hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan hakamlik
sudyalari ro'yxatiga kiritilgan sudyalar orasidan saylanadi (tayinlanadi). Agar
hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa tarafining hakamlik sudyasini
246
(hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosini olgan paytdan e'tiboran o'n besh
kun ichida hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylamasa yoki hakamlik
bitimining taraflari hakamlik sudyasini tanlash to'g’risida kelisha olmasalar (nizo
hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqilayotganda) yoxud agar
hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini tayinlash to'g’risida o'zlari
saylangan paytdan e'tiboran o'n besh kun ichida kelisha olmasalar, ularni tayinlash
doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudining raisi tomonidan hakamlik bitimi
taraflaridan birining iltimosiga binoan o'n kun muddatda amalga oshiriladi.
Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik sudyalari hakamlik bitimi taraflari
tomonidan saylanadi. Agar hakamlik bitimi tarafi hakamlik bitimi boshqa tarafining
hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini) saylash haqidagi iltimosini olgan
paytdan e'tiboran o'n besh kun ichida hakamlik sudyasini (hakamlik sudyalarini)
saylamasa yoki hakamlik bitimining taraflari hakamlik sudyasini tanlash to'g’risida
kelisha olmasalar (nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib
chiqilayotganda) yoxud agar hakamlik sudyalari raislik qiluvchi hakamlik sudyasini
tayinlash to'g’risida o'zlari saylangan paytdan e'tiboran o'n besh kun ichida kelisha
olmasalar, nizo hal qilish uchun vakolatli sudga topshiriladi. Bunda hakamlik
bitimining amal qilishi tugatiladi.
Hakamlik sudyalarining soni toq bo'lishi kerak.
Hakamlik bitimi taraflari ushbu moddaning qoidalariga rioya etgan holda
hakamlik sudyalarining sonini o'z xohishlariga ko'ra belgilashlari, hakamlik sudi
tarkibini shakllantirish tartibini kelishib olishlari mumkin. Agar hakamlik bitimi
taraflari hakamlik sudyalarining sonini belgilamasa, hakamlik sudining tarkibi uch
nafar hakamlik sudyasidan shakllantiriladi.
Hakamlik muhokamasi hakamlik sudining hay'at tarkibi tomonidan
o'tkazilayotganda hakamlik bitimining har bir tarafi hakamlik sudyalarini teng
miqdorda saylaydi va shunday tarzda saylangan hakamlik sudyalari boshqa
hakamlik sudyasini - raislik qiluvchini tayinlaydi.
Da'vogar o'z talablarini hakamlik sudiga yozma shaklda beriladigan da'vo
arizasida bayon etadi. Da'vo arizasining nusxasi javobgarga yuboriladi.
247
Hakamlik sudi nizo holatlari tekshirilganidan so'ng hakamlik sudi tarkibiga
kiruvchi hakamlik sudyalarining ko'pchilik ovozi bilan hal qiluv qarori qabul
qiladi.
Hal qiluv qarori hakamlik sudining majlisida e'lon qilinadi. Hakamlik sudi hal
qiluv qarorining faqat xulosa qismini e'lon qilishga haqli. Bunday holda
asoslantirilgan hal qiluv qarori hal qiluv qarorining xulosa qismi e'lon qilingan
kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay hakamlik muhokamasi taraflariga
yuborilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan
e'tiboran kuchga kiradi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yozma shaklda bayon
etiladi va hakamlik sudi tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalari tomonidan, shu
jumladan alohida fikrga ega bo'lgan hakamlik sudyasi tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudyasining alohida fikri hakamlik sudi hal qiluv qaroriga ilova qilinadi.
Hal qiluv qarori qabul qilinganidan so'ng o'n kun ichida hakamlik
muhokamasining har bir tarafiga hal qiluv qarori topshirilishi yoki yuborilishi
kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal qiluv qarorida belgilangan
tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv
qarorida ijro etish muddati belgilanmagan bo'lsa, u darhol ijro etilishi kerak.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv qarorida
belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo'lsa, u majburiy ijro etilishi kerak.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish "Sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g’risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga
muvofiq, vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: