UMUMIY SAYLOV HUQUQI – saylov o’tkazishning asosiy prinsiplaridan biri bo’lib, ushbu
prinsip ma’lum yoshga yetgan, to’la muomala layoqatiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi
barcha fuqarolarining saylovda (saylash va saylanishda) ishtirok etish huquqiga ega ekanligini
anglatadi.
UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYASI – tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga
binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladigan saylov uchastkasida saylovlarga
tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga mas’ul bo’lgan, davlat hokimiyati vakolatiga ega maxsus
kollegial organ.
Do'stlaringiz bilan baham: |