Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
218 
Oliy ta’lim tizimida talabalar, o‘qituvchilar bu borada yetarlicha tajriba va ko‘nikmalarga ega. 
O‘rta maxsus ta’lim tizimida vaziyat qanday? 
Bugun ta’lim tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarakterga ega bo‘lishi, ya’ni shaxsning har bir 
xususiyati va sifatiga e’tibor qilgan holda tashkil etilishi talab etilmoqda [Jo‘raqobilova, 2014: 364]. 
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, avvalo, ta’limning paradigmasini o‘zgartiradi, ya’ni shu paytga qadar 
amaliyotga joriy qilingan ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozirgi jamiyatning 
axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning 
o‘qituvchi-darslik-talaba (o‘quvchi) paradigmasi bugun talaba (o‘quvchi)-darslik-o‘qituvchi paradigmasi 
bilan o‘rin almashishi zarur.
Bugungi kunda o‘rta maxsus va oliy ta’lim o‘qituvchisi bilim manbayi emas, balki bilim menedjeri 
bo‘lishi talab etiladi. Biz maqolamizda ta’lim tizimini takomillashtirishni o‘rta maxsus va oliy ta’lim 
tizimi doirasida ko‘rayotganligimiz sababli maktablarda ona tili darslarining sifatli tashkil etilishidagi 
ayrim muammolar haqida gapirib o‘tishni o‘rinli deb topdik. Bu o‘rinda muammo deyilganda o‘quvchilar 
soni nazarda tutilmoqda.To‘g‘ri, “yaxshi o‘qituvchi bo‘lsa, 45 daqiqa davomida 35-40 ta bolani bemalol 
“ushlab o‘tirishi” mumkin” (shuning uchun ham bugungi kunda maktablardagi ta’lim jarayoni tubdan 
isloh qilinish darajasiga kelib qolgan), lekin bugun maktablarga “yaxshi o‘qituvchi” emas, bilimdon, 
talabchan, o‘z ustida muntazam ishlaydigan o‘qituvchilar kerak, chunki maktab inson uchun kelajakda u 
qaysi sohaning vakili bo‘lishidan qat’iy nazar poydevor vazifasini bajaradi. Shunday ekan, ta’lim 
tizimidagi islohni dastlab maktabdan boshlash zarur. Bugun o‘z ustida ishlaydigan, bilimdon o‘qituvchilar 
davlat maktablarida ishlashni xohlamaydi yoki jon kuydirib ishlamaydi. Nega? Chunki ular 45 daqiqalik 
dars jarayonida 35-40 ta bolaga mavzuni talab darajasida yetkazib berishga ulgura olmaydilar. 
(O‘quvchilar abituriyent yoki talaba emas!) Achchiq bo‘lsa ham aytish kerak, bunday sinflarda interfaol 
metodlardan foydalanib dars o‘tish “o‘yin” hisoblanadi. Astoydil ishlayman deb “yeng shimarib” kelgan
o‘qituvchilarning (ona tili fani o‘qituvchilari!) “yaxshi o‘qituvchi”ga aylanib qolayotganligi ham shunda.
Maktab ta’lim tizimida avvaldan ingliz, rus tili fanlari ikki guruhga bo‘lib o‘qitilgan. Bugungi 
kunda ham bu an’ana davom etib kelmoqda. Fan o‘qituvchilarining yutuqlari, muvaffaqiyatlari ham 
shunga yarasha, albatta. Fikrimizcha, maktabda ona tili fanining o‘quvchilar uchun zerikarli, tushunarsiz, 
murakkab emas, balki qiziqarli va sevimli darslar qatoriga kiritish uchun alohida e’tibor beriladigan vaqt 
keldi. Bugungi kunda milliy tilimiz ravnaqi yo‘lida ko‘plab vazifalar amalga oshirilmoqda, yangi 
darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilmoqda. Ayniqsa, bir guruh tilshunos olimlarimiz 
tomonidan maxsus dastur asosida ona tili darsligining qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’nodagi inqilob 
bo‘ldi [Azimova va boshq., 2020]. Dasturda asosiy e’tibor o‘quvchining fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish orqali nutqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda o‘quvchilarning bilim va 
ko‘nikmalariga aniq talablar qo‘yilgan. Bu ona tili fanidagi islohning ichki tomoni, tashqi va asosiy 
tomoni yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘quvchilar sonini 45 daqiqalik darsga muvofiqlashtirishdir, ya’ni 
maktabda ona tili darslari ham xuddi rus va ingliz tili darslari kabi bo‘lib o‘qitilishi kerak! Chunonchi, 
yetishtirgan yoki ishlab chiqargan maxsulotimiz qanchalik talab darajasida bo‘lmasin xaridorga 
ko‘ngildagidek yetkazib bera olmasak, bu maxsulot butun foydali xususiyatlari bilan o‘z mohiyatini 
yo‘qotadi. Shu singari maktab darsliklari ham jahonning ilg‘or dasturlari asosida qanchalik mukammal 
yaratilgan bo‘lmasin, darslar pedagogik texnologiyalar asosida ideal darajada tashkil etilmasin, mas’ul 
shaxslar tomonidan ona tili darslarida o‘quvchilar sonining dars sifatiga ta’siri haqida o‘ylab ko‘rilmas 
ekan, kutilgan darajadagi natijalarga erishish ehtimoldan uzoq.
Hozirgi globallashuv sharoitida ta’limning internatsionallashuvi va bir xillashuvi kuzatilmoqda. 
O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining chet el ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan 
manfaatdorligi va o‘zaro manfaatli tus berishi oliy o‘quv yurtining potensial imkoniyatlari va reytingini 
oshiradi. Xalqaro hamkorlikdan ko‘riladigan naf ta’lim jarayonida zamonaviy innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish borasidagi xorijiy tajribani o‘zlashtirishda ham namoyon bo‘ladi. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, xalqaro hamkorlikka intilish jahon ta’limi va ilmiy axborot 
bazasiga ega bo‘lgan zamonaviy oliy o‘quv yurtining uzviy qismi hisoblanadi. Mazkur faoliyat yetakchi 
xorijiy universitetlar bilan hamkorlik dasturlari, ta’lim sohasida xalqaro loyihalarni amalga oshirish, 
ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar tashkil etish, o‘qituvchilar va talabalarning ikki tomonlama 
tajriba almashuvi doirasida olib borilmoqda. Hozirgi davrda ta’limning ertangi kuni haqida o‘ylaydigan 
davlatlar xalqaro maydonda raqobatlashish uchun oliy ta’limning imkoniyatlarini kuchaytirishga ko‘p 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish