Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsiolingvistika



Download 0,6 Mb.
bet27/38
Sana30.11.2022
Hajmi0,6 Mb.
#875429
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsioling

Bulut to`sgan oy
Husanjon shoshib kelib, stol chetiga kaftlarini tiragancha:
-Ketibtilar, -dedi. -Xizmat qilgan ofitsiantka takzi zakaz qilgan ekan. Kecha bizda yotmagan, administrator bilan ham gaplashdim.
-Him, o`tiring…Qayerga ketishganini aytmagan bo`lsa kerak? Taksi—shaxarda qatnaydimi faqat yo mejdugarodniylari ham bormi hozir?
-Hozir farqi yo`q, okajon, --dedi Husan. –Ommo-lekin bitta qarz gapni aytib qo`yishim kerak… Xonim, sizni ikki marta so`radilar. Ilgari kelishlaridayam so`rovdilar. Man sizni bir bor ko`rganimmi, siz ham u kishini so`raganizni aytuvdim. Hu, biron oylar muqaddam…
Gulsara miyig`ida jilmayib, sekin-sekin bosh irg`adi. Keyin menga qarab kuldi.
-Bir marta so`rovdim… Shu ko`rgim keluvdi-de ablah okeizni.
-Attang-attang, -dedim men. Ammo Gulsara ham uni ko`rishga, darhaqiqat, umidvor ekaniga shubham qolmadi. Bu esa, mening: “Gulsara ham uni sevib qolgan” deb hukm chiqarishimga asos bo`ldiki, ularni uchrashtirishni –do`stona burchim, deb hisobladim, (Biroq “burch”ning ijrosiyana cho`zilib ketdi…)
-Men tepaga chiqishim kerak, --dedi Husanjon. –Okamizzi endi qo`ldan chiqarmayman!
-Omon bo`ling.
-Ichkarigayam kirib turinglar… Mahalliy klientlar ja sanalib qolishdi. Hozir ham turislar o`tirishibdi.
-Bizgayam navbat kelar, --dedim.
-Kelmasayam o`ksimiymiz, --dedi Gulsara.
Kulishdik. Xusanjon ketdi. Men fujerlarga yana shampandan quydim.
(Sh. Xolmirzaev)


Natijalar
1.Xat. “Salom, Shukurjon!
“To`lqinlar”ni o`qidim. Asar menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ma`murjonni tabassum bilan tasvir etasiz. Butun asar davomida qisqalikka intilasiz. Tasvir usulingiz ham menga ma`qul. Yozuvchilik ko`zingiz ochilib kelayotgani ko`rinib turibdi. Lekin asarning nomi, menimcha, to`g`ri emas. Ijodingiz baroridan kelsin.
Sizning Abdulla Qahhor”
2.Matyoqub aka Til va adabiyot institutiga direktor bo`lib tayinlanar ekan.
3.Saida - Ofeliya bilan gaplashdim.
Unga ota-onam va singillarimning yo`qlovini yetkazgach, to`yga ham tayyor ekanliklarini bildirdim. So`ngra uzrnamo jilmayib, ularning bo`lajak kelinlari haqida ko`proq narsa bilishni istashlarini bayon qilib, bu to`g`rida kursdoshim Naziradan so`raganimda, u sizni juda maqtagani, qarindosh-urug`laringiz juda obro`li kishilar ekan. Yo`g`ontepa tarafda urug`doshlaringiz ko`pligi va hokazolarni aytganini aytgach:
-Farg`onada bitta og`angiz bor ekan, --deb davom etdim. –Savdoning boshlig`i ekanlar…
-A-a, --dedi u qandaydir istab-istamay.
-Juda-a olijanob, saxiy odam ekanlar-u, sal dimog`dor ekanlarmi? Kechirasiz…
-Ichganda ayniydi, --dedi u keskin. –Amalga mingandan keyin, ayniqsa, ko`p ichadigan bo`p qoldi. Shuning uchun opam bir-ikki marta urishib beruvdilar, oyog`ini tortib ketdi.
-Tushunarli, --dedim.
Saida istehzoli kuldi.
-Bu narsa… biron narsani o`zgartiradimi?
-Qo`ysangiz-chi.
-Aytmoqchi, o`sha… yuborgan edi o`sha sovchilarni. O`tgan yili. Saida farg`onalikka teksin, der ekan… --U yana kuldi. Bitta o`zingiz yashavossizmi haliyam?
-Ha. Kvartiramni ko`rasizmi?
-Xmm, vaqt bo`lganda… Lekin opamlar bizni hovlida yashashimizni istaydilar, joy bor: alohida uy. Opam, buvim, mandan bo`lak hech kim yo`q.Buvim qarib qoldilar…
-Hmm, buni o`ylab ko`ramiz.
Bu fikr-taklif menga g`olibo ma`qul tushdi: demak, ijaraga uy izlab yurishlarim barham topar ekan. Va eng muhimi, domla aytganlaridek uylanish… ijod qilishga foyda bersa, nur ustiga nur: axir, pishirish-kuydirish, supurish-sidirish ko`p vaqtni oladi. Yozuvdan chalg`iysan. Yoningda sevimli xoniming bo`lsa…
Shunda o`zimni ta`magirlik yo`liga tushgandek tuyib qoldim-u, miyamga qaysi go`rdan “ichkuyov” degan so`z kirib keldi: tabiiy, men bu ish sharoit taqozosida bo`lajagi va albatta, vaqtinchalik ekani (axir, men ham uyli bo`lamanku?!), qolaversa, “ichkuyov” degan tushunchalar “eskilik sarqiti”dir, deb hisoblasam-da tag`in nimadir pinhona azob berayotganini his qildim: uyat hissimi, ormi…
Nihoyat, bu masala haqidagi xulosani orqaga surib qo`yishni ma`qul ko`rdim: onamlar kelishsin-chi…
Onamlar (ehtimol otam ham) sovchilikka kelishini “yozga”, deb aytdim. Yana-da aniqrog`i, “Gamlet”dan qutulganimizdan keyin ularni chaqirajagim va bularning uylarigacha oborib qo`yajagimni aytdim.
Saida indamay bosh irg`ar edi.
4. “O`n sakkizga kirmagan kim bor…”ni yozayapman. Bu uychagayam o`rganib bo`ldim.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish