Alisher navoiy nomidagi samarqand



Download 221,5 Kb.
bet2/4
Sana26.06.2017
Hajmi221,5 Kb.
#16109
1   2   3   4

II – BOB. «BAHOR QAYTMAYDI» QISSASI BADIIY TAHLILI

2.1 Asar badiiyati va obrazlar olami tahlili

XX asr ikkinchi yarmi o’zbek adabiyoti, aniqrog’i nasri rivojida O’tkir Hoshimovning munosib o’rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o’zining haq so’zi bilan el orasida e’tibor qozondi. Yozuvchi o’z asarlarida hamisha haq gapni aytishga intildi. Ehtimol, uning hikoya, pyessa, romanlarida yuzaki o’rinlar bordir, ammo adib hyech qachon yolg’on gap aytmagan, mustabid, mafkura, siyosat nog’orasiga o’ynab vijdonini sotmagan, murosasozlik yo’liga kirmagan. U o’tkinchi mayllarga berilmay, so’z san’atining azaliy muammosi – shaxs jumbog’i, ijtimoiy adolat tuyg’usi ifodasi bilan qiziqdi. Adabiyot dunyosida «nasrdagi tarona», «nasrdagi shoir» atamalari bor. Yangi o’zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy bilan Said Ahmad haqli ravishda prozaning shoiri deb nom olganlar. Zamonaviy o’zbek adabiyotida O’tkir Hoshimovni ham nasrdagi shoir, yetuk asarlarini esa nasrdagi qo’shiq, tarona deb atash mumkin. Ilk qissasi «Cho’l havosi»dan tortib «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobiga qadar – barcha asarlariga xos mushtarak jihat shuki, ular betakror, benazir sirli musiqiy ohang bilan yo’g’irilgan. Muallif qo’lidagi qalam go’yoki yozmaydi, balkim qalami uchidan so’zlar musiqa singari quyilib keladi; uning hikoya va qissalari she’rdek, dostondek o’qiladi, ular yakka so’zda chalingan dilrabo kuydek yangraydi, romanlari ko’p ovozli simfoniyani eslatadi, hatto uning badiiyalari, publisistik maqolalarini o’qiganda inson ko’ngil xazinasining, tuyg’ularining xilma-xil jilolari mujassam, oddiy maishiy kechinmalardan tortib ulkan ijtimoiy mushohadalar, keskin ruhiy dramalar, fojiyalar, qabohatlar haqida qalam tebratganda ham ajib samimiyat, hazin va nurli bir kuy aks-sado berib turadi. O’tikr Xoshimov nasrini kitobxonga manzur qilgan joziba sirlaridan biri shunda. Adabiyotshunos Abdug’ofir Rasulov o’zining ardoqli adib asarida “O’tkir Hoshimov inson, iste’dodli yozuvchi, lavozimdagi rasmiy shaxs. Aqlli, dono inson… U – ko’p betakror adabiy qahramonlar yaratgan taniqli yozuvchidir.”5

O’tkir Xoshimov 1941 – yil, 5 avgustda Toshkent viloyati Zangiota tumani Do’mbirobod mavzesida tug’ildi. Uning bobokalonlari ziyoli, o’z davrining mashhur kishilari bo’lgan. Jumladan, XIX asrda yashab o’tgan ulkan ulamo arab, fors, rus tillarini mukammal bilgan, rus chorizmi bosqini paytida Toshkent mudofaasi tashkilotchilaridan ishlaydi. Ayni paytda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida avval sirtqi bo’lim, so’ng kunduzgi bo’limda tahsil oldi. 1966-1982 – yillarda «Toshkent oqshomi»da bo’lim mudiri, 1982-1985-yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir o’rinbosari, 1985-1995 yillar «Sharq yulduzi»ning bosh muharriri, 1995-2005 yillari esa O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qo’mitasi raisi bo’lib ishladi. Mana shu yillarda u jonkuyar jamoat arbobi sifatida ham tanildi. «Sharq yulduzi»da muharrirlik qilib yurgan kezlari uning sa’yi harakati bilan Qur’oni Karim tarjimasi e’lon etildi, Cho’lpon asarlari xalqqa qaytarildi, «shubhali» sanalgan «Avlodlar dovoni» dunyo yuzini ko’rdi. Oliy Majlis Matbuot va axborot qo’mitasi raisi sifatida bevosita uning raxbarligida milliy matbuotimizga oid qator qonunlar ishlab chiqildi.

O’tkir Hoshimov ijodini publisistikadan boshladi, 1962 yili «Po’lat chavandoz» nomli ocherklar to’plami bosilib chiqdi. U badiiy ijodga juda erta mayl bildirgan, 5-sinfda o’qib yurgan kezlaridayoq she’rlar, hikoyalar mashq qila boshlagan bo’lsa-da, «To’rt maktub» nomli ilk hikoyasi 1963 yili matbuotda bosilib chiqdi. Shu hikoya asosida «Cho’l havosi» qissasi yozildi. «Sharq yulduzi»da bosilgan bu qissa haqida yosh muallif Abdulla Qahhordan maktub oldi. «O’tkir! «Cho’l havosi»ni o’qib suyunib ketdim. Birdan lov etib alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porloq bo’ladi, qissa juda sof, samimiy, iliq, tabiiy, rohat bilan o’qiladi», deyiladi o’sha maktubda. Bunday iliq so’zlar yosh yozuvchiga dalda berdi. So’ng u birin-ketin «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi» qissalarini yaratdi. Xususan, «Bahor qaytmaydi», «Qalbingga quloq sol» qissalari adabiy tanqidchilikda qizg’in bahs-munozara qo’zg’atadi. Bu qissalari uchun u 1976 yili “Yoshlar” mukofotiga sazovor bo’ldi.

O’tkir Hoshimov qissalari 60-70 yillar milliy adabiyotimizdagi ilg’or tamoyillar bilan uyg’unligi, o’tkir ma’naviy-axloqiy muammolarni dalil o’rtaga qo’yilganligi, eng muhimi, tasvirdagi, ichki, jozibasi bilan ajralib turadi.

Shuni ham aytish kerakki, O’tkir Hoshimovning problematik roman, qissa va hikoyalarida o’z san’atining azaliy bosh muammosi – INSON taqdiri va qalbining badiiy tahlili mavjud; muallif dolzarb ijtimoiy muammolar talqini bilan yondosh holda o’rinlarda personaj ruhiyatidagi g’oyat nafis jarayonlarni mohirona ifoda etadi. O’tkir ijoddagi ilk qadamlaridayoq inson ma’naviyati, ruhiyati, qalb haqiqati tadqiqotchisi sifatida ko’ringan edi, «Cho’l havosi», «Muhabbat», «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi» nomli hikoya va qissalari shundan dalolat beradi. Keyinchalik u dolzarb ijtimoiy muammolar talqiniga ko’proq moyillik bildirib, yuqorida tilga olingan problematik asarlarni yaratgan kezlarida ham inson obrazi, inson ma’naviyati, ruhiyati tahlilini aslo e’tibordan chetda qoldirgan emas. Bu jihatdan «Qalbingga quloq sol», xususan, «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» qissalarini eslash kifoya.



2.2 «Bahor qaytmaydi» asari va yangicha talqin muammolari

60-70 yillar adabiyotida adashgan odamning fojeasini aks ettirgan o’nlab asarlar paydo bo’ldi, ammo ular orasida san’at darajasiga ko’tarilganlari oz, «Bahor qaytmaydi» qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq ite’dodi qadriga yetmagan, ulug’ maqsadlardan maxrum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib berdi. Ana shu san’atkorona tahlil tasvirning tuyg’ularga boyligi va samimiyati bilan ko’pchilik qalbiga yo’l topdi, ko’plarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning o’ta nozik va nafis kuzatishlari, yozuvchi qalbi tebranishlari, rang-barang kechinmalari, zavq-shavqi, armon-o’kinchlari, qisqasi, xilma-xil tuyg’ular nafasi ufurib yotibdi. Mana qissa xotimasidan kichik bir parcha, asar bosh qahramoni Alimardon halokatidan keyingi tabiat manzarasi tasviri:

«Negadir shu oqshom oftob juda qiynalib botdi. Ufq etagida osilib turdi-da, sekin-asta yer ostiga cho’kib ketdi.

Yana bir necha kundan keyin yayrab-yashnab bahor keldi... Sahiy ko’klam ko’plar qatori Alimardonning ham qabrini burkadi. Maysalar orasida ochilgan bittagina qizg’aldoq tong shudringiga qadash tutdi. Erta-indin to’kilib ketishi, o’zidan na muattar bo’y, na meva qolishidan bexabar yal-yal yondi...»

Bu so’ngi satrlar adadsiz alam-o’kinchlar, ko’z yoshlar bilan qog’ozga tushgani shundoqqina sezilib turibdi. Qahramonning dafn kunida, o’sha motamsaro oqshom payti quyoshning qiynalib botishi, ufq etagida uzoq osilib turishi, so’ng umidsiz alfzoda sekin-sekin yor ostiga botib ketishda dillarni xun qiladigan, ko’zlarga yosh keltiradigan mungli ohang bor. Hamma yoqni nurga, rangga bezagan, qahramon qalbini maysalarga burkangan sahiy ko’klam, qahramon qabri ustida yal-yal yongan qizg’aldoq, uning omonat umri xususidagi nafosat to’la mungli tasvir, bir dam yashnab, erta xazon bo’lgan inson umri haqidagi xazin qo’shiqning so’ngi nidolari, tiroqlari kabi eshitiladi.

O’tkir Hoshimovda nafosat tuyg’usi behad kuchli. Hatto u aldangan odamning ma’anviy inqirozi, fojiyasi, halokati tasvirida ham shu tuyg’uni saqlab qoladi. Ayniqsa, u yaxshi, olijanob, ma’naviy barkamol shaxslar qalbi, tabiati tasvirida o’zini nihoyatda erkin his etadi. Yozuvchining ijobiy qahramonlari askari go’dakday beg’ubor, nafosat tuyg’usiga boy, hissiyotchan, o’ta ta’sirchan odamlar. Ehtimol, O’tkir asarlari qahramonlarining o’zbek kitobxonlari ko’pchiligi asir qilgan omillardan biri shundaydir. Hayotning shafqatsiz haqiqatini shafqatsiz, dag’’al bo’yog’larda ifoda etilgan asarlar ruhida tarbiyalangan kitobxonga O’tkir asarlaridagi o’ta nafis, hissiyotga boy ifodalar, soddadil, romantik, o’ta hissiyotchan, ta’sirchan qahramonlar bir oz jo’nroq, kitobiyroq tuyulushi mumkin, nachora yozuvchining tafakkur va ifoda tarzi barchaga birdek ma’qul bo’lishi shart emas. Biroq adbining uslub tarzini boshqa bir uslubiy yo’nalishga zid kelgani uchun kamsitish, rad etish, yerga urish o’rinsiz. Adabiyotda badiiy tafakkur, ifoda tarzi qanchalar rang-barang bo’lsa, shuncha yaxshi. O’tkir Hoshimov asarlarida personaj talqinidagi nafosat tuyg’usi bilan yo’g’rilgan liro-romantik yo’nalish alohida jilo bilan namoyon bo’lgan ekan, bu hol milliy nasrimizning boyligidir.

Yozuvchi ijodiga xos lirik tarona uning «Dunyoning ishlari» qissasida eng baland pardalarda jarangladi. Bu asar Ona haqidagi, Ona qalbining cheksiz sahovati haqidagi o’ziga xos qissadadir.

«Dunyoning ishlari» bir qarashda avtobiografik asar, yozuvchining o’z bolalik yillari, yoshlik yigitlik davri xotiralari, onasi, qarindosh-urug’lari, tanish odamlar hayotidan bahs etadi. Unda xilma-xil voqealar hikoya qilinadi, biroq asar markazida Ona obrazi turadi. Asardagi opa farzandi, farzandi oromi, baxti uchun jonini, jahonini berishga tayyor ming-minglab onalarimizning timsoliga aylanadi.

Qissa zavq-shavq bilan shoirona yozilgan. «Dunyoning ishlari»ni qissa emas, doston deb atashni istardim, - deydi Said Ahmad. – U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib o’z onalarimizni eslab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib o’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi».

Yozuvchi o’z onasining cheksiz qalb sahovatlari haqida so’z ochar ekan, ayni vaqtda uni yetarlicha qadrlay olmaganidan afsuslanadi.

Qissa bir-biri bilan uzviy bog’langan mustaqil voqeaviy (bo’lib o’tgan) hikoyalardan tashkil topadi.

«Dunyoning ishlari» boshdan-oyoq nihoyatda yorqin, ajib bir milliy bo’yoqlar bilan jilolangan. Ayni paytda asar teran bir umuminsoniy, baynalminal tuyg’ular bilan yo’g’rilgan. Qissada shunday mulohazalar bor:

«Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam o’z sevgilisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib Ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi».

Qissa muallifi onasidan alla eshitgan daqiqalardagi holatini eslab ketadi; Ona aytgan satrlar oddiy qo’shiq emas, uning ovozida qandaydir boshqa narsa, mungmi, iltijomi, tinglovchi qalbini asir etadigan ilohiy sehr borligini uqtiradi; «Keyin katta bo’lganimda ham qayerda alla eshitsam, yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa bo’layotganini o’zim bilmas edim» deb yozadi.

Yozuvchi dunyoning ikki chekkasida o’zi guvoh bo’lgan ikki hodisani – safar chog’i qirg’iz o’tovida qirg’iz ayol aytgan alla va olis Kislovodskda sibirlik juvondan alla eshitgan chog’idagi g’aroyib xolati – yurakdagi shirin orziqish tuyg’ularini to’kib soladi. Qirg’iz va rus ayollarining o’ch ona tillarida aytgan dil rozlari muallif qalbini onasidan eshitgan alla kabi tug’yonga soladi, allalaydi.

Shu tariqa yozuvchi voqea-hodisalarni shunchaki hikoya qilib bermaydi, hodisa bilan bog’liq tuyg’ularning ajib sehrini, nafosatini kitobxon qalbiga olib kirishga muvafaqqat bo’ladi. Qissaning deyarli barcha boblari ayni shu ruhda bitilgan.

«Dunyoning ishlari» qissasiga 1981 yili Oybek nomidagi Respublika Yozuvchilar uyushmasi mukofoti berildi.

O’tkir Xoishmov badiiy adabiyotga jurnalistika chorrahalari orqali kirib keldi. Uning 1977 yili yozilgan ilk romani - «Nur borki, soya bor...» jurnalistik faoliyatini, tajribalarining o’ziga xos yakuni, badiiy sarhisobidir. Roman markaziy qahramoni Sherzod muallifga tengdosh, ayni o’zi kabi yozuvchi – jurnalistdir. Sherzod timsolida yozuvchi kitobxonni ayni o’zi hayotda duch kelgan muammolar girdobiga olib kiradi. Jurnalist qahramon bilan birga kitobxon goh Pomirning uqubatli yo’llaridan o’tadi, yer ostiga tushib metro quruvchilari huzurida bo’ladi, inson qoni rangini eslatuvchi tuproq hidini tuyadi; goh Farg’onaning olis, maftunkor qishlog’idagi qahramon tug’ilib o’sgan mo’jaz xonadonga, dimog’dor raisning dabdabali kabineti-yu, serhasham mehmonxonasiga kirib qoladi, qishloq hayoti, maktab va mehnat muammolari ustida o’y suradi; goh shahar kasalxonasida odamning maqeyiga qarab muomala qiluvchi bo’lim mudiriga, savdo xodimi Sayfi Soqiyevichga to’qnash keladi. Hastalikning, bir xona ichida ma’naviy tuban kimsa bilan tanishuv shu bilan tugamaydi, uni kitobxon oilasida, sarhasham saroyida, ish kabinetida takror-takror uchratadi. Bu uchrashuv va tanishuvlarning har biri meshchalarcha hayot kechirishga, meshchanlik psixologiyasiga o’qilgan aybnoma kabi tuyuladi. Yozuvchi Sayfi Soqiyevichning o’g’li Sirojiddin bahonasida oliy o’quv yurti, ilm dargohidagi mojarolarni qalamga oladi. Sirojiddinning oilaviy tushmush tarzi tasviri asarning eng puxta syujet tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Qahramonning hayot sarguzashtlari – uning shirin va hazin bolalik xotiralari, barbod bo’lgan ilk sevgi iztiroblari, alomat qiz Zuhra bilan muloqotlari, Zuhra oilasi tarixi o’zicha mustaqil bir qissani tashkil etadi. Buning ustiga aktrisa Zuhra muallif uchun hayotning yana bir jabhasiga – teatr, san’at olamiga kirib borish, san’at va adabiyot muammolariga munosabat bildirish imkonini beradi.

Roman strukturasi, uning asosiy syujet yo’nalishlari, unda qamrab olingan hayotiy muammolar doirasi, qisqacha aytganda, ana shulardan iborat.

Asar bosh qahramoni ehtiros kishisi, yozuvchi – jurnalist bo’lganidan arzimas narsadan ham qalbi tug’yonga tushadi, salgina qalloblik, nopoklik aralashgan joyda o’zini qo’yarga joy topa olmaydi, hodisalar ustidan tez hukm chiqaradi. Muallif qahramon qalbida jo’sh urgan extiroslar to’lqinidan salmoqli ma’no axtaradi, uning shaxsiy kechinmalari ko’pincha ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, uni qiynagan jumboqlari aksari roman yozilgan 70-yillar odamlarning tashvishi, «til uchida turgan gaplar» bo’lib chiqadi. Shunisi muhimki, qahramonlar qalbidagi ehtiroslar tug’yoni yozuvchining ilk hikoya va qissalaridan farqli o’laroq, sentimentallikdan holi, bu yerdagi hislar tug’yoni hamisha kitobxonni kurashga chorlaydi. Bu hol qahramonga qandaydir shijoat, romantik tus baxsh etadi.

«Izlanishlar – uning qahramon tanlashida aks etmoqda», - deganida to’la haq.6 Bunda u birinchi galda «Nur borki, soya bor» dagi Sherzodni Nazarda tutgan. Darhaqiqat, Sherzod jo’shqin faoliyat kishisi, u inson sha’nini, erkini hamma narsadan ustun qo’yadi, har qanday og’ir, murakkab sharoitda ham e’tiqodiga sodiq qoladi, shu bilan barobar yuksak e’tiqodini, orzu-ideallarini barqaror etish uchun dadil kurash olib boradi, turmush chigalliklariga amaliy chora axtaradi.

80-yillarga kelib O’tkir Hoshimov ijodida milliy adabiyotimiz istiqboli uchun muhim ahamiyatga molik yangi tamoyillar ro’y berdi. Yozuvchi, bir tomondan, radio va televideniya orqali jiddiy chiqishlar qildi, u televideniyada olib borgan «Bahs» ko’rsatuvi butun Respublikani «oyoqqa turg’izdi». Shuningdek, matbuotda birin-ketin o’tkir publisistik maqolalar e’lon qildi. Xususan, «Qalbning oppoq daftari», «Avlodlarga nima deymiz», «Davlat siri», «Mantiq qani?» kabi maqolalarining har biri ularda o’rtaga tashlangan ma’naviy, ijtimoyi-siyosiy muammolarning ko’lami, salmog’i, ta’sir kuchi jihatidan yetuk badiiy asarlarga teng deb baholanadi.

Ayni paytda adib yaratgan eng yaxshi asarlar avvalgilaridan farqli o’laroq, oshkora publisistik talqindan xoli. Bu davrga kelib adib ijodida publisistik faoliyat bilan sof badiiyat orasida muayyan ajralish ro’y berdi. Muallifni endi kundalik dolzarb masalalar emas, ko’proq azaliy-boqiy, ma’anviy muammolar, inson taqdiri, inson qalbining jumboqlari ko’proq qiziqtiradi. Bu narsa «Ikki eshik orasi» romanida ayniqsa ravshan ko’rindi.

«Ikki eshik orasi» - yirik ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy roman. Asar uzoq davrlik voqyealarni, ko’plab kishilar taqdiri, hayot yo’li, xilma-xil ijtimoiy-axloqiy muammolarni o’z ichiga qamrab oladi. Roman voqyealarining bir uchi 30-yillarning boshqalariga, qishloqdagi kolxozlashtirish davri voqealariga borib tutashsa, ikkinchi uchi 70-yillarning oxiriga kelib taqaladi.

Yozuvchi ikkinchi jahon urushi kishilarimiz uchun zo’r sinov bo’lgani, bu sinov paytida o’zbek kishisiga xos bo’lgan noyob fazilatlar favqulodda bir kuch bilan yuzaga chiqqani, kishilarimizdagi otashin vatanparvarlik, cheksiz muruvvat, sadoqat tuyg’ularini ilhom va ehtiros bilan qalamga oladi. O’sha sinov kezlarida faqat o’z jonini, manfaatini o’ylab, munofiqlik, xiyonat ko’chasiga kirgan ayrim kimsalar qilmishini qahr-g’azab bilan qoralaydi, ma’naviy inqirozini, fojiasini ochadi, Qahramonlar qismati vositasida yozuvchi yashashning ma’nosi, insonning insonlik sha’ni, burchi, ma’suliyati, e’tiqodlik masalalarini ko’taradi, kitobxonni ular haqida o’ylashga, bahsga chorlaydi. Qanday yashash va yashamaslik kerak, degan savol asarning yetakchi falsafasi darajasiga ko’tariladi. Bu og’ir falsafa personajlardan biri qo’lini qo’rgan Orif oqsoqol tomonidan berilgan ikki eshik orasi to’g’risidagi xalqona hikmatda o’z yakuinini topgan. U deydi: «Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib bu eshikdan chiqib ketayotganida qo’lidan kelganicha savob ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g’isht qo’yib ketadi. Yana bir xillari bor: o’sha imoratdan aqalli bitta g’isht o’g’irlab ketgisi keladi. O’g’irlabku, hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshik oldiga boganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi...» Muallif shular bilangina cheklanmaydi, bosqinchilik urushining achchiq saboqlari orqali odamlarni hushyorlikka chaqiruvchi, umuman urushga qarshi qaratilgan asardir. “Bahor qaytmaydi” qissasining muhim ijtimoiy, umuminsoniy, zamonaviy qimmati ham ana shunda.


III – BOB. O’. HOSHIMOV «BAHOR QAYTMAYDI» ASARI KOMPOZITSION – STRUKTURAL TARKIBI TAHLILI

3.1 Qissa strukturasi va struktural tahlil

O’tkir Hoshimovning ijodi, xususan, “Bahor qaytmaydi” qissasi barcha poetik unsurlari bilan mukammal matnni tashkil etadi. U haqida fikr yuritib adabiyotshunos S. Mirzaev “O’tkir Hoshimov – ko’p qirrali iste’dod sohibi. Uning hozirgi zamon o’zbek adabiyoti xazinasiga qo’shgan ulushi katta. Adib asarlari mazmun va shakl jihatidan go’zal, ularning badiiy – estetik ahamiyati beqiyos” – degan edi. 7 Yozuvchi uzoq davrlik voqealari, ko’plab insoniy taqdirlarni bosh qahramonning bir necha soatlik kechinmalari ichiga jo etadi. Shunisi xarakterliki, muallif voqealarga bevosita aralashmaydi, muxtasargina so’z boshidan keyin u bevosita ko’rinmaydi, so’z, ixtiyor butunasiga qahramonlarning o’zlariga beriladi. Qahramonlar esa o’z boshlaridan o’tganlarini o’zlari so’zlashga kirishadilar. Shu paytga qadar bizda asar voqealarini qahramon tilidan hikoya qilish usuli bor edi.

Peyzaj tasviri. Bo’ston qishlog’iga og’ir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Tumanlik qo’ynidan jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq og’ushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlanadi. Havoga yelpig’ichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo’lib qoldi. Havoda ananas isi aralash yong’oq xazonlarining o’kir hidi gurkiradi. Yoz bo’yi meva tugish dardida yashnagan bog’lar, shodon shovullagan terakzorlar hayotning mangu, beshafqat haqiqati oldida o’ychan, g’amgin bosh egdi. Chor-atrof yaproqlarining mungli shivir-shiviriga to’ldi.

Sumbula tug’di. Qishloqni harqanday o’rab oqayotgan anhor birdan tiniqlashdi. Telba to’lqinlar endi jilovlanib, yuvosh bo’lib qoldi.

Odamlar qilichini ko’tarib kelayotgan qishdan cho’chiganday shosha-pisha harakatga tushdilar. Kimdir chorbog’ida o’tin arraladi, kimdir qo’shnisining tom suvog’iga hasharga chiqa boshladi.

Hamma yagona bir tashvish bilan, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo’ldi.

Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasida, shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg’iz o’z tashvishi bilan band edi.

Ekspozitsiya. U past-baland qoyalar orasidan ot choptirib borayotganmish. Ot yeldek ucharmish, tog’u-toshlar chirpirak bo’lib orqada qolib ketarmish. Birdan hammayoqni zulmat qoplabdi. Ot allanimaga qattiq qoqilibdi-da qopqorong’i jarlikka mukinb ketibdi. U otni bo’ynidan mahkam quchoqlab olgancha shuvillab pastga tushib ketayotganmishu yerga hech yetmasmish. Nafasi bo’g’ziga tiqilib, dahshatdan oyoq-qo’llari toshday qotib qolganmish...



  • A-a-a!

Alimardon o’z ovozidan o’zi chuchib uyg’onib ketdi. Anglagancha qayerda yotganini bilolmay, ko’zlarini katta-katta ochgancha shiftga tikilib qoldi. A’zoyi badani o’t bo’lib yonar, peshonasini muzdek ter bosgan, bir tutam chochi ter aralash qoshlariga yopishib qolgan edi.

U anchagacha behush tikilib yotdi-da, vassajuftlari sarg’ayib ketgan shiftni, tokchadagi lagan-tovoqlarni, burchakdagi shkaf ustida turgan, chaqa solinadigan ganch mushukchani ko’rib sekin uf tortdi. Xayriyat, uyda ekan!

Bir lahzadan keyin ko’z o’ngidagi narsalar tag’in siyrak tumanlik ichida yo’qoldi-yu, yana alahlay boshladi. Zum o’tmay tag’in ko’zini ochdi. Bora-bora fikri tiniqlashib, shiftga tikilib qoldi. Qayerdandir bir qaldirg’och uyga otilib kirdi. Shift tagida aylana-aylana vassajuftdagi uzun mixga kelib qo’ndi. G’amgingina vijirlab qo’ydi. Oq-sarg’ich bo’ynini burib Alimardonga qaradi. Munchoqdek ko’zlarini tikib uzoq qarab turdida, yana bir sayrab qanotini yozdi. Lip etib pastga sho’ng’idi, derazaning ochiq tavaqasidan hovliga otildi.

Alimardon ko’rpa ostidan qo’llarini mashaqqat bilan sug’urib oldi. Tirsagiga tayanib, sekin deraza tomonga o’girildi. Terlab yotgan badaniga sovuq shamol tegdi. Bo’g’ilib-bo’g’ilib yo’tala boshladi. Har yo’talganida nafasi og’ziga tiqilar, ko’z o’ngida xira xalqachalar pirpirar, quloqlari shang’illar edi. Nihoyat, sekin-sekin damini rostladi, hovliga tikilgancha bir tekis, chuqur-chuqr nafas ola boshladi.

Ochiq derazadan tip-tiniq osmonning bir chekkasi ko’rinib turardi. Chekka-chekkadagi azamat yong’oqlar shov-shuv etib, o’tib ketgan bahorini eslatganday jimgina xayolan tolgan, o’riklarning qonday qizargan yaproqlari uzilib ketishdan cho’chib titrab turibdi. Yong’oq shoxida zag’izg’on sayraydi. Keyin ola qanotlarini yoyib, havoga ko’tarildi-yu, uzun dumini likillatib, etakdagi molxona tomiga borib qo’ndi. Tom ustiga yoyib tashlangan makkajo’xorilarni bir-ikki cho’qigan bo’ldi-da, yana qanotini yoyib havoga ko’tarildi. Devor oshib qo’shni hovliga o’tib ketdi.

Alimardon shu yozda onasi o’lganidan keyin hovlidan fayz ketganini hozir ayniqsa, chuqur his qildi. Onasi necha yildirki, uni uylantirishni orzu qilar, ammo Alimardon unamas edi. Rost, u ko’p qizlarni ko’rgan, lekin hech biri bilan birga bo’lishni xayoliga ham keltirmagan edi. «Avval koservatoriyani bitirib olay, u yog’i o’zi topilib ketadi», deb o’ylardi. Alimardon diplom yoqlashidan bir xafta oldin onasi qazo qildi. U orzusiga yetolmadi: kelinining qo’ldian bir piyola choy icha olmadi.

Alimardon yuragining bir burchida uyg’ongan chidab bo’lmas hasratdan entikib qoldi.


  • Anvar ham kemabdi, nomard! – pichirladi u g’ijinib. Alimardon betob bo’lib qolganidan beri goh Anvar, goh onasi har kuni kelib uning holidan xabar olib turishardi. Bugun kelmabdi. «Birovning go’riga birov tusharmidi? Anvarning men bilan nima ishi bor!» u jahl bilan ko’zlarini chirt yumib. Ko’rpani boshiga tortdi.

Yana ko’zi ilinayotgan edi, gurs-gurs qadam tovushi eshitildi. Alimardon ko’rpani ko’tarib qaraguncha, allakim deraza yonidan lip etib eshik tomonga o’tib ketdi.

«Anvar!» - Alimardon eshikning ochilishini kutib, burilib qarab yotdi. Anvar pastak eshikdan boshini egib kirdi-da, qo’lidagi qog’oz xaltani bir chekkaga qo’yib, shimining pochasini qoqa boshladi.

Engashib turgancha boshini ko’tarib qaradi-da, jilmaydi.


  • Tuzukmisan?

Alimardon indamadi. Qoshini chimirgancha tikilib yotaverdi.

Anvar ha kelganida shunday jilmayib qarar, xuddi shunday past, mehribon ovozda undan hol so’rar edi.

Hozir Alimardon uning tez yuragini, ko’ylaginining tugmalarini yechib yuborganingni, ichidagi maykasi terlab badaniga yopishib qolganini ko’rdi.

Anvar tuflisining bog’ichini shosha-pisha yechib, tez-tez yurib uning tepasiga keldi. Karavot yoniga cho’kkalab, peshanasiga muzdek kaftini qo’ydi.



  • Istimang yo’q-ku, - dedi yana jilmayib.

Alimardon uning qo’lini peshanasidan olib tashladi.

«Yolg’on aytyapti!»



  • Yo’ldi o’lib qoldingmi, degandim.

Anvar do’stining bo’g’iq ovozidan uning xafa bo’lganini tushundi, ko’z milklarining cheti tirishib, qizarib ketdi. Uning sal narsaga qizarishi ham, qizlardek tortinchoqligi ham, chiroyli chehrasi ham ko’pincha Alimardonning jig’iga tegardi.

  • Kech qoldim-a? To’g’rimi? – dedi Anvar uzr so’ragan ohangda

Keyin begunoh ko’zlarini Alimardondan uzmay yana o’sha past, o’ychan ohangda gapirdi:

  • Ishga bordim. Hech ilojini qilolmadim. Birinchi kun...

Alimardon uning o’ziga emas, shiftning bir chekkasiga qarab so’radi:

  • O’sha telestudiyadagimi?

Anvar do’stining gap boshlaganidan quvonib ketdi.

  • Ha, bilasanmi, muzika redaksiyasiga! – U sevinchlar chehrasi yorishib, o’rnidan turdi. – Sen sog’ayishing bilan studiyaga borasan. Hozir u yerdagilar yosh artistga juda muhtoj ekan. - U do’stiga sinchklab qarab qo’ydi.

Alimardon miyig’ida kuldi-yu, indamadi. Ko’nglida g’ijinishmi, adovatmi, allaqanday xotira bir tuyg’u uyg’ondi. O’zidan oldin Anvarning ish boshlagani, quvonch bilan gapirishi unga yoqmadi.

Uning o’zini ham shahardagi muzika maktabiga o’qituvchi qilib tayinlashgan, ammo hali ish boshlamagan edi.

Anvar do’stini ranjitib qo’yganini payqadi shekilli, indamasdan borib qog’oz xaltani ochdi.


  • Uzum yeysanmi? – dedi turgan yerida burilib qarab. Alimardonning javobini ham kutmay hovliga chiqib ketdi. Zum o’tmay to’rtburchak patnisda ikki bosh uzum ko’tarib kirdi. Yana karavot oldida cho’kkaladi. – 0l, juda shirin ekan...

Alimardon ko’z qiri bilan qarab qo’ydi. Sap-sariq husaynilar tovlanib turar, shudringday suv tomchilari tarang, tekis uzum donalari ustida jilolanar edi.

Anvar ikki dona uzumni uzib oldi.



  • Og’zingni och!

Alimardon uzumni karsillatib yer ekan, beixtiyor jilmaydi.

Shaharda nima gaplar?

Tinchlik... – Anvar qizlarnikiga o’xshagan timqora ko’zlarini suzib qo’ydi.

Alimardon... – Anvar qizlarnikiga o’xshagan timqora ko’zlarini suzib qo’ydi.

Alimardon uning qiziq bir yangilik aytishga og’iz juftlab turganini sezdi.


  • Gapiraver! – dedi jilmayib. Anvar yalt etib unga qaradi.

  • Muqaddam shu yerga – Bo’ston guzaridagi do’xtirxonaga hamshira bo’lib kelibdi...

«Ha, shuning uchun og’zi qulog’ida ekan-da!» Alimardonning ko’nglida yana o’sha chalkash tuyg’u uyg’ondi. Anvar bu qizni yaxshi ko’rishini ko’p gapirar edi. «Bu yog’i ham besh bo’libdi... Qiziq, bir xil odamlarning ishi o’z-o’zidan yurishib ketaverdi. Meniki-chi? Alimardon ichida xo’rsinib qo’ydi.

Yaxshi! – dedi xushchaqchaq gapirishga urinib. – Bizni kelinning o’zi davolar ekan-da?

Aytdim unga... – Anvar bir shingil uzumni tutqazdi. – Bugundan boshlab har kuni kelib turardi. – U to’satdan esiga tushgandek so’radi... – Mastava qilib beraymi... Aftingni burishtirma, yaxshilab pishiraman...

Saldan keyin Anvarning oshxonada gursillab o’tin yorgani eshitildi. Zum o’tmay deraza orqasida Anvarning o’zi ko’rindi. U maykachan bo’lib olgan edi.



  • Hammayoq xazon bo’lib ketibdi, supurib tashlay, - dedi u derazadan boshini suqib. – Keyin molxona eshigi tagida yotgan sopi uzun supurgini oldi-da, xuddi chalg’ida o’t o’rayotganday quloqkashlab supura ketdi.

Yirik-yirik yong’oq xazonlari qizg’ish o’rik yaproqlariga qo’shilib, supurgiga ergashgancha havoda ojizgina pirpirab uchib, ancha nariga borib tushar, hovlining oppoq sathi yo’lakday ochilib qolar edi. Anvar supurgini g’ayrat bilan qattiq-qattiq silkitar, ammo zum o’tmay supurilgan yerga yana xazonlar kelib qo’nar, xunobi oshib tag’in orqaga qaytar edi.

Alimardon yaproqlarning pirpirab uchishini tomosha qila-qila pinakka ketdi... Xullas, asar qahramonlari ruhiyatida kechayotgan o’zgarishlar asarning voqealari sodir bo’ladigan joylarda, asar strukturaviy qismlarida va umuman asar poetikasida ko’zga yaqqol tashlanadi. Asardagi mukammal struktura uning badiiy qimmatini ham belgilashga xizmat etadi.



Download 221,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish