- Moment ser … Xonim ta'zim bajo aylab zirillab ketdi.
- Nega … ikki shisha? - dedim talmovsirab.
- Men ham chanqabroq turibman. - Sashavoy qornini silab qo`ydi. …
- O-key! Seven dollar! - kapitalist iljaydi.
- No! - No! - No!
- Siks dollar!
- No, kerakmas, menda olti dollar yo`q, ay xev onli fo dollar, faqat to`rt dollar! - dedim to`rtta barmog’imni dikkaytirib!
- O key! - kapitalist tag’in qo`limni qisdi. - Mayli, hozir fo dollar, qolganini ertaga tashlab ketasiz.
Qo`rqib ketdim.
- N-o-o! - dedim tajang bo`lib.- Biz ertaga uchib ketamiz. Ay vontin houm. Uyga! Tyu-tyu-tyu!!! Sovetyunion! Moskav!
- O-o-o! Sovetyunion! Suvenir, ser, suvenir! Qarasam, ko`ylakni qo`ltig’imga qistiryapti. Sadaqa qilyapti, shekilli?!
- No! - dedim yer tepinib. - No! Xohlasang fo dollar. Xohlamasang, katta ko`cha! Bunaqa ko`ylaklar bizda tventi sent - yigirma tiyin turadi, tushundingmi?
- O-key, ser! Fo dollar … - kapitalist do`stona iljaydi. - Kofe, viski...
(O`.Hoshimov. 70-b).
Yuqoridagi matnni sotsiolingvistik nuqtai nazardan lisoniy va nolisoniy omillar yordamida tahlil qilish jarayonida o`quvchi muloqotda ishtirok etuvchilarni ko`z oldiga yaqqol keltiradi. Zero, til millat ko`zgusidir. O`zbek tilimiz o`z odobi, o`zbekona xulqi, rasm-rusumi bilan go`zaldir. Darhaqiqat, vatan, aslida, tildan boshlanadi. Istiqlol tufayli o`zbek millati, madaniyati dunyo yuzini ko`rmoqda, dunyoga yuz tutmoqda. Bugungi o`zbek mutaxassisi jahonning ilg’or mamlakatlari mutaxassislari bilan teng ravishda muloqot olib bormoqdalar. Davr millatlararo, mamlakatlararo muloqot ehtiyojini taqozo etmoqda.
Shunday qilib, sotsiolingvistika davr talabidan kelib chiqib hozirgi kunda katta odimlar bilan taraqqiy etmoqda. O`z mustaqilligiga erishgan davlatlarning o`z milliy adabiy tillarini yaratish, yozuvni asoslash, uni mukammallashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti, xalqaro savdo-sotiqning kengayib borishi, bir tomondan, tillarda baynalminal so`zlar sonining oshib borishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy tillar bilan xalqaro til vazifasini o`tayotgan tillar o`rtasidagi to`qnashuvlarga, til chatishuvlariga (kreollashtirish, pijinlashtirish) sabab bo`lmoqda. Bu masalalar bilan ijtimoiy tilshunoslik shug’ullanishi, mazkur hodisalarning qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi zarur.
Demak, F.de Sossyur aytganidek til "O`zi uchun va o`z ichida" voqe bo`lmasdan, u bir tomondan, o`z ichki qonuniyatlari asosida evolyutsion yo`l bilan rivojlansa, ikkinchi tomondan, tashqi tazyiqlar, ta'sirlar asosida ham rivojlanishi mumkin. Jamiyatda til qanchalik zarur bo`lsa, tilga jamiyatning bo`lishi ham shunchalik zarurdir.
Tilning mavqei, rivojlanishi uning muomalada bo`lishiga bog’liq. Til o`zining muloqot, bilish, ifoda vazifalarini bajarishi uchun uning o`z hududi, bu hududda yashovchi jamiyat, jamiyatning iqtisodiy bazasi bo`lmog’i darkor, zero, bu hudud, sodir bo`layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar, ma'naviy va mafkuraviy siljishlar tilga o`z ta'sirini o`tkazmay qolmaydi. Til kishilar o`rtasida asosiy muloqot vazifasi bo`lishi bilan bir qatorda, xalqning hayotiy tajribasini, an'anasi, milliy xarakterini va hatto bilim darajasini aks ettiruvchi ko`zgusidir. Har bir jamiyat a'zosi sotsiolingvistik qoidalarni o`zlashtirib olishi kerak. So`zlovchining til malakasi har bir muayyan vaziyatda til vositalaridan mazkur shart-sharoitga to`g’ri keladiganlarini tanlay bilishiga qarab belgilanadi. Bunday masalalar bevosita ijtimoiy tilshunoslikning diqqat markazida bo`lishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |