TAFTISH KOMISSIYASI - jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish uchun
jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan saylanadigan organ.
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari qonun hujjatlari va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT - O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar
bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |