4. Ekologiya huquqining tamoyillari, usullari va tizimi
Har bir fan sohasi, shu jumladan ekologiya huquqi fani ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish jarayonida o`z yo`nalishlari, ya'ni tamoyillarga ega
bo`lib, o`z navbatida har bir fan sohasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi.
Ekologiya huquqining tamoyillari - tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro
munosabatlar yo`nalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy
mexanizmining
barqarorligini
kafolatlashda
va
qonunchilik
qoida-
talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda
muhim ahamiyatga egadir.
Bizga ma'lumki, ekologiya huquqi tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi o`zaro
munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Shu jumladan, tabiatning inkor etib
bo`lmaydigan qonuniyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari tartibga soluvchi jamiyat-
davlat qonunlari mavjud - ekologiya huquqi tamoyillarining asosiy vazifasi shundan
iboratki, tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligini tan olgan holda jamiyat a'zolarining
tabiatga bo`lgan hatti-harakatlarini ilmiy asoslangan holda yo`naltirishdan
iboratdir.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar juda xilma-xil va
murakkab bo`lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi
tizimga bo`lishimiz mumkin.
1. Davlat va huquqning umumiy tamoyillari;
132
2. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillar;
3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar.
Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni
tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillaridan foydalanadi:
- Qonuniylik; Ijtimoiy adolat; Oshkoralik; Ishontirish va majburlov choralarining
hamkorligi;
- Shaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Atrof tabiiy muhit barqarorligini ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishning
asosiy tamoyillari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- Biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligi hozirgi va kelguchi avlodning
genetik fondini saqlash;
- Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda tabiat qonuniyatlari ustuvorligini tan
olish;
- Fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo`lish huquqini ta'minlash;
- Jamiyatning
ekologik,
siyosiy,
iqtisodiy
va
ijtimoiy
manfaatlarini
uyg`unlashtirish;
- Tabiatni
muhofaza
qilish
sohasida
milliy,
mintaqaviy
va
xalqaro
uyg`unlashtirish;
- Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining tabiiy resurslardan foydalanish
tadbirlaridan ustuvorligini tan olish;
- Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini rag`batlantirish;
- Tabiiy resurslar holatini tiklash majburiyligi;
- Ekologiya ekspertizasini o`tkazishning majburiyligi;
- Ekologik qonunchilik qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikning qo`llanilishi
va boshqalar.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar
quyidagi tamoyillar doirasida tartibga solinadi:
- Tabiiy resurslardan faqat ilmiy asoslangan holda oqilona foydalanishning
zarurligi;
- Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish faoliyatini
rag`batlantirish;
133
- Yer, yer osti boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosidan maxsus foydlanganlik
uchun haq to`lash va umumiy asosda foydalanganlik uchun haq to`lamaslik;
- Yerlardan belgilangan toifalar doirasida maqsadli foydalanish;
- Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarning ustivorligi;
- Tabiiy resurslar kadastrini yuritish majburiyligi va boshqalar.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi
ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit
barqarorligini ta'minlash, aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Ekologiya huquqi o`z predmeti, yo`nalishlari, maqsad va vazifalariga ega
bo`lgani kabi o`z usullariga ham ega, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi
ijtimoiy munosabatlar holatiga ta'sir etish orqali katta ahamiyat kacb etadi.
Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnashayotgan jismoniy va yuridik
shaxslar xatti-harakatlarini to`g`ri yo`nalshtirish uchun turli usullar qo`llanilib,
ularning ko`lami ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |