XVI – XVIII asrlarda G’arbiy Yevropa davlat tushunchasi keskin o'zgardi.
Davlat deganda tobora ko'proq hukumdor va uning yaqinlari ,xalq xokimyati
organlari, amaldorlar, mansabdorlar shaxslar qatlamlari va shu kabilar birgalikda
tushuniladi. Davlatni bunday tushunishni targ’ibotchilari mavjud edi. Jumladan: J
Boden o'zining „Davlat to'g’risidagi olti kitob” asarida davlatni suveren hokimyat
vositasida ko'plab oilalar va ularga tegishli narsalar ustidan adolatli hukumronlik
sifatida tushunishni taklif etgandi. Odamlarni qo'rquvda ushlab, ularning harakatini
ezgulikka yo'naltirishga, deydi T Gobbs, faqat barcha alohida imtiyoz va kuchlarni
bir odam qo'lida yoki bir qancha kishilik jamoat qo'lida jamlash orqaligina erishishi
mumkin. Agar shu tariqa ko'pchilik odamlarning birlashuvi ro'y bersa, bu davlat
deb ataladi. Monarx davlat timsolida namoyon bo'ladi. Davlat moxiyati faqat anna
shu odamdagina mujassamlashgan bo'ladi, deyiladi.
Bunday qarashlar Dunyo miqyosida ancha keng tarqalgan. Ana shu xislatlar
ham, sotsialistlar ham, liberallar ham ularni qo'llab - quvatlashgan. Masalan: rus
anarxisti M.Bakunin, davlatni jamiyatga hyech qanday aloqasi bo'lmagan
tashkilotlar deb hisoblaydi. Uning fikricha davlat, uch yaramas narsaga -
byurokratiya, polisiya va armiyaga tayanadi. Bu imtiyozli sinflar ezuvchi va
aqidaparast idrokining ko'zga tashlanib turuvchi tana jismidir. K. Marks va F
Engel's uchun davlat, birinchi davlatda, „bir sinfning ikkinchi sinf tomonidan
bostirilishi mashinasidan boshqa narsa emas” Ular, burjua jamiyatidagi davlat
„faqat bugun burjuaziya sinfi umumiy ishlarini boshqaruvchi qo'mitadir, xolos”deb
o'qtirishgan. Lenin ham davlat timsolida „bir sinfning boshqasi ustidan
hukumronligini saqlab turuvchi”mashinani qurgan. „Davlat muayyan sinfning
hukumronlik organidir, - deydi u o'z muxoliflari bilan murosaga kelishi mumkin
emas”.
Hozirgi vaqtda davlatning umumiy e'tirof etilgan qo'yidagi asosiy belgilarini
ko'rsatish mumkin:
1. Davlat o'z davlat chegaralari darajasida fuqarolik belgisi bo'yicha birlashgan
butun jamiyatning butun aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi:
2. Davlat suveren hokimyatning yagona sohibidir.
45
3. Davlat yuridik kuchga ega bo'lgan va huquq normalarini aks etirgan qonunlar va
ularga asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi:
4. Davlat o'z vazifalari va funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo'lgan davlat
organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat murakkab mexanizmdir.
5. Davlat qonuniylik va huquq- tartibot posboni bo'lishga maxsus da'vat etilgan
huquqni muxofaza qilish (jazolash,) organlariga ega bo'lgan yagona tashkilot:
6. Faqat davlatgina o'z mudofasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va xpvfsizligini
ta'minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |