27
Konflikt obyekti
deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga
intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi.
Konflikt obyekti bo’lib shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti
bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu
element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy subyektlar manfaatlari
to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, subyektlar bunday element ustidan shaxsiy
kontrol yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : kichik yoshdagi
bolalar chiroyli o’yinchok ustida talashadilar yoki u yoki bu hududning tegishliligi
haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning
taranglashuvi.
Munosabatlarning muayyan tizimida konflikt bu doimo birorta resursning
yetishmovchiligidir : bitta direktor lavozimiga ikkita o’rinbosarning da’vogarligi,
do’konda tanqis mahsulot olish uchun navbatda turganlar o’rtasida bo’ladigan janjal.
Resurslar tanqisligini kompensasiya qilish ko’pincha yuzaga kelgan muammoni
birdaniga hal qilishi mumkin. Kishilar kundalik hayotlarida to’qnash keladigan ko’p
sonli muammolarni shu tariqa yo’q qilishga erishishi mumkin emas. Oddiy, tipik
konfliktlar obyektlarini ajratish eng umumiy xarakterdagi muammolar darajasini
aniqlashga imkon beradi. Masalan, kundalik turmushimizga xos bo’lgan transport va
navbatda turishda bo’ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va
tovar ta’minoti tanqisligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Ba’zan konfliktlar aniq obyektga ega bo’lmasligi mumkin, ya’ni obyekti bor
konfliktlar bilan birga obyektsiz konfliktlar bo’lishi mumkin, bunda subyektlarning
birorta narsa ustidan nazorat qilishi o’zaro maksad-intilishlari istisno qilinadi.
Masalan: ko’p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qo’shni xonadonlarning birida
uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo’lganda, qo’shnisi pianinoda mashq qila
boshlaydi. Birinchi qo’shni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yuzaga
keladi. Bu konfliktda qo’shnilar birorta narsa ustidan nazorat o’rnatishga
intilmaydilar, balki birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi halaqit beradi. Yoki
jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday holatlar uchraydiki, tasodifiy o’tkinchi
bezoriga tanbeh beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir
subyekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini buzish orqasida ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: