162
Bunday lug‗at
informatsion qidiruv tezauruslari
deb ataladi. Tezauruslar
ensiklopedik va izohli lug‗atlardan farqli ravishda til birliklarining matnda
qo‗llanish chastotasi va matnning predmet mundarijasini aks ettirish
darajasiga qarab tuziladi. Bunda bazadagi ma‘lumotlar terminning
mazmuniy tavsifi orqali qidirishga mo‗ljallangan bo‗ladi.
Terminlar
tezaurusga qat‘iy semantik prinsiplar asosida kiritiladi, bunda
naming
gipo-geperonimik (tur-jins), holo-meronik (butun-bo
‗
lak), iyerarxik
(pog
‗
onali)
munosabatlar hamda assotsiativ mazmuniy bog‗lanishlar
e‘tiborga olinishi lozim.
Virtual ensiklopedia sanalgan Wikipediada keltirilgan so‗zga
bag‗shlangan lug‗at maqolasida
semantik munosabatlar, assotsiativ
bog‗lanishlar hamda iyerarxiya munosabati yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shu
o‗rinda ta‘kidlash zarurki, keyingi paytlarda qidiruv tizimlari bazasidagi
tezauruslar giperhavolalar bilan ham ta‘minlanmoqda, bu esa user uchun
qulayliklar yaratadi. Ya‘ni qidirilayotgan terminlarga aloqador bo‗lgan
boshqa tushunchalar bilan bog‗liq ma‘lumotlarni
ham oson topish
imkonini beradi.
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti intensiv ravishda rivojlanyotgan davrda
terminlar dinamikasini e‘tiborga olgan holda tezauruslar bazasini muttasil
to‗ldirib, boyitib BORISh zarur. Chunki til ochiq dinamik tizim hamda
jamiyat taraqqiyotining «barometri» hisoblanadi, ya‘ni ayrim tushunchalar
eskiradi, ularning o‗rniga yangi tushuncha va terminlar yuzaga keladi.
Xalqaro INFOTERM (Xalqaro terminologik markaz, Avstriya)
tashkiloti
ma‘lumotiga ko‗ra, hozirgi kunda tillardagi terminlar miqdori 50 mln,
mahsulot nomlari miqdori 100 mlnni tashkil etadi. Lekin ushbu statistik
ma‘lumot turg‗un emas, u jamiyat taraqqiyoti bilan yonma-yon o‗zgarib
turadi.
Kompyuter lingvistikasida inqilobiy o‗zgarish yasagan yangilik
gipertekst texnologiyasi hisoblanadi. Chunki bu tizim Guttenberg asos
solgan kitob bosish texnologiyasiga zid
ravishda yangi turdagi matn
strukturasini vujudga keltirdi. Gipertekst g‗oyasi AQSH prezidenti
F.Ruzveltning fan va ta‘lim bo‗yicha maslahatchisi Vannevar Bush nomi
bilan bog‗liq bo‗lib, u foydalanuvchiga matn va uning fragmentlarini turli
assotsiativ munosabatlar asosida bog‗lashga imkon beruvchi «MEMEKS»
tizimini nazariy jihatdan asoslab berdi. U 1945-yilda «The Atlantic
Monthly» jurnalida «Memeks» deb atalgan xayoliy qurilma haqida «As
We May Think» («Biz o‗ylaganimiz kabi») maqolasini e‘lon qildi. V.
Bush o‗sha qurilmani kutubxonadagi
har qanday hujjatlar, yozishmalar,
kitoblarni displeyda ko‗rsatib bera oladigan, cheklanmagan mikrofilmlarga
163
ulangan elektromexanik stol sifatida tasvirlaydi. Kompyuter texnikasi
yo‗qligi bois loyihaning amalda qo‗llanishi bir oz keyinga surilgan edi.
Bushning g‗oyasi gipertekst haqidagi nazariy va amaliy izlanishlarga
juda katta ta‘sir ko‗rsatdi, Bushning kelajak loyihasi 1960-yilda
T.Nelsonning «Ksanadu» tizimi orqali qayta ko‗tarildi.
Bu texnik tizim
kiritilgan matnlarni va uning qismlarini turli xil usullarda, har xil qatorda,
ixtiyoriy ketma-ketlikda o‗qishga imkon beradi. Bu esa ko‗rilgan
matnlarning o‗rnini, ketma-ketligini eslab qolishga, xohlagan vaqtda
kerakli matnni tanlab olishga va tezkor murojaat etishga yordam beradi.
Bunday xususiyatga ega bo‗lgan matnlarni T.Nelson
Do'stlaringiz bilan baham: