Vazirlar Mahkamasining devoni
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik ko'rish,
tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash,
Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish
uchun Vazirlar Mahkamasining devoni faoliyat ko'rsatadi. Vazirlar Mahkamasining
devoni va uning tarkibiy bo'linmalari to'g’risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy
bo'linmalari rahbarlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda
Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi.
1993-yil 6-mayda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi to'g’risida»gi qonunni 2003 yilda yangi tahrirda yana bir bor qabul
qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |