Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsiolingvistika



Download 0,6 Mb.
bet5/38
Sana30.11.2022
Hajmi0,6 Mb.
#875429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti sotsioling

Shapaloqdek oltin baldoq taqqan qizaloq uzatgan pulimni nari surdi.
-- Pasport?
-- Nima?
-- Pasport! Moskovskoy propiska?
-- Axir men Moskvada…
-- O`ting, grajdonin! Sleduyushshiy!
(O`.Hoshimov. 70-bet)
Lingvistikada uslublarni to`liqsiz gap deb qaralib, aslida ular pasportingiz bormi? Pasportim Moskvada ro`yxatda turadi deb ifodalanishini ta`kidlaydi. Sotsiolingvistika esa bunda ilmiy to`lalikdan uzoq bo`lib, uning uchun u so`zlovchi fikrini to`laligicha tinglovchiga yetkazish uchun bir stamp, shakl. Yuqoridagi so`zlar qanday to`liq gapdan olingan, qayerdan uzib olingan, umuman, u uzilganmi, yoki uzilmaganmi, sotsiolingvistika uchun butunlay ahamiyatsiz. Shuning uchun ham sotsiolingvistik tadqiqotlarda grammatik talqin ikkinchi o`rinda turadi. Shu bilan bir qatorda sotsiolingvistika grammatikani rad etmaydi, grammatikadan ko`ra lisoniy vositalarning ijtimoiy axborot qiymati muhimroq o`rin egallaydi. Sotsiolingvistika bevosita nutq, tildan unumli foydalanish jarayoni haqidagi jarayondir.
Sotsial lingvistika til va nutqni farqlab, tilni, uning birliklarini moddiy voqelanishdan uzib, parodigmalarga birlashtirib, umumiy ma`nolarni o`rganishga intilsa, sotsiolingvistika nutq parchalarini muayyan qo`llanish sharoitida ko`rib chiqadi. Masalan,
-- Qanaqa mo`yna edi? Norkami? Qorako`lmi? Andatrami?
-- Quyon edi.
-- Alohida belgisi bormidi?
-- Telpakningmi?
-- Quyonning! Quyonning rangi qanaqa edi?
-- Kulrang edi.
-- Erkakmidi?
-- Telpakfurushmi?
-- Quyon! – dedi starshina rostmana bo`g`ilib.
(O`.Hoshimov)
Suhbat nutqidan iborat bo`lgan tilshunos uchun tadqiq manbai bo`lolmaydigan bu matn, topikdir, ya`ni jonli nutq jarayonidir. Vaholanki, tilshunos grammatik nuqtai nazardan mazkur topikning tarkibiy qismlari boshqacha shakllanishi zarur edi, ya`ni telpakning terisi nimadan edi? Quyonning emas, telpakning rangi qanaqa edi va h.
Yoki: -- Qanchadan?
-- Sakkiz yuz.
-- Olti yuz.
-- Bo`lmaydi.
-- Yetti yuz.
-- Yo’q (Oluvchi va sotuvchi o`rtasidagi muloqot).
O`tgan asrning o`ttizinchi yillaridan boshlab tilshunoslik fanida ham tilni sistema asosida o`rganuvchi til lingvistikasi (lisonshunoslik) va nutq lingvistikasi (nutqshunoslik) farqlandi. Yevropada zamonaviy tilshunoslik (modern tilshunoslik, ya`ni yangi tilshunoslik) deganda lisonshunoslik - til tizimining ifoda va ta`sir vositalarini alohida-alohida sistemalarga (mikrosistemalarga) yoki paradigmalarga birlashtirib, bir paradigmada birlashgan birliklar orasidagi munosabatlarni (oppazitsiyalarni) oralaridagi o`xshashlik va farqlari tushuniladi. Bunda tilshunos doimo nutqda voqelangan hodisalarga tayanar va shu asosda bu hodisalarning sabab va imkoniyatlarini ochirishga intilar edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, sotsiolingvistika nutqni, asosan, topiklar asosida o`rganishni asosiy maqsad qilib qo`yadi. Topiklar jonli muloqot yoki uning yozma aksining bir parchasidir. Badiiy asarlarda ham jonli nutq parchalaridan juda keng foydalaniladi. Bu esa, o`z navbatida, asarning badiiyligini oshiradi.
Masalan, Abram peshanasini tirishtirib, qidirayotgan narsaning otini eslolmay, unga tikilib qoldi.
-- Nimaydi-a?
-- Nimani-ye?
-- Anuv-chi. Oyim qovoqni so`yardilar-ku.
-- Pichoqmi? Qo`lingda turibdi-ku.
-- Yo`q. Anuv kattasi bor-ku.
-- Oshpichoqmi?
-- Ha. Oshpichoq. Bilasanu, aytmaysan-a.
-- O`zing nimaligini aytmasang, qayoqdan bilay?
-- Aytdim-ku.
-- Aytganing yo`q, bildingmi?
-- Aytdim.
-- Aytganing yo`q dedim. Aytganing yo`q.
-- Aytdim.
-- Aytganing yo`q.
-- Aytdim.
-- Bor-e. Qizbolasan-da, bo`lmasam…
-- Nima qilarding.
-- O`zim bilardim.
-- Bilmaysan!
-- Bilaman!
-- Bilmaysan dedim, bilmaysan!
-- Bor-e…
(R. Fayziy, Hazrati inson)


Sotsiolingvistik tadqiqotlar lisoniy birliklarni qo`llash nafaqat nutq sharoiti, vositasi va hokazolar kabi ijtimoiy hodisalar bilan, balki har bir xalq, millat, katta ijtimoiy guruh toifa uchun odat tusiga kirgan urf-odatlar, rasm-rusumlar, ya`ni etnografik tomonlar bilan aloqador ekanligini ko`rsatdi.
Nutqni ham lisoniy, ham etnik-etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda tadqiq etish natijasida sotsiolingvistikaning yangi tarmog`I – etnosotsiolingvistika shakllandi va bugungi kunda jadal rivojlanmoqda.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish