Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsiolingvistika



Download 0,6 Mb.
bet32/38
Sana30.11.2022
Hajmi0,6 Mb.
#875429
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsioling

«Mushtipar»
-Mumkinmi? Gud moning! Salom!
Ruxsatingiz bilan o`zimni tanishtirsam. Jonetta Kabulovna Xaltaeva… Men, k sojileniyu, sizning sochineniyalaringizni o`qigan emasman. Xotya eshitganman. Mamashkalar to`g`risida yozarkansiz…
Mening ham to`rtta bolam bor… Nima? “Unaqaga o`xshamaydi-ku”, deysizmi? Raxmat, kompliment uchun! Hamma shunaqa deydi. Men mamamga o`xshayman. Mamam oltmish yoshidayam oppitetniy edi. Kak kukolka!
Kechirasiz, olovingiz bormi?... Yo`q-yo`q, men “More” chekaman… Senkyu! Zajigalkangizga gap yo`q!
Itak, to`rtta bolam bor. Maratik-Nukusda. Internatda. Yoshi…Minutochku… Yoshi po moemu… o`n to`rtda. Shu yil o`nt o`rtga kiradi. Papasida o`xshagan krasafchik, Maratik Smugliyligi, ko`zlarining razrezi. Birinchi vstrechamiz praktikaga borganimda bo`lgan. Zam ministr edi papasi. Shunaqa abayatelniy, Intelligentniy!... Ikki yilcha turdik… Stilivizovanniy ajrashdik. To`g`risini aytdi. “Jannochka, jonim, dedi, bu yog`I prokol bo`ladiganga o`xshaydi, xotinim jaloba yozibdi, dvoejonstva uchun ishday xaydashlari mumkin”, dedi. Bilasiz, u paytda bunaqa masalalar strogiy edi. “Maratik uchun volnovatsiya qilma, o`zim opekamga olaman, sen toshkentga ketaver, regulyarno borib turaman”, dedi. “O-key” dedim…
…Nigorochka- Samarqandda. Tois, Nigorochka emas, Nargizochka! Nigorochka-Qo`qonda…
Gde-to ikki yil oldin Samarqandga bordim. Nargizochkaning detdomiga kirdim. Detdommiga kirdim. Detdom tak sebe, ammo direktori nishtyak ekan. Dilda! Bo`y pachti ikki metr! “Bratan, dedim, Nargizochkadan xabar olishim qiyin, ishim ko`p”, dedim. “Xotirjam bo`ling, Nargizochkaga o`zim otalik qilaman”, dedi. Uch kun mehmon bo`ldim. Krutoy erkak ekan! Molodes!
Nargizochkaning papasiyam krutoy edi. Mejrayonniy neftebazada director bo`lib ishlardi. Yoshi ellikdan oshgan bo`lsayam kak ogurchik edi! Samarqandning paxani edi. Xotinidan qo`rqmasdan shikkarniy to`y qildi. Restoranda! Yomon yashamadik. Qamalib ketgani chatoq bo`ldi… O`sha yoqdan “ksiva” yuboribdi. Kak budto hammasiga men vinovata emishman. E, to`kil, dedim! Benzinga diztopolivo qo`shishni senga men o`rgatdimmi, dedim.
Ammo Nigorochkadan anchadan beri xabar ololganim yo`q. Qo`qonga yo`lim tushmayapdi. Otasi predprinimatel edi. Takoy paslushniy… “Jaxon bozori”da oltita “tochkasi” bor edi. Qarasam, menga notatsiya o`qiydigan odat chiqardilar. Har kuni ming`irlaydi: Jannatxon, nomaxramlar bilan gaplashmang, xuftondan keyin ko`chaga chiqmang … Tomi ketgan fanatic! E sirpan, dedim! Obbergan bir xonali kvartiranga kak durochka ikkinchi xotin bo`lib o`tirishim kerakmi!
…Kechirasiz, yana olovingizdan… Senkyu! Mejdu prochem, zajigalkangizga gap yo`q!.. Ko`p chekasizmi? Shavkatikning papasi ham ko`p chekardi… Mana buni nastoyashshiy mujik desa bo`ladi! Qomat bespodobniy! Biznesni sindirib qo`yadi! Hamma ishi “doda”! To`rtta xotinni vot tak obespechit qip qo`ygan! Razumeetsya, zagsimiz yo`q edi. O`sha yoqdagi bratanlardan surishtirsam, bizlar ne v kurse delo, deydi…
Shavkatik - o`zimda. Ikki yoshga chiqdi. Shustriy. Xodyachiy bomba! Mejdu nami, Bir gap aytaymi? Uyga notanish “dyadya”lar kelsa, halitdan meni revnovat qiladi, parazit! Kstati, fazendamga bormoqchi bo`lsangiz, zaranee “zvyaknut” qip qo`ying. “Xodyachiy bomba”ni babushkasinikiga yuboraman, o-key?
Vobshem mayli. Bliji k delu! Menga sizning paddejkangiz kerak. Hokimiyatga zayavlenie bergan edim. “Men mat-odinochaman. Shahar markazidan kvartira berishingizni so`rayman” deb. Borsam, bir patsan o`tiribdi. O`n kundan keyin keling, dedi. Bugun borsam, nima deydi, deng? “To`rt xonali uyingiz bor ekan-ku”, deydi! Men uni sening pulingga olgan edimmi? Xudoga shukur, boshimda erlarim, toist erim bor… Toist bor edi. Bu uyni o`zimning pulimga sotib olganman! O`n besh ming “baks”ga! Tag`in nima deydi, deng! “Opajon, monetniy dvordan chiqib keldingizmi, hamma yog`ingiz brilliantku”, deydi! Menga kompliment qilyapdi, soplyak! Brilliantni sen sovg`a qip qo`yipsanmi! Erlarim obergan! Ayol boshim bilan biznes qilyapman. “Chelnok”gta boryapman. Pekinga. Stambulga. Dubayga… Osonmi? Har qadamda “ment!” “Dolya”sini bermay ko`r-chi!
Kstati… Dubayda bo`lganmisiz? Obyazateno boring! Texnika-pochti darom! Tilla-navalom! Arablar temperamentniy bo`… Nu mayli, Bunisi nevajno…
Koroche, hokimiyatdagi o`sha patsan “Sizga uy yo`q, qayoqqa borsangiz katta ko`cha”, dedi. Shunu boplab bir feleton qiling! Ayol kishini unijat qilishi qanaqa bo`lishini bilib qo`ysin! Familiyasi… Minutochku… Yozib olganman…
…Nima? Yozmaysiz? Tois kak yozmaysiz? Nima? Nima dedingiz?! “Men inkubator tuzatadigan usta emasman”, dedingizmi? Kim “inkubator?” Nega ayol kishini haqorat qilasiz! Naxal! Pisaka neschastniy! Ma, zajigalkang boshingda qolsin!

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish