oyo] va [Oya~ Oj]qismlari o‘zaro tobelanayotgan shaxs otlarining birikuv usullari sifatida qolipning chap tomonida joylashadi.Ayni choqda,lisoniy sintaktik qolip chap va o‘ng tomonlardan iborat tenglama hisoblanar ekan, tenglikdan o‘ng tomonda nima joylashishini aniqlash lozim.Bu qolip ta’rifidan ma’lum bo‘ladi.Zero H.Ne’matov, R.Rasulovlarning fikricha, qolipning birinchi, ya’ni chap qismida o‘zaro birikayotgan til birliklari, ikkinchi, ya’ni o‘ng qismida esa shu birikishning– nutqiy mahsulining mohiyati ko‘rsatiladi6. Shunga muvofiq, shaxs otlarining o‘zaro birikish usuli natijasi o‘laroq shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalari hosil bo‘ladi.Bu esa lisoniy-sintaktik qolipning o‘ng tomonida birikish mahsuli sifatida “[shaxs tavsiflovchi] SB” joylashuvini talab etadi.Natijada, nutqiy mahsulning mohiyati quyidagi ikki xil qolipni lisoniy tenglama kabi tugal shakllantiradi:

1. [Ok ~ Oyo]= [shaxsni tavsiflovchi] SB.

2. [Oya~ Oj]=[shaxsni tavsiflovchi] SB.

Mazkur lisoniy ramzlardan iborat tenglamalar ikki xil qolip shaklini ifodalaydi. Bu ikki qolip shaxs tavsiflovchi so‘z birikmasimahsulini keltirib chiqarishi va ushbu umumiy ma’no tarkibiga kiruvchi muayyan kasb egasining yoshini tavsiflovchi so‘z birikmalarini hamda muayyan yaqinlik munosabatidagi shaxsning jinsini tavsiflovchi so‘z birikmalarini hosil qilishiga ko‘ra xususiy shakllar sanaladi. Bu xususiy shakllarni o‘zaro o‘xshash belgilari, ya’ni ikkala ko‘rinishdagi “shaxs tavsifi nomlari” LMTsiga tegishliligi asosida umumlashtirish, shuningdek, bu qoliplar mahsulida muayyan yoshdagi, yaqinlik munosabatidagi shaxsning jinsini tavsiflash imkoniyati bor. Ushbu imkoniyat umumiylik-xususiylik aloqadorligi asosida kelib chiqadi va xususiy shakllarni umumiy shaklga, xususiy ma’nolarni umumiy ma’noga birlashtiradi:

1 .1.[Ok ~ Oyo]

1.2.[Oya~ Oj]

1.3.[Oj~ Ok]

1.4.[Ok~ Oj] [Osh ~ Osh]

1.5. [Oya~ Ok]

1.6. [Om~ Oyo]

1.7. [Ok~ Ok]

Chizmadan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek tilida shaxsni tavsiflovchi so‘z birikmalarini lisoniy-sintaktik qurilish mohiyatini mujassamlashtirgan umumiy lisoniy qolipi hosilbo‘ladi. Mazkur lisoniy qolipda har bir tarkibiy qism o‘zining eng asosiy munosabatlari ichida berilgan. Shu sababli dialektik mantiq yuzasidan qismi muayyan konkret sanalishi lozim.

Sistemaviy tadqiqning asosiy tahlil usuli esa oddiy (formal) mantiq emas, balki dialektik mantiqdir7.Shu bois LSQning umumiy sintaktik shakli (USSH), ya’ni bu til birligining shakliy tomoni sifatida ajratilgan[Osh~ Osh]qismi dialektik nisbiy muayyan deb qaralishi lozim. Mazkur shakliy tomonning muayyanligi uning nutqiy, moddiy voqelanishida yorqin namoyon bo‘ladi. Zerobu shakliy tomonning moddiylashuvi nutqiy voqelanishi [Ok ~ Oyo],[Oya~ Oj],[Oj~ Ok],[Ok~ Oj],[Oya~ Ok],[Om~ Oyo], [Ok~ Ok]kabi o‘nlab xususiy shakllar (xususiy sintaktik shakl, ya’ni XSSHlar) va minglab shaxsni tavsiflovchi muayyan so‘z birikmalari orqali ko‘zga tashlanadi. Gap so‘z birikmalari qurilish qoliplarining shakliy tomoni va mazmun tomoni haqida borar ekan, lisoniy-sintaktik qolip shakl va mazmun tomonlarining munosabatidan iboratligini, o‘z navbatida, lisoniy-sintaktik qolip so‘z birikmalarining ichki tomoni, ya’ni sintaktik qurilishiga xos xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirganligini ta’kidlash zarur. Negaki, bo‘limning ibtidosida so‘z birikmasining qanday birlik ekanligini, uning tashqi va ichki tomoni qandayligini aniqlashga qaratilgan savollarga javob fursati etgan ko‘rinadi. SHunday ekan, shaxsni tasdiqlovchi so‘z birikmalarining ichki tomoni, lisoniy-sintaktik qurilishini tahlil qilish natijasida barcha so‘z birikmalari, jumladan, shaxs tavsifi berilgan so‘z birikmalari ham til birliklari bo‘lib,ularning lisoniy qurilishini umumlashtiruvchi sintaktik qoliplar, ya’niso‘z birikmasi LSQlari lisoniy birliklar, so‘z birikmasi LSQlari yuzaga chiqaradigan muayyan so‘z birikmalari nutqiy birliklar sanaladi. Ushbu xulosani so‘z birikmasi til birligi sifatida lisoniy, ya’ni muayyan sintaktik qurilish umumiyligi va nutqiy, ya’ni bevosita kuzatishda berilganligi bilan bog‘liq tomonlarning ziddiyatli munosabatidan iboratligi yanada mustahkamlaydi.

Substansial tilshunoslik lison-nutq bo‘linishini izchillik bilan farqlaganligi sababli LSQda “umumiy shakl” va “xususiy shakl”tushunchalarini ham farqlaydi. Demak, tobe va hokim a’zolari shaxs otlaridan tuzilgan so‘z birikmalari ham ta’kidlab o‘tilganidek, shaxsni u yoki bu jihatdan tavsiflashga xizmat qiladi. Atash, nomlash qiymatiga ko‘ra so‘z birikmalarining umumiy lisoniy shakli [Osh~Osh]bo‘lib, cheksiz miqdordagi rang-barang shaxs tavsifi berilgan muayyan nutqiy hosilalarda moddiylashadi. Nutqiy voqelanishda yuzaga chiquvchi “shaxsni tavsiflash” ma’nosi ushbu lisoniy qolip mazmunini belgilaydi. Binobarin,


Download 493,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish