PARLAMENT SO’ROVI – parlamentar davlatlarda hukumat faoliyati ustidan parlament
nazoratining shakllaridan biri. Parlament savollarini deputatlar og’zaki va yozma berishlari
mumkin. Parlament reglamenti Parlament savollari berilishi mumkin bo’lgan qoidalarni, ularni
kiritish tartibini, shuningdek, hukumat yoki alohida vazir javobni taqdim etishi lozim bo’lgan
muddatni belgilaydi. Umumiy qoidaga ko’ra, Parlament savoliga javob Parlament savoli qanday
shaklda (og’zaki yoki yozma) berilgan bo’lsa, shunday shaklda qaytariladi. Parlament so’roviga
javobni davlat hokimiyati boshqaruv organlaring mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi
majlislarida beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |