1. O'zbekistonda Prezidentlik Respublikasi boshqaruvining joriy etilishi.
Prezidentlik hokimyati instituti faqat hokimyatning bo'linishi prinsipiga
asoslangan mamlakatlarga xos holatdir.Demokratiyani, jamiyatni rivojlantirishning
tezlashuvi davlatchilik tizimining asta-sekin yangilanishi, prezidentlik lavozimining
demokratik
tabiatini
belgilovchi
kafolatlarning
SSSR
konstitutsiyasida
mustahkamlanishi 1990 yilda Sovet itifoqida Prezidentlik lavozimining ta'sis
etilishiga olib keldi.O'zbekiston Respublikasi ittifoqdosh respublikalar ichida 1-chi
bo'lib Prezidentlik boshqaruviga o'tdi va Respublikada prezidentlik lavozimi ta'sis
etildi.
Prezidentlik Respublika shaklidagi davlatlarda respublika Prezidenti davlat
va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi.
Respublika Oliy Kengashi qonunida takidlanishicha ,,mazkur konstitutsiyaviy
institutlarining joriy etilishidan ko'zlangan maqsad mamlakatimizdagi demokratik
jarayonlarni yanada rivojlantirish, siyosiy islohatlarni chuqurlashtirish,
konstitutsiyaviy tuzimni mustahkamlash, O'zbekiston jamiyat va boshqaruv
organlarining o'zaro aloqasini takomillashtirishdan iboratdir.
„O'zbekiston SSSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish hamda O'zbekiston
SSSR Konstitutsiyasi (asosiy qonun) o'zgartirishi va qo'shimchalar kiritish
to'g’risida”gi qonun Sovet O'zbekistoni 1990 4-aprel'.
Demak, prezidentlik lavozimi O'zbekistonda nisbatan yangi lavozimdir. U
ijroiya hokimyatini mustahkamlash maqsadida vujudga keltirilgan.
213
O'zbekiston Respublikasida Prezidentlik lavozimi 1990 y 24 martda
Respublika Oliy Kengashining 12-chaqiriq birinchi sessiyasida ta'sis etildi va shu
munosabat bilan O'zbekistoning 1978 yilgi konstitutsiyasiga Respublika Prezidenti
haqidagi maxsus yangi 12-bob kiritildi. Respublika Konstitutsiyasiga kiritilgan 118-
modda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig’i deb e'lon qilindi. Shu
bobning keyingi moddalarida Respublika Prezidentiga qo'yiladigan talablar, uni
saylash tartibi ko'rsatilgan edi.
O'zbekiston Respublikasining 1-chi Prezidenti Oliy Kengashning shu
sessiyasida halq deputatlari tomonidan yashirin ovoz berish yo'li bilan saylandi.
Shundan keyin ijro etuvchi va boshqaruv hokimyatning tuzilishi takomillashtiriladi
.Respublika Ministirlar Soveti Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
1991
yilning
29
dekabirdagi
referendumda
O'zbekiston
halqi
mamlaktimizning mustaqil rivoji uchun ovoz berdi va tariximizda ilk marotaba
bevosita umumiy teng va yashirin ovoz berish yo'li bilan Respublika Prezidentini
saylaydi. 1991 yilda O'zbekistonda bo'lib o'tgan respublika Prezidentligiga saylov
„O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g’risida”gi 1991 yil 18 noyabr'
qonuniga asosan amalga oshirilgan. 1991 yil 29 dekabrda O'zbekiston Respublikasi
Prezidentini saylashda 10mln 515 ming 66 saylovchidan, 9 mln 915ming 181 kishi
yoki saylovchilarning 94,3 foizi saylov bulleteni oldilar saylovda 9mln 900 ming 58
kishi yoki saylovchilarning 94,2 foizi ovoz berdilar. Respublika Prezidentligiga
nomzod I.A.Karimov uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki jami
saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi. Boshqa nomzod uchun 1mln 220 ming 474
saylovchi yoki jami saylovchilarning 12,3 foiz ovoz berdi. Uchastka saylov
komissiyalari tomonidan 129 ming 823 bulleten yoki jami byulletinlarning 1,3 foiz
haqiqiy emas deb topildi. (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakuni
O'zbekiston Respublikasida mustaqil davlatning paydo bo'lishi - T:1992-50 b).
1995 yilning 26 martida o'tkazilgan referendum Prezident vakolatini 1997 yildan
2000 yilgacha uzaytirdi.
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
19-bobi
O'zbekiston
Respubllikasi Prezidentining huquqiy maqomiga, 93-moddasi Prezidentning
214
vakolatlariga
bag’ishlangan.
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Konstitutsiyada ko'rsatilgan vakolatlarini maqsadi, mazmuniga ko'ra, shartli
ravishda bir necha guruhga bo'linishi mumkin (1) qonunchilik va qonuniylik
sohasidagi vakolatlar (2)Davlt organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar: (3)
Fuqarolarning huquq erkinliklari, burchlari va qonuniy manfaatlari sohasidagi
vakolatlar. (4) halqaro munosabatlar sohasidagi vakolatlar.
(1)Qonunchilik va qonuniylik sohasidagi vakolatlari: Respublika Prezidenti
Davlat rahbari sifatida qonunchilik jarayonining bevosita ishtirokchisidir.
Konstitutsiyaning 83-moddasiga binoan, O'zbekston Respublikasi Prezidenti
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. U Oliy Majlis qonunchilik palatasiga qonun
loyihalarini yoki biror masala bo'yicha qonun ishlab chiqishni taklif etishi mumkin.
Konstitutsiya 93-moddasining 17-bandiga asosan, respublika Prezidenti Oliy
Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi. Bu holat esa Oliy Majlis
qabul qilgan qonun faqat respublika Prezidenti imzosidan keyingina kuchga
kirishini bildiradi. Qonunga e'tirozi bo'lganda ,Prezident o'z e'tirozlarini ilova qilib,
uni takroran muhokama qilish va ovozga qo'yishi uchun Oliy Majlisga qaytarishga,
tasdiqlashni kechiktirishga haqli.
Qonunni qabul qilish tartibi.
A. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan
kundan e'tiboran 10-kundan kechiktirmay Senatga yuboriladi. Senat qonunni
ma'qullash yoki uni rad etishi to'g’risida qaror qabul qiladi. Senat tomonidan rad
etilgan qonun qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar qonunchilik palatasi
deputatlar umumiy sonining 2/3 qismidan iborat ko'pchilik ovozi bilan qonunni
yana ma'qullasa, qonun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan hisoblanadi hamda qonunchilik palatasi tomonidan O'zbekiston
Respublikasi Prezidentiga imzolash va e'lon qilish uchun yuboriladi.
B. Senat tomonidan ma'qulangan qonun imzolanishi va e'lon qilinishi uchun
O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga 10 kun ichida yuboriladi. O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun 30 kun ichida imzolanadi va e'lon
qilinadi.
O'zbekiston Respubliksi Prezidenti Qonunni o'z e'tirozlari bilan O'zbekiston
215
Respubliksi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va qonunchilik
palatasi tomonidan ma'qullash uchun Senatga qaytadann kiritilgan qonunni Senat
ko'rib chiqib, uni ma'qullash yoki rad yetishi to'g’risida qaror qabul qiladi. Agar
qonun avvalgi qabul qilingan tahrirda Senat a'zolari umumiy sonining kamida 2/3
qismidan iboratko'pchilik ovozi Bilan ma'qullansa,O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan 14kun ichida imzolanishi va e'lon qilinishi kerak.
Prezident qonuniylikning ta'minlashning kafilidir. Uning bu sohadagi
faoliyati qonuniylikni ta'minlashda ishtirok etuvchi organlarni tuzishda, Ularning
faoliyatini nazorat qilib turishda o'z ifodasini topadi.
(2)Davlat organlarini tuzishdagi vakolatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |