Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti umumiy huquqshunoslik


 Mahaliy davlat hokimyat organlarining konstitutsiyaviy vazifalari



Download 5,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/599
Sana21.07.2021
Hajmi5,35 Mb.
#125437
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   599
Bog'liq
Huquqshunoslik

2. Mahaliy davlat hokimyat organlarining konstitutsiyaviy vazifalari 

     


Konstitutsiyaning  100-  moddasiga  ko'ra,  mahalliy  hokimyat  organlari 

vazifalariga qo'yidagilar kiradi. 

- Qonuniylikni, huquqiy tartibga va fuqarolarning xavsizligini ta'minlash. 

- Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish. 

- Mahalliy budjetni shakillantirish va uni ijro etish, mahaliy soliqlar,   

   yig’imlarini  belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni  hosil qilish. 

- Mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish. 

-Atrof muhitni muxofaza qilish. 

-Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash. 

-Normativ 

hujjatlarni 

qabul 


qilish 

hamda 


O'zbekiston 

Respublikasi 

konstitutsiyasiga  va  qonunlariga  zid  kelmaydigan  boshqa  vakolatlarni    amalga 

oshirish. 

   

„Mahalliy  davlat  hokimyati  to'g’risida”gi  qonuning  7-moddasiga  asosan, 



mahalliy  kengashlar  va  hokimlar  O'zbekiston  Respublikasi  mulki  bo'lgan  davlat 

mulki  obektlariga  nisbatan  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  obektlarni  samarali 

joylashtirish,  tabiiy  va  mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanishi,  atrof  –muhitni 

muxofaza  qilish,  aholini  ijtimoiy    himoya  qilish    kabi  sohalarda  nazoratni  amalga 

oshiradilar. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat tuman shahar kengashi davlat 

mulkini  chegaralash  natijasida  o'ziga  berilgan  yoki  qonunga  muvofiq  o'zi  sotib 

olgan obektlarga nisbatan mulkdor va kofolatlarni to'liq amalga oshiradi. 

    


Mahalliy  hokimyat  organlarining  yer  mulklari  sohasidagi  vakolatlari 

qonuning  10-moddasida  mustahkamlangan.  Jumladan,  viloyat,  shahar  hokimligi, 

korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  dexqon  xo'jaliklari  va  fuqarolarga  egalik 

qilish, foydalanish uchun ijaraga yer berishga, bu subektlarning  yerga egalik  qilish 

va  yerdan  foydalanish  huquqini  to'xtatib  qo'yishga,  shuningdek,  yerlarni    olib 

qo'yishga  haqli  bo'lib,  uning  bu  xususda  qabul  qilgan    qarorlari    tegishli    xalq 




 

226


deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

    


Qonuning  25-moddasida  ko'rsatilishicha,  hokimlarning    asosiy  vazifasi 

konstitutsiya,  qonunlari,  Oliy  Majlisning  boshqa  xujjatlari,  Prezident  va  Vazirlar 

mahkamasining  hujjatlari,  yuqori  turuvchi  organlar    va  tegishli  xalq  deputatlari 

kengashlarining ijrosini tashkil etishdir. 

    

Mahalliy  hokimyat  organlari  o'z  vakolatlari    doirasida  normativ  hujjatlar 



qabul qiladilar. Ular qaror va farmoishlar  shaklida bo'lishi mumkin. 

     


Mahalliy  hokimyat  organlari  tashkiliy  faolyatining  shakillari.Mahalliy 

vakillik  organlari  kollegial  organdir.  Ular  o'z  vakolatlarini  amalga  oshirishlari  

uchun  deputatlarning  to'la  ishtiroki  talab  etiladi.  Shuning  uchun  mahalliy  kengash 

ishining  asosiy  tashkiliy-  huquqiy  shakli  sessiyadir.  Sessiyada  asosan  kengash 

vakolatiga  kiradigan  masalalar  muhokama  qilinadi,  hisobotlar  eshitiladi  va 

bajarilishi  shart  bo'lgan  qarorlar  qabul  qilinadi.  Halq  deputatlari    viloyat,  tuman, 

shahar kengashlarining sessiyalari  tegishli darajadagi   hokim ,hokim yo'qligida esa 

uning  o'rinbosarlaridan  biri  tomonidan  zaruratga  qarab  yiliga  kamida  2  marta 

chaqiriladi. Shuningdek, sessiya tegishli kengash  deputatlari kamida 2/3 qismining 

tashabbusi    bilan  ham  chaqirilishi  mumkin.  Deputatlar  kengash  sessiyasini  

chaqirishi to'g’risidagi qarorlar haqida  sessiya ochilishidan kamida  yetti kun oldin 

xabardor qilinadilar. 

    

Xalq  deputatlari    kengashining  sessiyasi  jami  deputatlarning  kamida  2/3 



qismi  ishtirok  etsagina  vakolatli  hisoblanadi.Kengash  qarorlari  deputatlar  umumiy 

sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash qarorlari  hokim tomonidan  

imzolanadi  va o'sha vaqtdan boshlab kuchga kiradi. 

    


Har  bir  xalq  deputatlari  kengashlari    o'zining    vakolat  muddatiga  

deputatlarning  orasidan  doimiy  komissiyalar  tuzadi.  Bunday  doimiy  komissiyalar 

mahalliy  kengashlar  faoliyatining  tashkiliy    shakillaridan  biridir.  Bu  doimiy 

komissiyalar  deputatlarni  kengash  ishiga  doimiy  va  faol  jalb  qilish  vositasidir. 

Ularning  soni  tegishli  kengashlar  tomonidan  belgilanib,  uning  sohalaridan  kelib 

chiqadi.  Doimiy  komissiyalarning  vazifasi-sessiya    muxokamasiga    kiritiladigan 

masalalarni  dastlabki  tarzda  qarab  chiqish  va  tayyorlash,  Kengash  qarorlarini  va 

qonun  hujjatlarini    ro'yobga  chiqarish    uchun  ko'maklashish,  vakolatlari  doirasida 




 

227


nazorat o'rnatish. 

    


Viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimining  1-chi  o'rinbosari  va  o'rinbosarlari 

Prezident  bilan  kelishilgan  holda  hokim  tomonidan  lavozimga  tayinlanadi    va 

lavozimidan ozod etiladi . Bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari 

Kengashining tasdig’iga kiritiladi. 

                  


Download 5,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish