CHET EL INVESTISIYALARI – chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat
obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida
chet el investisiyalaridan olingan har qanday daromadga aytiladi.
EKOLOGIK NAZORAT –tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat
qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar
tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni
qo’llash bilan bog’lik siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar
yig’indisini o’z ichiga oladi.
459
Fan bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |