Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

 
12-§. MASHINA TARJIMASI 
Reja: 
1.Mashina tarjimasi – kompyuter lingvistikasi yo‗nalishi sifatida. 
2.Avtomatik tarjima tizimlari. 
3.Mashina tarjimasiga doir tadqiqotlar tavsifi. 
 
Asosiy tushunchalar: 
avtomatik tarjima turlari, avtomatik tarjima 
rejimi, tarjima xotirasi, lingvistik tahlilga asoslangan mashina tarjimasi, 
avtomatik tarjimaning struktural tizimi, avtomatik tarjimaning lingvistik 
muammolari, SOKRAT sistemasi, YEUROTRA sitemasi, LINGVO 
sistemasi, DIANA,
mashina tarjimasi strategiyasi. 
 
Mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima 
– muayyan so‗z yoki 
matnlarning kompyuter yordamida bir tildan boshqa tilga qilingan 
tarjimasi. 
Avtomatik 
tarjima 
(mashina 
tarjimasi) 
kompyuter 
lingvistikasining asosiy yo‗nalishlaridan bo‗lib, avtomatik tarjima tizimi 
prinsip va metodlari haqidagi bilimlarni hosil qilish, lingvistik ta‘minot 
yaratish, mavjud tizimlar va lug‗at yaratish tarixi, til haqidagi bilimlar, 
ko‗nikmalarni shakllantirish, mashina tarjimasi tizimining lingvistik 
protsessorini shakllantirishda lingvistik tahlilni algoritmlash tizimini 
amalga oshiradi. Avtomatik tarjima oldiga quyidagi vazifalar qo‗yiladi: 
-
avtomatik tarjima tizimini yaratish va undan foydalanishning asosiy 
prinsiplarini o‗rgatish; 
-
tilning nazariy asoslari (formalizatsiya) metodlari va vositalari bilan 
tanishtirish; 
- avtomatik tarjima tizimi lingvistik protsessorni yaratishda so‗z va 
uning ma‘nosi, gap strukturasi, semantikasi va matn tahlilida lingvistik 
algoritm bosqichlarini o‗rgatish. 
Avtomatik tarjima quyidagi masalalarni qamrab oladi: 
1.Avtomatik tarjima – sun‘iy intellekt yo‗nalishi. 
2.Avtomatik tarjima turlari qo‗l tarjimasi, avtomatik tarjima.. Qo‗l 
tarjimasining turlari, shakllari, tiplari. Avtomatik tarjima strategiyasi: 
so‗zma-so‗z tarjima, transfer yordamidagi tarjima, interlingvo 
yordamidagi, lingvistik tahlilga asoslangan batafsil tarjima, tarjima 
xotirasi. 
1
Ўринбоев Д.Б.
Компьютер лингвистикаси (Маърузалар матни). –Самарқанд, 2009, 5-бет; 
L.Abduhamidova.
Kompyuter lingvistikasining avtomatik tahrir yo‗nalishi. BMI.-T., 2016.


137 
3.Lingvistik tahlilga asoslangan mashina tarjimasi algoritmi. 
Matnning morfologik, sintaktik, semantik tahlili. Tarjima qilinayotgan 
tilda matn sintezi: matning semantik ko‗rinishi, sintaktik strukturalar 
qurilmasi, morfologik sintez.
4.Avtomatik tarjimaning struktural tizimi. Mashina tarjimasining 
lingvistik bilimlar bazasi strukturasi: lingvistik ma‘lumotlar bazasi va 
lingvistik protsessor. Lingvistik ma‘lumotlar bazasi komponentlari. 
Lingvistik protsessor strukturasi (tuzilishi). 
5.Tarjima xotirasi. Misollarga asoslangan mashina tarjimasi tizimlari. 
Tarjima xotirasi tizimi uchun matnlar korpusi (to‗plami) qurilmasini 
shakllantirish prinsiplari. Tizim strukturasi (tuzilishi) va ishlash algoritmi. 
Tarjima xotirasining qo‗llanish sohalari. Mashina tarjimasi tizimlarida 
tarjima xotirasining qo‗llanish sohalari .
6.Avtomatik tarjimaning boshqa bilim sohalari bilan bog‗liqligi. 
Sun‘iy intellekt tadqiqida mashina tarjimasi va kompyuter lingvistikasi. 
Mashina tarjimasining matematik lingvistika va psixolingvistika bilan 
bog‗liqligi. 
7.Avtomatik tarjimaning lingvistik muammolari. Morfologik va 
semantik doiradagi muammolar. O‗zakdosh va o‗zakdosh bo‗lmagan 
tillarning formal va mazmuniy nomutanosibligi. Muammolar yechimi 
yo‗llari. Mashina tarjimasining semantik va pragmatik muammolari. 
Polisemiya masalasini hal qilishda kontekst va ekstralingvistik faktlarni 
hisobga olish. Avtomatik tarjima sifatini oshirishda va semantik tahlil 
borasida qiyinchiliklarni hal etish yo‗llari. 
Avtomatik 
tarjima 
―Kompyuter 
lingvistikasi‖, 
―Kvantitativ 
lingvistika‖, ―Bilim injeneriyasi‖, tabiiy tilning avtomatik ishlab chiqilishi, 
sun‘iy intellekt muammolari bilan bog‗liq. Bu sohalarning kompleks rivoji 
sun‘iy intellekt taraqqiyoti haqida to‗liq tasavvur hosil qilishga yordam 
beradi.
Avtomatik tarjima til o‗rgatishning zamonaviy yo‗nalishlari va 
lingvistik tahlilni informatsion texnologiyalar yordamida algoritmlash, 
bilimlarni tatbiq qilish, bilimlar bazasi, lingvistik bilimlarni yaratish 
prinsiplari bilan chuqurroq tanishishga imkon yaratadi.
Avtomatik tarjima Yevropada alohida fan sifatida o‗qitiladi. 
Avtomatik tarjima bo‗yicha dastlabki g‗oyalar ingliz olimi Charlz 
Bebbidj tomonidan 1836-1848 yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha, 
mexanik-elektron mashinalar kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga 
oshirishi mumkin bo‗ladi. Uning loyihasi bo‗yicha 50mingta so‗z xotira 
kuchiga ega bo‗lgan elektron mashinalar 100000 ta so‗zni avtomatik 


138 
ravishda tarjima qilishi zarur bo‗ladi.
1
Bebbidj g‗oyalari 100 yildan keyin 
amalga oshdi. 
1949-yilda Ch.Bebbidjing g‗oyalaridan ta‘sirlangan amerikalik olim 
Uorren Uiver mashina tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini 
ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka, programmalashtirish 
nazariyasi bo‗yicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi.
2
Shundan so‗ng AQSHda MT bo‗yicha laboratoriyalar, hamkorlik 
loyihalari yaratildi. Mashina tarjimasi bo‗yicha birinchi xalqaro 
konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida o‗tkazildi. 
1954-yilda AQShdagi Jorjtaun universitetida dunyoda birinchi marta 
avtomatik tarjima amalga oshirildi. U GAT tizimi (inglizcha 
«Georgetown 
Automatic Translation» 
birikmasining qisqartmasi) deb ataldi. Bu 
tajribalar IBM-701 kompyuterida o‗tkazildi. Bu tajribaning bazasi 
algoritmlardan iborat bo‗lib, 50 000 ta so‗z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz 
tiliga tarjima qildi.
3
XX asrning 70-yillarida LIFER (Language Interface Facility wich 
Elipsis and Recursion) ingliz tilidagi dastlabki ma‘lumotlar bazasi 
yaratildi. Undan keyin kompyuter bozorida qayta ishlangan tabiiy tilga 
asoslanuvchi tizimlar yuzaga keldi. XX asrning 80-yillarida AQShda 
tabiiy til interfeysiga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish va sotish bilan 
shug‗ullanuvchi bir qator kompaniyalar shakllandi. 1985-yilda 
«Semantek» korporatsiyasi, «Karnegi Gruppa» paketlari yaratildi. 
Avtomatik tarjima tizimini yaratish bo‗yicha faol ish olib borildi.
Yevropada kompyuter tarjima tizimini yaratish Европейский 
информационный сеть (EURONET DIANA)ning yuzaga kelishi bilan 
me‘yoriy tarzda amalga oshirila boshladi.
Hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan jahon tillari uchun avtomatik 
tarjima dasturlari ishlab chiqilgan. Jumladan, ruschadan inglizchaga, 
inglizchadan ruschaga, ruschdan fransuzchaga yoki aksincha tarzdagi 
dasturlar yaratilgan. 
 
Bugungi kunda avtomatik tarjimaning quyidagi sistemalari mavjud: 
SYSTRAN avtomatik tarjima sistemasi– AQSH harbiy havo kuchlari 
buyurtmasi bo‗yicha D.Tom rahbarligida ishlab chiqilgan. 1974–
1975 yillarda bu tizimdan NASA aerokosmik assotsiatsiyasi tomonidan 
1
Po„latov A., Muhamedova S. 
Kompyuter lingvistikasi. – T., 2007. -B.52.
2
Баранов А.Н.
Введение в прикладную лингвистику. - М.: Эдиториал УРСС, 2001.-С.89. 
Qarang: 
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T., 2007. 
Rahimov A.
Kompyuter 
lingvistikasi asoslari. –T., 2011.
3
Убин И.И.
Современные средства автоматизации перевода: надежды, разочарования и 
реальность // Перевод в современном мире. - М.: ВЦП, 2001. -С.60-69.


139 
Apollo – Soyuz loyihasi hujjatlarini tarjima qilishda foydalanildi. Mazkur 
tizim yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz, 
ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan 
tillariga tarjima qilinadi.

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish