NORMATIV SHARTNOMALAR – ikki va undan ortiq mustaqil huquq subyektlari o’rtasida
tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o’rnatadigan, o’zgartiradigan yoki bekor qiladigan
bitimlar.
NORMATIV-HUQUQIY HUJJAT – davlat vakolatli organlarining belgilangan tartibda qabul
qilgan huquqiy hujjati bo’lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy
xarakterdagi qoidalarni o’rnatuvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi huquq ijodkorligi aktlari
tushuniladi.
OVOZ BERISH – saylov jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo’lib, aktiv saylov huquqiga
ega bo’lgan fuqaroning saylovda deputatlikka yoki saylab qo’yiladigan boshqa lavozimga
nomzodga o’z ovozini berishga qaratilgan xatti-harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |