O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudining sudlov hay'atlari:
ishlarni birinchi instansiyada va kassatsiya tartibida ko'radi;
sud amaliyotini o'rganadi va umumlashtiradi;
qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sud statistikasini tahlil qiladi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi xo'jalik sudi, viloyatlar va Toshkent
shahar xo'jalik sudlari tarkibi: Qoraqalpog’iston Respublikasi xo'jalik sudi,
viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlari rais, rais o'rinbosarlari va sudyalardan
iborat bo'ladilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi xo'jalik sudida, viloyatlar va
Toshkent shahar xo'jalik sudlarida zarur hollarda sudlov hay'atlari tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |