Tayanch iboralar
1. So‘lak bezlari
2. Ferment
3. YUtish
4. Kislotali
5. Ishqoriy
6. So‘rish
7. Tishlar
8. Vorsinkalar
Savollar
1. Ovqat tarkibini parchalanishiga nimalar ta`sir qiladi?
2. So‘lak bezlaridan ishlab chiqariladigan so‘lak tarkibida qaysi ximiyaviy moddalar mavjud?
3. Bolalar ichagining uzunliti qancha bo‘ladi?
4. Dastlabki sut tishlari qachon chiqadi va uning miqdori qancha bo‘alid?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Q.S.Sodiqov. O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi. O‘kuv qo‘llanma. - Toshkent: O‘qituvchi 1992 y.
2. L.S.Klemesheva, M.S.Ergashev. YOshga oid fiziologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 1991 y.
3. I.G.Azimov. Jismoniy tarbiyannng yosh fiziologiyasi. O‘kuv qo‘llanma. -Toshkent: 1994 y.
4. A.A.Markosyan. YOsh fiziologiyasi masalalari. - Moskva: 1974 y.
5. A.G.Xripkova, M.V.Antropova, D.A.Farber. Vozrastnaya fiziologiya i shkol’naya gigiena. - Moskva: Prosveshenie, 1990 g.
6. YU.A.Ermolaev,- Vozrastnaya fiziologiya. Moskva: Visshaya shkola. 1985.
7. A.A.Guminskiy. Vozrastnaya fiziologiya. - Moskva Visshaya shkola, 1985.
8. U.Z.Qodirov. Odam fiziologiyasi. Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi «tibbiyot» nashriyoti. 1996 y.
9. X.G.Almatov, L.S.Klemesheva, A.T.Matchanov. Vozrastnaya fiziologiya. -Toshkent; 2002 y.
11-Mavzu: MODDA VA eNERGIYA ALMASHINUVI. OVQATLANISH GIGIENASI
REJA:
1. Moddalar almashinuviniig yoshga xos xususiyatlari.
2. Muskul faoliyatini energiya bilan ta`minlanishi.
3. Oqsil, yog‘ va karbonsuvlar almashinuvining yoshga xos xususiyatlari.
4. O‘sish va rivojlanish jarayonida suv, mineral tuzlar va vitaminlarni ahamiyati.
5. Ovqatlanish va unga qo‘yiladigan gigenik talablar.
Moddalar almashinuvi ya`ni metabolizm organizmning o‘sishini, hayot faoliyatini, nasl qoldirishini, tashqi muhit bilan munosabatini ta`minlaydigan barcha moddalar va energiyaning aylanishi yigandisidir. Organizmning har bir turi va hujayralar tipi uchun moddalar almashinuvining o‘ziga xos, genetik shartlangan tipi mavjud.
Moddalar almashinuvida shunday jarayonlar kechadi-ki, ular natijasida moddaning emirilishi-katabolizm va bioorganik birikmalar sintezi jarayonlari-anabolizm sodir bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ularda hujayra strukturalari va hujayralaro moddalarning yangilanishi ro‘y beradi. Moddalar almashinuvining barcha jarayonlari energiyaning aylanishi bilan o‘tadi: ximiyaviy energiya nur energayasiga, mexanik, issiqlik, elektr energiyasiga aylanadi. energiya potentsialiga boy moddalarning parchalanishi reaktsiyalarida energiya ajralib, organizm undan o‘z hujayra strukturasi va funktsiyalari, tana harorati-ish bajarish kabilarni quvvatlab turish uchun yangi birikmalarni sintezlashda foydalaniladi. Organizm issiqlikdan energiya manbai sifatida foydalana olmasligi tufayli ozod bo‘ladigan energiyaning ma`lum qismi energiyaga boy fosfat bog‘lar, asosan adenozitrifosfat kislota (AGF) va energiyaga boy boshqa birikmalar ko‘rinishida zapas bulib to‘plana boradi.
Odam tinch turganida energiya sarfi bir muncha doimiyligi bilan farq kiladi. Muskulning tinch turgan holatida, nahorda ovqatdan 12-16 soat keyin, konfort temperaturada (18-20° S) eng kam energiya sarflanadi. Bu energiya moddalar almashinuvshing eng kam darajada ta`minlash va organizmning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo‘lgan organlarning funktsional aktivligida sarflanadi. Bu energiya sarfi asosiy almashinuv deyiladi. Asosiy almashinuvning bir kismini tana haroratining doimiyligi ta`minlaydi. Issiqlik ajratishning umumiy darajasi gazda sathining katta-qichikligiga bog‘liq va har qaysi yosh guruhi uchun nisbatan doimiy xisoblanadi. 7-8 yashar bolalarda asosiy almashinuv 38 kkal, 12-14 yoshda 34 kkal, katta yoshli odamda 24 kkal bo‘ladi.
12-13 yashar o‘g‘il bolalarda asosiy almshinuv qiz bolalardagiga qaraganda yuqori. Pubertat davrda u har ikkalasida ortadi.
YOshga qarab asosiy almashinuv dinamikasi o‘sish uchun energiyani sarflanishi bilan chambarchas bog‘langan. Bola qancha yosh bo‘lsa o‘sish uchun sarflanadigan enyorgiya shuncha ko‘p bo‘ladi. Masalan: o‘sish uchun sarflangan energiya uch oylkkda 36 %, 6 oylikda 26% 10 oylikda 2\9s ovqatning umumiy energik qiymatini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |