164
unda bir olamdan ikkinchi olamga hech qanday to‗siqlarsiz o‗tish mumkin
bo‗ladi. Mana shu virtuallikni ta‘minlab beruvchi tizim gipertekst
g‗oyasidir. Internet saytlari manzilini ko‗rsatishda HTTP (Hyper Text
Transfer Protocol – Giper matnni o‗tkazish yo‗lagi)dan foydalaniladi.
Tekst va gipertekst tushunchalari o‗rtasidagi farqni quyidagicha
umumlashtirish mumkin:
TEKST
GIPERTEKST
Tugallanganlik
Tugallanmaganlik
Chiziqlilik
Nochiziqlilik
Aniq muallifning mavjudligi
Aniq muallifning mavjud emasligi
Bir tomonlama yo‗nalganlik
Ko‗p tomonlama yo‗nalganlik
Bir jinsljlik (bir xilda tuzilganlik) Bir jinsda tuzilmaganlik (turfa xillilik)
Yopiq tuzilishga
egalik
Ochiq tuzilishga egalik
Gipertekst tuzilishiga ко‗га iyerarxik (pog‗onali) yoki tarmoqli
bo‗lishi
mumkin.
Daraxt
ko'rinishidgi
iyerarxik
gipertekstlar
foydalanuvchining navigatsiya (uzellar bo‗ylab bir qismdan ikkinchi
qismga o‗tish) imkoniyatini cheklaydi, gipertekst texnologiyasining barcha
imkoniyatlarini yuzaga chiqarmaydi. Bunday gipertekstda komponentlar
o‗rtasidagi
aloqalar
jins-tur
munosabatiga
asoslangan
tezaurus
strukturasini eslatadi. Tarmoqli gipertekst esa
birmuncha keng tarqalgan
va imkoniyati kengroq tizim hisoblanadi, u jins-tur munosabatidan
tashqari boshqa assotsiativ munosabatlarni ham o‗z ichiga oladi. Shuning
uchun tarmoqli gipertekstlar internet tizimida faol ishlatiladi.
Gipertekst ikki xil holatda bo‗lishi mumkin: statik va dinamik
gipertekstlar. Statik gipertekstlar oldindan tayyorlangan va saqlangan
bo‗lib, ular turg‗un holatda bo‗ladi. Masalan,
gipertekst texnologiyasi
asosida CDga yozilgan kitoblar statik gipertekstga misol bo‗la oladi.
Dinamik gipertekstlar murakkab va tizimli bog‗lanishlarga tayangan
bo‗lib, u ko‗proq tarmoq tizimida ishlaydi. Ayniqsa, internet tizimida
dinamik gipertekstlar faol qo‗llanadi. Masalan, Arizona axborot tizimi
(AAIS) dinamik gipertekst sanaladi, uning bazasiga har oyda 300 - 500
referat ko‗rinishidagi ma‘lumotlar kiritib turiladi.
Demak, gipertekst texnologiyasi informatsion massivni tezkor ко‗rib
chiqish (brauzing), muayyan informatsiya yoki matn fragmentlariga tezkor
havola qilish, gipertekst bo‗yicha
erkin navigatsiya
qilish, gipertekstni
yangi informatsiyalar bilan boyitib BORISh kabi optimal imkoniyatlar
yaratadi.
165
Ko‗pgina tadqiqotchilar gipertekst tizimini yangi informatsion eraning
boshlanishi, virtual olamga dastlabki qadam sifatida baholaydilar.
Haqiqatan ham gipertekst tizimi kompyuter lingvistikasida, internet
tizimida o‗ziga
xos inqilob yasadi, deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: