2. Bо‘lim tarkibi va lavozim vazifalari
Bо‘lim tarkibi jami 3 shtat birlikka ega:
Bо‘lim boshlig‘i – 1 shtat birlik;
Bо‘lim uslubchisi (1-toifali) – 1 shtat birlik;
Bо‘lim uslubchisi (2-toifali) – 1 shtat birlik.
Bо‘lim faoliyati Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil 16-fevraldagi 34-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiqlash tо‘grisida”gi buyrug‘iga asosan quyidagi 3 ta yо‘nalishda olib boriladi (1-slayd).
1-slayd
Bо‘lim faoliyatini mamlakatimiz ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida yangidan tashkil qilinishida birinchilardan bо‘lib, bо‘lim boshlig‘i Tohirov О‘ktamjon Otaqо‘ziyevichning hissasi beqiyosdir.
О‘.Tohirov tomonidan bо‘limning institut kafedralari va bо‘limlari bilan о‘zaro zamonaviy hamkorlik mexanizmi ishlab chiqilgan hamda mazkur mexanizm asosida ish faoliyati tashkil etilgan. Bu mexanizm boshqa turdosh malaka oshirish institutlarida mavjud emasligi jihatidan ustin hisoblanadi.
Mazkur mexanizm asosida kafedra mas’ul xodimlari belgilangan bо‘lib, ularining vazifalari, faoliyatini baholash mezoni hamda institutning qolgan toifadagi professor-о‘qituvchilarining olib borgan ishlari natijalarini baholash mezoni ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda bо‘limda 2 nafar metodistlar I.Abduhakimov va J.Beknazarov metodistlar faoliyat olib bormoqda.
I.Abduhakimov – “Mahorat maktablari” faoliyatini tashkil etish va hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
J.Beknazarov – “Metodist maktabi” faoliyatini tashkil etish va hamkorlikda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
Ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan innovatsiyalar, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlarning ta’lim beruvchi tomonidan о‘zlashtirilib va qо‘llanilib borilishi, о‘qituvchining о‘z ustida tinimsiz izlanishini talab qiladi.
Shu maqsadda institutda ta’lim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bо‘yicha zamonaviy talablar asosida barcha shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lib, о‘quv kurslari modulli ta’lim texnologiyasi asosida tashkil qilib kelinmoqda.
Institutda faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar tomonidan innovatsion pedagogik texnologiyalar va metodlardan samarali foydalanish, yangilarini ishlab chiqish va tinglovchilarga о‘rgatish maqsadida ishlar tashkil qilingan.
“Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va tajribalarni joriy qilish” bо‘limi boshlig‘i О‘.Tohirov muallifligida “Integral pedagogik texnologiya modeli” va “Fikrlar xilma-xilligi”, “Dо‘st-dо‘st”, “Kalso”, “О‘rgataman – о‘rganaman”, “Fisteval о‘yini”, “Shajara”, “Skripka”, “Doira о‘yini”, “Kim chaqqon”, “Mantiqiy mushohada”, “Sinus – kosinus”, “О‘z о‘rningni top”, “Geometrik ifoda” kabi interfaol metodlar ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan integral pedagogik texnologiya modeli va interfaol metodlar malaka oshirsh kurslari, “Metodist maktabi” va “Mahorat maktablari” о‘quv jarayoni davomida tajriba-sinovdan о‘tkazildi va institutning 2016-yil 30-dekabrdagi 8-sonli Ilmiy kengash qarori asosida amaliyotda keng foydalanish uchun tavsiya qilindi.
Bugungi kunda bо‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish bо‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |