TAKRORIY SAYLOV – “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi
Qonunning 46-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatining takroriy saylovi quyidagi hollarda o’tkaziladi: a) agar saylov okrugida
saylov o’tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo’lsa; b) agar takroriy ovoz berish Qonunchilik
palatasiga deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermagan bo’lsa; v) agar saylov okrugi
bo’yicha deputatlikka ko’pi bilan ikki nomzod ovozga qo’yilgan va ulardan birontasi ham
saylanmagan bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |