Konstitutsiyaviy sud to'xtamlari Davlatlararo shartnomaning va normativ
hujjatning konstitutsiyaviyligi yuzasidan ko'rib chiqilgan ishning mohiyati bo'yicha
Konstitutsiyaviy sudning to'xtami qaror deb ataladi. Qarorlar Konstitutsiyaviy sud
tomonidan O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi. Boshqa hollarda
Konstitutsiyaviy sudning to'xtami xulosa deb ataladi yoki boshqacha shaklda ham
bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlari, xulosalari va
boshqa to'xtamlari ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi. Konstitutsiyaviy
sudning to'xtami u matbuotda e'lon qilingan paytidan kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning to'xtami qat'iy va uning ustidan shikoyatga o'rin
bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |