TADBIRKORLIK FAOLIYATI (TADBIRKORLIK) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy
javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
TAKRORIY OVOZ BERISH – saylovda nomzodlar yetarli ovoz to’play olmaganda takroriy
ovoz berish o’tkaziladi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa
nomzodga nisbatan ko’proq olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi. Takroriy ovoz
berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |