2.10. Buger – Ber - Lambert qonunidan chetlanishning sabablari.
Bu qonun monoxromatik nurlar uchun chiqarilgan. Agar, optik zichlikni
o’lchashda yorug’likning yetarli darajada keng qismini o’tkazuvchi yorug’lik
filtrlaridan foydalanilsa, eritmaning optik zichligi bilan konsentrasiyasi orasidagi
to’g’ri proporsionallikdan chetlanish kuzatiladi. Bundan tashqari, Buger – Ber -
Lambert qonuni faqat shu holda to’g’riki, qachonki, eritmada moddaning
konsentrasiyasi o’zgargani bilan unda hyech qanday kimyoviy o’zgarish bo’lmasa,
ya’ni moddaning yuqori konsentrasiyalarida erigan molekulalar o’rtasida
assosiasiya hosil bo’lmasa, shuningdek modda ionlarga dissosiyalanib ketmasa.
Shunday qilib, bu qonundan chetlanishning sabablari fizikaviy va kimyoviy
bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |