Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Statistik metod.
Matematik statistika metodidan tilshunoslikda, 
ayniqsa, til o‗rgatish jarayonida keng foydalaniladi. Buning uchun 
muayyan tilda qo‗llanuvchi fonemalar, leksemalar, so‗z shakllarining 
ishlatilish chastotasi tekshiriladi. Masalan, o‗zbek tilida 6ta unli, 23ta 
undosh tovush, 8ta jarangli undoshning jarangsiz jufti mavjudligi, 
sinonimik qatorlarning 2ta va undan ortiq (10 tagacha) so‗zdan iborat 
bo‗lishi, so‗zlarning qo‗llanish miqdori, chastotasi statistika bilan 
bog‗liqdir. 
«Model» tushunchasi fan va texnikada turli ma‘nolarda ishlatilgani 
bois modellashtirish turlarining yagona tasnifi mavjud emas. Tasnif 
modelning xarakteriga ko‗ra, modellashtirilayotgan obyektning tabiatiga 
ko‗ra, modellashtirish tatbiq qilinayotgan soha yoki yo‗nalishga qarab 
amalga oshirilishi mumkin.
Modellashtirish har bir fan obyektini soddalashtiruvchi metoddir. 
Lingvistik 
birliklarni 
modellashtirish 
bu 
belgilar 
tarkibidagi 
elementlarning barqaror munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham 
butunlik tarkibidagi elementlar o‗rtasida munosabatlarning barqaror va 
beqaror turlarga ajratilishi lingvistik modellashtirish uchun muhim 
ahamiyatga ega. Modellashtirish barcha fanlar uchun xos bolgan fanlararo 
metod hisoblanadi va u quyidagi tamoyillarga amal qiladi: 
-
deduktivlik – mantiqiy xulosa chiqarishga asoslanish, xususiylikdan 
umumiylikka borish; 
-
tafakkur eksperimentidan foydalanish; 
-
evristik funksiyaga ega bo‗lish, yangi g‗oyalar bera olish va uni 
amaliyotda sinab ko‗rish imkoniyatiga ega bo‗lish; 
-
modelni ideallashtirilgan obyekt sifatida talqin qilish. 
-eksplanatorlik xususiyatiga, ya‘ni tushuntirish kuchiga ega bo‗lish.
Shu tamoyillarga asoslansagina model an‘anaviy nazariyalar tushuntirib 
bera olmagan muammoni hal qiladi, obyektning ilgari kuzatilmagan, 
ammo kelajakda amalga oshishi mumkin bo‗lgan tomonini kashf etadi.

Modellashtirish jarayoni uch asosiy tushunchani o‗z ichiga oladi: 
- subyekt (tadqiqotchi); 
- tadqiqot obyekti; 
- o‗rganuvchi subyekt va o‗rganiluvchi obyekt munosabatini aks 
ettiruvchi model. 
1
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. - T., 2007. -B.23


58 
Kompyuter asosida modellashtirish bugungi kunda barcha fanlarda, 
xususan, kompyuter lingvistikasida ham samarali qo‗llanayotgan metod 
hisoblanadi.

Kompyuter asosida modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan 
iborat: 
- masalaning qo‗yilishi, modellashtirish obyektining aniqlashtirilishi; 
- konseptual (tushunchaviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, asosiy 
tushunchalarning ajratib olinishi; 
- formalizatsiya, ya‘ni matematik model bosqichi; algoritm
 
yaratilishi 
hamda dastur tuzilishi; 
-
kompyuter eksperimentlarini o‗tkazish; 
-
natijalar tahlili va talqini. 
Sun‘iy intellekt tizimi doirasidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert 
tizimlari, neyron tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar – 
barchasi kompyuter asosida modellashtirish natijasi hisoblanadi. 
Modellashtirishning obyektni umumlashtirish darajasiga ko‗ra turlari 
quyidagicha: 
1.Lingvistik faktni tavsiflashga qaratilgan analitik model. 
2.Oraliq model yoki to‗ldiruvchi model. 
3.Maksimal umumlashtirishga asoslangan sintezlovchi model. 
Lingvistik 
model 
tushunchasi 
struktur 
tilshunoslikning 
E.Sepir, 
L.Blumfild, R. Yakobson, N.Xomskiy, Z.Harris, Ch.Hokket kabi 
namoyandalari qarashlari asosida shakllandi. Lingvistik model taraqqiyoti 
XX asrning 60 – 70-yillariga (matematik va kibernetik lingvistika 
rivojlana boshlagan davrga) to‗g‗ri keladi. Lingvistik modelni quyidagi 
turlarga ajratish mumkin: 
1.Inson nutqiy faoliyati modellari. Bu modellar konkret nutq 
jarayonini va hodisalarini aks ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning 
talaffuz modeli yoki nutqning yuzaga chiqish modeli. 
2.Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida 
olib borilgan tadqiqot jarayoni aks ettiriladi. Masalan, o‗zbek tilida 
morfologik usul asosida so‗z yasalishining umumiy modeli: 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish