2. Mahaliy davlat hokimyat organlarining konstitutsiyaviy vazifalari
Konstitutsiyaning 100- moddasiga ko'ra, mahalliy hokimyat organlari
vazifalariga qo'yidagilar kiradi.
- Qonuniylikni, huquqiy tartibga va fuqarolarning xavsizligini ta'minlash.
- Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish.
- Mahalliy budjetni shakillantirish va uni ijro etish, mahaliy soliqlar,
yig’imlarini belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish.
- Mahalliy kommunal xo'jalikka rahbarlik qilish.
-Atrof muhitni muxofaza qilish.
-Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash.
-Normativ
hujjatlarni
qabul
qilish
hamda
O'zbekiston
Respublikasi
konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga
oshirish.
„Mahalliy davlat hokimyati to'g’risida”gi qonuning 7-moddasiga asosan,
mahalliy kengashlar va hokimlar O'zbekiston Respublikasi mulki bo'lgan davlat
mulki obektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obektlarni samarali
joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishi, atrof –muhitni
muxofaza qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish kabi sohalarda nazoratni amalga
oshiradilar. Bundan tashqari, xalq deputatlari viloyat tuman shahar kengashi davlat
mulkini chegaralash natijasida o'ziga berilgan yoki qonunga muvofiq o'zi sotib
olgan obektlarga nisbatan mulkdor va kofolatlarni to'liq amalga oshiradi.
Mahalliy hokimyat organlarining yer mulklari sohasidagi vakolatlari
qonuning 10-moddasida mustahkamlangan. Jumladan, viloyat, shahar hokimligi,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dexqon xo'jaliklari va fuqarolarga egalik
qilish, foydalanish uchun ijaraga yer berishga, bu subektlarning yerga egalik qilish
va yerdan foydalanish huquqini to'xtatib qo'yishga, shuningdek, yerlarni olib
qo'yishga haqli bo'lib, uning bu xususda qabul qilgan qarorlari tegishli xalq
226
deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonuning 25-moddasida ko'rsatilishicha, hokimlarning asosiy vazifasi
konstitutsiya, qonunlari, Oliy Majlisning boshqa xujjatlari, Prezident va Vazirlar
mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari
kengashlarining ijrosini tashkil etishdir.
Mahalliy hokimyat organlari o'z vakolatlari doirasida normativ hujjatlar
qabul qiladilar. Ular qaror va farmoishlar shaklida bo'lishi mumkin.
Mahalliy hokimyat organlari tashkiliy faolyatining shakillari.Mahalliy
vakillik organlari kollegial organdir. Ular o'z vakolatlarini amalga oshirishlari
uchun deputatlarning to'la ishtiroki talab etiladi. Shuning uchun mahalliy kengash
ishining asosiy tashkiliy- huquqiy shakli sessiyadir. Sessiyada asosan kengash
vakolatiga kiradigan masalalar muhokama qilinadi, hisobotlar eshitiladi va
bajarilishi shart bo'lgan qarorlar qabul qilinadi. Halq deputatlari viloyat, tuman,
shahar kengashlarining sessiyalari tegishli darajadagi hokim ,hokim yo'qligida esa
uning o'rinbosarlaridan biri tomonidan zaruratga qarab yiliga kamida 2 marta
chaqiriladi. Shuningdek, sessiya tegishli kengash deputatlari kamida 2/3 qismining
tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin. Deputatlar kengash sessiyasini
chaqirishi to'g’risidagi qarorlar haqida sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin
xabardor qilinadilar.
Xalq deputatlari kengashining sessiyasi jami deputatlarning kamida 2/3
qismi ishtirok etsagina vakolatli hisoblanadi.Kengash qarorlari deputatlar umumiy
sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash qarorlari hokim tomonidan
imzolanadi va o'sha vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Har bir xalq deputatlari kengashlari o'zining vakolat muddatiga
deputatlarning orasidan doimiy komissiyalar tuzadi. Bunday doimiy komissiyalar
mahalliy kengashlar faoliyatining tashkiliy shakillaridan biridir. Bu doimiy
komissiyalar deputatlarni kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir.
Ularning soni tegishli kengashlar tomonidan belgilanib, uning sohalaridan kelib
chiqadi. Doimiy komissiyalarning vazifasi-sessiya muxokamasiga kiritiladigan
masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash, Kengash qarorlarini va
qonun hujjatlarini ro'yobga chiqarish uchun ko'maklashish, vakolatlari doirasida
227
nazorat o'rnatish.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining 1-chi o'rinbosari va o'rinbosarlari
Prezident bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimidan ozod etiladi . Bu xususda qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari
Kengashining tasdig’iga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |