Hakamlik bitimining shakli Hakamlik bitimi yozma shaklda tuziladi. Hakamlik
bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo'lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim
tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. Hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi
taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan bo'lsa yoki bunday bitimni
qayd etishni ta'minlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan
holda xatlar yoki xabarlar almashish yo'li bilan tuzilgan bo'lsa, yozma shaklda
tuzilgan hisoblanadi. Yuqoridagi qoidalarning birinchi va ikkinchi qismlarida
nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas
deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |