Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Savol va topshiriqlar 
1.―Grammatika‖ termini mohiyatini yoriting. 
2.Tilshunoslik tarixidagi grammatikaga nisbatan yondashuvlar haqida 
ma'lumot bering. 
3.An‘anaviy sintaktik qarashlar haqida ma‘lumot bering. 
4.Transformatsion grammatikaning formal tavsif uchun ahamaiyatli 
jihatlari va cheklangan tomonlari haqida mulohaza yuriting. 
5.Formal grammatika iyerarxiyasining mohiyatini tushuntiring. 
6.Grammatik qonuniyatlarning kompyuter lingvistikasidagi ifodasini 
yoriting. 
7. ―Grammatika‖ tushunchasini klaster usulida ifoda eting. 
 
 
 


87 
III. KOMPYUTER LINGVISTIKASINING MA‟LUMOTLAR 
BAZASI 
9-§. KORPUS LINGVISTIKASI 
 
Reja: 
1.Matnlar korpusi – elektron holda saqlanadigan ma‘lum hajmdagi til 
birliklari. 
2. Korpus lingvistikasi masalalari. 
3. Miiliy korpus va uning ahamiyati. 
 
Asosiy tushunchalar: 
kompyuter leksikografiyasi, elektron matnlar 
korpusi, parallel matnlar korpusi, korpus lingvistikasi, empirik yondashuv, 
korpuslarning nazariy va amaliy ahamiyati, korpuslar yaratish, lingvistik 
tadqiqotlar, tilning leksik qatlami, fanlar integratsiyasi, umumiy 
tilshunoslik, leksikologiya, stilistika, lingvokulturologiya, madaniyatlararo 
kommunikatsiya, korpuslar tizimi va asosiy tavsifi, Milliy korpus, maxsus 
korpuslar. 
 
Kompyuter leksikografiyasini elektron matnlar korpusi yoki parallel 
matnlar korpuslarisiz tazavvur qilish mumkin emas. Matnlar korpusi 
(«corpus» lotincha «tana» degan ma‘noni anglatadi) – bu elektron holda 
saqlanadigan ma‘lum til birliklari bo‗lib, ular tilshunoslar uchun turli xil 
muammolarni hal etish maqsadida va turli yo‗nalishdagi tadqiqotlar uchun 
zaruriyatga qarab turli shakllarda tuziladi. Bular fonema, grafema, 
morfemalardan tortib undan kattaroq birliklar – leksema, gap va matnlar 
(badiiy yoki ilmiy asar, gazeta va jurnal matnlari)dan tashkil topishi 
mumkin. Ularning qay tarzda saqlanishiga qarab maxsus dasturlar yorda-
mida har bir kerakli so‗z yoki so‗z birikmasining misollari, imlo bo‗yicha 
variantlari, sinonimik qatorlari topilishi mumkin. Matnlar korpusiga oid 
ilmiy tadqiqotlar salmog‗ining ko‗payishi natijasida tilshunoslikda korpus 
lingvistikasi yo‗nalishi shakllandi.

Korpus lingvistikasining maqsadi til o‗rganishda empirik yondashuv 
negizidagi korpus lingvistikasi bilan bir qatorda korpus texnologiyalari 
asoslari bilan ham tanishtirishdan iborat. Shuningdek, korpuslar bilan 
ishlash malakalarini hosil qilish, tom ma‘noda ilmiy lingvistik tadqiqot 
1
Баранов А.Н.
Введение в прикладную лингвистику. - М.: Эдиториал УРСС, 2001; 
Po„latov 
A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. - T., 2007. 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi 
asoslari.-T., 2011.


88 
olib borishda korpuslarning nazariy va amaliy ahamiyatini ko‗rsatish, 
lingvistik sohalarga oid fanlar tizimida korpus lingvistikasining o‗rnini 
aniqlash vazifalari belgilanadi. Korpus lingvistikasi korpuslarni yaratish va 
ular asosida lingvistik tadqiqotlarni amalga oshirish, lisoniy tizimlarni 
obyektiv va lingvistik yo‗nalishlar: leksikografik tadqiqotlar, tilning leksik 
qatlami tavsifi, u yoki bu so‗zlarning qo‗llanish nisbati, tildagi leksik-
semantik, struktur o‗zgarishlar, tabiiy tillar grammatikasining o‗rganilishi, 
til tizimi mohiyati va uning qo‗llanish tavsifi bilan shug‗ullanadi.
Fanlar integratsiyasida korpus lingvistikasining o‗rni katta va u 
kompleks xarakterga ega. Korpus lingvistikasi fanini o‗rganishda 
fundamental lingvistik bilimga ega bo‗lish, umumiy tilshunoslik, 
leksikologiya, 
stilistika, 
lingvokulturologiya, 
madaniyatlararo 
kommunikatsiya asoslari, til tarixi, ingliz tili grammatikasi, tarjima 
nazariyasi va amaliyoti kabi gumanitar sohalarni ham o‗zlashtirish talab 
etiladi. 
Korpus lingvistikasi doirasida quyidagi masalalar ham qamrab 
olinadi:
- korpuslarning tizimi va asosiy tavsifi; 
- korpuslarning asosiy turlarini bilish; 
- lingvistik korpuslar tarixi: kartotekadan korpusgacha; 
- korpus texnologiyalari asoslarini bilish; 
- asosiy terminlarga ta‘rif berish;
- korpuslar tasnifi. Vazifasiga ko‗ra korpuslar turi. Formal omillarga 
ko‗ra korpuslar turi. Birinchi tipdagi korpuslar. Ikkinchi tipdagi korpuslar; 
- korpuslar texnologiyasi; 
- turli xil turdagi korpuslar sharhi. Milliy korpus. Maxsus korpuslar. 
Korpus va korpus menedjerlarining qiyosiy tahlili. Braun korpusi. 
Britaniya milliy korpusi. Hozirgi amerika ingliz tili korpusi. S. Sharovning 
ruscha-inglizcha korpusi. Korpuslar yaratish texnologiyasi. Turli xil 
asoslarga ko‗ra korpuslar tasnifi tipologiyasi;
-
qidiruv vositalaridan (konkordanserlar va korpusli menedjerlardan) 
foydalana bilish; 
- korpuslar asosida qidiruvni amalga oshirish va tadqiq qilish; 
- korpus lingvistikasi shakllanish tarixi va zamonaviy holati. 
Rossiyadagi korpus lingvistikasi. Elektron lingvistik korpuslar tarixi. 
Korpus lingvistikasi maktablari. Korpuslarning birinchi avlodi: manbalar. 
Korpuslarning ikkinchi avlodi. Xomskiy lingvistikasiga empirik 
yondashuv; 


89 
- korpus lingvistikasi shakllanishiga asos bo‗lgan lingvistik 
yo‗nalishlar; 
- korpus lingvistikasining asosiy tushunchalari; 
- korpus – qidiruv tizimi sifatida; 
- korpuslar kompilyatsiyasi metodologiyasi; 
-internet qidiruv tizimi va lingvist orasidagi korpussifat interfeyslar; 
- korpuslarga asoslanadigan lingvistik tadqiqotlar; 
- korpuslarning reprezentativ masalalari;
- granulyarlik tushunchasi; 
- tasniflash (korpuslar tipologiyasi);
- belgi qo‗yish tushunchasi; belgi qo‗yish jarayoni mohiyati va asosiy 
standartli korpusli belgi qo‗yish. Belgi qo‗yish turlari. Belgi qo‗yilgan 
korpuslar, belgilash vositalari. Avtomatik morfem va sintaktik tahlil. 
Metalingvistik belgi qo‗yish. Parallel korpuslar. Tekislash masalasi. 
Belgilangan matnlarni taqdim etishdagi lisoniy vositalar. Ekstralingvistik 
belgilangan korpuslarni yaratish metodlari, vositalari;
-lingvistik razmetka; ekstralingvistik razmetka; 
- korpus lingvistikasidagi standartizatsiya; 
-korpusdan axborotni toppish – chiqarish metodlari. Topilgan axborot 
turlari. Chastota (qo‗llanish miqdori) bo‗yicha axborot. Metaaxborot; 
- konkordans. Konkordans korpus bilan ishlash dasturlari: 
korkordanslar va parallel korpuslar. Boshqa fanlarda korpuslarning 
qo‗llanishi. Sotsiologiya va tarixda korpuslardan foydalanish;
-korpuslarga asoslangan lingvistik va nolingvistik tadqiqotlar. Korpus 
asosidagi lingvistik tadqiqotlar: leksikaning, grammatikaning o‗rganilishi. 
Belgilangan matnlarni qayd qilishdagi lisoniy vositalar. Grammatik 
kategoriyalar bo‗linishi. Korpuslarga asoslangan leksikografik tadqiqotlar; 
- tavsiya qilingan adabiyotlardagi ma‘lumotlarni tahlil qilish, 
qiyoslash va baho berish ko‗nikmalariga, korpus lingvistikasining dasturiy 
vositalari va axborot resurslari bilan ishlash malakasiga ega bo‗lish. 
Lingvistlar, dastavval, 1960 yillarda kompyuterlashtirilgan matnlar 
korpusini to‗pladilar. ―Kompyuterda yaratilgan birinchi matnlar korpusi 
Braun korpusi (BK, inglizcha 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish