Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

Algoritm. 
Algoritm (bu so‗zning etimologiyasi buyuk alloma Al-
Xorazmiy nomi bilan bog‗liq. Lotin tilida ―ibtido‖ ma‘nosidagi algoritmus 
so‗zi ham mavjud) – ma‘lum bir tipga oid masalalarni yechishda 
ishlatiladigan jarayonlar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi 
aniq qoida yoki qoidalar tizimi.

O‗rta asrlarda sanoqning o‗nli sanoq sistemasi bo‗yicha to‗rt arifmetik 
amal bajariladigan qoida 
algoritm 
deb atalgan. Bu qoidalarni fanga IX 
asrda qomusiy olim Muhammad al-Xorazmiy kiritgan. XX asrda 
algoritmlar kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi sifatida tan olindi. 
Qo‗shuv, ayiruv, ko‗paytiruv, bo‗luv kabi arifmetik qoidalar, kvadrat 
ildiz chiqarish qoidalari, har qanday ikki natural son uchun eng umumiy 
bo‗luvchini topish usuli eng oddiy arifmetik misollardir. Aslida, biror 
vazifani umumiy tarzda hal qilish vositalariga ega bo‗lish algoritm asosida 
ish korishni taqozo qiladi. Har bir hayotiy hodisa muayyan algoritm 
asosida amalga oshiriladi. Masalan, ta‘lim jarayoni, ishlab chiqarish tizimi, 
mehnat faoliyatini amalga oshirish o‗ziga xos algoritmik tartibga ega. 
Kompyuter texnologiyalari taraqqiyoti bilan bog‗liq holda odam bilan 
mashina orasida o‗ziga xos ko‗prik vazifasini bajaruvchi sun‘iy tillar 
yaratildi, ular dasturlash jarayonida qo‗llanadi. Sun‘iy tillar buyruqlarning 
tizimli algoritmiga tayanib yaratilgani uchun ular algoritmik tillar 
(programmalashtirish tillari) deb ham ataladi. Dastlabki algoritmik til 
1958-yilda Parijda yaratilgan va ―Algol‖ (to‗liq nomi inglizcha – 
1
Bu haqida qarang: 
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – T., 2009. 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
2
Фалсафа. Қисқача изоҳли луғат. – Т.: Шарқ, 2004. - Б. 18. 


51 
―Algorithmic language‖) deb atalgan. Hozir jahonda 500 dan ortiq 
algoritmik til mavjud. 
Algoritmik 
tillardagi 
matnlar 
xuddi 
tabiiy 
tildagidek 
aniq 
interpretatorga - axborotni qabul qilish va tushuish uchun insonga yoki 
avtomatik qurilmaga yo‗naltirilgan bo‗lishi lozim. Agar bu jarayon (qabul 
qilish va tushunish) amalga oshmasa, u holda algoritmik tillar va 
kompyuter orasida vositachi sifatida translyator dasturlar (yoki 
kompilyatorlar)dan foydalaniladi.
1
Algoritmik tillar uch asosiy komponentdan iborat bo‗ladi: 1) alfavit – 
asosiy simvollar majmuyi; 2) sintaksis –simvollar kombinatsiyasi orqali 
jumla hosil qilish qoidalari; 3) semantika – algoritmik tillardagi 
birliklarning mazmun tomoni. Algoritmik tillar, asosan, imperativ 
xarakterga ega bo‗ladi, ya‘ni asosan buyruqlar tizimiga tayanadi (
begin 
– 
boshla, 
end
– tugalla kabi. Bu jihatdan o‗zbek tili asosidagi algoritmik tilni 
shakllantirishda turkiy tillarga xos tub fe‘l-asoslarning buyruq maylida 
kelishi qulay imkoniyatlardan biri ekanligini ta‘kidlash joiz). 
V.A.Uspenskiy va A.L.Semyonovlar algoritmni shunday ta‘riflaydilar: 
“Algoritm nafaqat algoritmlar nazariyasi, matematika va informatikaning, 
balki umuman zamonaviy fanlarning asosiy tushunchalaridan biridir. 
Axborot asrining kirib kelishi bilan algoritmlar sivilizatsiyaning eng 
muhim faktorlaridan biri bo

lib qoldi”.
Algoritmik tillarning buyruqlar 
tizimi asosidagi imperativ xarakterda bo‗lishi haqida shunday yozadilar: 
Algoritm
―buyruqlashtirilgan‖, ―ijro etilishi, bajarilishi shart‖ mazmunini 
ifoda etadi. Aytish mumkinki, 
algoritmlarni o

rganuvchi nazariya buyruq 
gaplar lingvistikasi sifatida talqin etilishi mumkin».

Algoritmlar, asosan, quyidagi shakllarda tuziladi: a) so‗z ko‗rinishida 
– tabiiy til yordamida; b) grafik ko‗rinishida – tasvir, chizma va grafikli 
simvollar yordamida; c) algoritmlarning yarim formallashgan tavsifi 
hisoblangan 
psevdokod 
ko‗rinishida 
(dasturlashning 
dastlabki 
bosqichlarida qo‗llanadi). Bunda dasturlash tillari unsurlaridan ham, tabiiy 
tildagi so‗z va birikmalardan ham foydalaniladi; d) programma 
ko‗rinishida –dasturlash tillaridagi belgilar yordamida
3

1
Кревский И.Г., Селиверстов М.Н., Григорьева К.В.
Формальные языки, грамматики и 
основы построения трансляторов. - Пенза, 2003. - С.7. Qarang: 
Rahimov A. 
Kompyuter 
lingvistikasi asoslari. –T.: Akademnashr, 2011.
2
Успенский В.А., Семенов А.Л.
Теория алгоритмов: основные открытия и приложения. – М.: 
Наука, 1987. –С.13.
3
Bu haqida qarang: 
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. – T., 2009. 
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.


52 
Algoritm buyruqlar tizimi, qat‘iy bajariladigan amallar ketma-ketligi 
hamda dasturlashning tayanch nuqtasi sanalgani bois u orqali kompyuter 
dasturlarini ishlab chiqish va muammoning avtomatik tarzda (mashina 
orqali) hal etilishini amalga oshirish mumkin. Algoritmni keng 
miqyosdagi vazifalarni hal etishga yo‗naltirish, algoritm nazariyasini 
mukammallashtirish, ayniqsa, kompyuter texnologiyalari, shuningdek, 
kompyuter lingvistikasi rivojlanayotgan davrda dolzarb ahamiyat kasb 
etadi. Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, kompyuter lingvistikasida shunday 
masalalar ham borki, ularni algoritmlar asosida hal etish mumkin emas. 
Jumladan, sun‘iy intellekt tizimi doirasidagi neyron tarmoqlar, sifatli 
avtomatik tarjima kabilarni hal etishda «algoritmga asoslangan 
yondashuv»

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish