Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
337 
Ikkinchi turida SMS yoki chatlar orqali shaxsning hayot tarzi, qanday ruhiy holatda bo‘lganligi, 
yashash hududi, maqsadi, oshkora va yashirin bo‘lgan g‘oyalari, aqliy salohiyati, savodxonligi, uning 
yoshi va jinsi kabilarni aniqlash mumkin. Shaxsiy yozishmaning bu turida turli xildagi smaylik va 
belgilardan foydalansa, u ham alohida ekspertik tahlilga tortiladi.
Uchinchi turida audio yozishma jo‘natayotgan shaxsning yoshini va jinsini aniqlashda audio 
jo‘natuvchi shaxsning faqat ovoziga e’tibor berish ekspertiza jarayonini boshqa yo‘lga burilishiga olib 
kelishi mumkin, chunki audio jo‘natuvchi ovozini o‘zgartirish ehtimoli ham bor. Shunday vaziyatlarda 
uning so‘zlayotgan so‘zlari, uning ma’nosi va ohangiga e’tibor qaratish zarur. Qolgan barcha holatlarda 
birinchi va ikkinchi turlari kabi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
To‘rtinchi turida esa vedio yozishma jo‘natayotgan shaxsning jinsi va yoshini aniqlashda muammo 
bo‘lmaydi (mustasno holatlar ham bor). Masalan, vedio jo‘natuvchi shaxs niqobda bo‘lsa, ovozini va 
tonini o‘zgartirib gapirsa, u shaxsning so‘zlariga e’tibor qaratish orqali yashash hududini, yoshini va 
jinsini bilib olish mumkin. Vedio va audio yazishmalarda yaqqol ko‘zga tashlanadigan bir jihat borki, uni 
birinchi va ikkinchi turlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, ammo uchinchi va to‘rtinchi turlarda u o‘zini 
yaqqol sezdiradi, bu – yozishma jo‘natgan shaxslarning maqsadi va g‘oyasidir. Jo‘natuvchi shaxs 
aksariyat holatlarda maqsad va g‘oyani ovoz tonlari va ohang bilan yozishmalar ichida yaqqol namoyan 
qiladi va bu tur ham qolgan holatlarni boshqalari kabi takrorlaydi. Yozishmaning bu turida shaxsning 
tashqi qiyofasi, yuz ifodasi, mimikalar va jestlar ham tahlil qilinadi. Uchinchi va to‘rtinchi turlarda 
savodxonligi va ijtimoiy mavqeyi uning talaffuz, ohangi va lug‘at boyligi orqali aniqlanadi.
XIX asr nemis tadqiqotchisi I.H.Groman o‘sha paytda qo‘lyozma matnlari orqali shu qo‘lyozma 
yozgan shaxsning “bo‘yini, yoshini, ovozini, ko‘z va sochlarining rangini va hattoki yonoqlarining 
qizarishini ham aniqlash mumkin” degan fikr bilan chiqqan, ammo biz XXI asrda yashayotgan bo‘lsak 
ham, hamon bizda qo‘lyozma, ya’ni shaxsiy yozishmalarni o‘rganish texnologiyasi oqsamoqda. 
Shaxsiy yozishmalarni ishtirokchilarning aloqasiga ko‘ra bir tomonlama va ikki tomonlama 
bo‘lgan shaxsiy yozishmalarga ajratish mumkin. Bir tomonlama aloqada faqat birinchi shaxs yozishma 
jo‘natadi, ikkinchi shaxs esa yozishmaga qayta javob yozmaydi. Ikki tomonlama aloqada esa birinchi 
shaxs jo‘natgan yozishmaga ikkinchi shaxs javob qaytaradi. Ikki tomonlama bo‘lgan aloqani yana 
bo‘laklarga bo‘lib, tahlil qilishimiz mumkin, bunda yozishmaga javob yuborayotgan shaxsning 
munosabati tahlilga tortilishi lozim. Shaxsiy yozishmalarni tahlil qilishda aynan mana shunday 
aloqalarning ham roli katta.
Shaxsiy yozishmalarni mavzusiga qarab turlarga bo‘lish, ekspertlar uchun tahlil jarayonida qulaylik 
yaratishga xizmat qiladi. Shaxsiy yozishmalarni mavzusiga qarab quyidagi turlarga bo‘lishimiz mumkin: 

tuhmat va g‘iybat ruhidagi shaxsiy yozishmalar; 

haqorat ruhidagi shaxsiy yozishmalar; 

kamsitish ruhidagi shaxsiy yozishmalar; 

tahqirlash ruhidagi shaxsiy yozishmalar; 

ekstremstik ruhdagi shaxsiy yozishmalar; 

terroristik ruhdagi shaxsiy yozishmalar; 

tahdid ruhidagi shaxsiy yozishmalar; 

iltimos ruhidagi shaxsiy yozishmalar; 

korrupsion ruhdagi shaxsiy yozishmalar (tanish-bilishchilik); 

taklif ruhidagi shaxsiy yozishmalar. 
Yuqorida keltirilgan ma’no turlarining o‘zi ham yana ichki bo‘linishlarni tashkil qilishi mumkin.
Lingvistik ekspertiza tahlilida shaxsiy yozishmalarni o‘rganishda boshqa fanlarning ko‘magi 
muhim sanaladi. Masalan, yozishma yuborgan shaxsning yoshi, savodxonligi, aqliy salohiyati, jinsi va 
kasbi kabilarni aniqlashda tilshunoslik, mazmuniy sintaksis, sotsiolingvistika, pragmalingvistika va matn 
tilshunosligi kabi fanlarga tayaniladi. Uning ruhiy holati va qanday vaziyatda ekanini aniqlashda 
pisixologiya, semasiologiya, psixolingvistika va matn tilshunosligi kabi fanlarga murojaat qilamiz, areal 
lingvistika va dialiktologiya esa yozishma jo‘natgan shaxsning yashash hududini aniqlashda yordam 
beradi.
Shaxsiy yozishmalarning ma’no turlarining ichida eng muomolisi va munozaralarga sabab 
bo‘ladigani haqorat, kamsitish va tahqirlash ruhidagi shaxsiy yozishmalar hisoblanadi, negaki o‘zbek 
tilida haqorat, kamsitish va tahqirlash kabi so‘zlar konkret ajratib ko‘rsatilmagan, ammo yuqoridagi 
ma’no turining ichiga kiruvchi so‘zlarni konkretlashtirib qo‘ysak, O‘zbekistondagi turli hududlarda 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish