Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib borayotgan
usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi,
mulkning daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy
resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo`llanilishda namoyon
bo`ladi.
Ekologiya huquqi – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni
tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng
qo`llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo`llanilishi va mazmunini ochib
berishga xizmat qiladi.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o`rganishni oson bo`lishi uchun
o`ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya
huquqi o`z tizimiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |