TENG SAYLOV HUQUQI – saylov o’tkazishning asosiy prinsiplaridan biri sifatida saylovlarda
ishtirok etuvchi saylovchilar huquqlarining tenglik tamoyili asosida himoyalanishi, ya’ni har bir
saylovchi bir ovozga ega ekanligi, barchaga saylov talablari bir xilda joriy etilishi, hamma uchun
bir xil tashkiliy-huquqiy sharoit yaratilishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, ushbu prinsip
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga
munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyei, ma’lumoti,
mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega ekanliklarini ham
anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |