Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/121
Sana26.05.2022
Hajmi1,34 Mb.
#609630
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121
Bog'liq
pedagogik konfliktologiya

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1.
Konfliktogenlar deganda nimani tushunasiz? 
2.
Konfliktogenlar tabiatini izohlang. 
3.
Konfliktoganlarga duch kelganda qanday harakatlarni amalga oshirish 
kerak? 


23 
4.
Konfliktogenlar yig’ilmasligi uchun qanday amallar qilish lozim? 
5.
Konfliktogenlarning qanday turlari mavjud? 
6.
Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan o’zini ustun qo’yish 
ko’rinishlaridan biriga misol keltiring. 
 
Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar
 
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 
―Ma’naviyat‖, 2008. 
2.
Уткин A.Я. Koнфликт: теория и практика. M. ―Изд-во‖ 1998 г. 
3.
Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva 
Gulxumor-Toshkent.2008 y 
4.
Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma – 
T.: TDYuI, 2007. – 97 b. 
5.
Konfliktologiya 
asoslari: 
O’quv 
qo’llanma/ 
R.Z.Jumayev, 
U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b. 
 
3-MAVZU. KONFLIKTLARNING TABIATI VA TURLARI
Reja 
1. Konflikt tushunchasi, predmeti va obyekti 
2. Konflikt chegaralari
3. Konflikt sabablari va motivlari 
 
1. Konflikt tushunchasi, predmeti va obyekti 
Konflikt tushunchasi va ta’rifi.
Konflikt tushunchasi ilmiy adabiyotda bir xil 
ma’noda qo’llanilmaydi. «Konflikt» atamasining juda ko’p ta’riflari mavjud. 
«Konflikt» tushunchasiga nisbatan eng umumiy yondoshuvga ko’ra, u ziddiyatga 
umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan 
tushunchadir. 
Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo’lib, u obyektiv 
ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro’y beradi. Marks 
nazariyasidagi sosializm g’oyasi sinfiy konfliktlarni inkor etib kelgan. XX asrning 
30-yillari oxirida bir qator mualliflar tomonidan sosialistik jamiyatni «konfliktsiz» 
rivojlanishi, antagonistik qarama-qarshiliklarning bo’lmasligi haqidagi g’oya ilgari 
surilgan. Bu g’oya sosializmda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi 
kuchlar xarakteriga to’liq mos kelishi haqidagi shiorda o’zining to’la ifodasini 
topgan. Keyinchalik bunday mos kelish faqat bir-biriga qarshi turgan ikki tomonning 
birligi bilan uyg’unlashgandagina namoyon bo’lishi tan olingan. Mos kelishlik 
qarama-qarshiliklar birligi doirasida qo’shilgan (birlashgan) vaqtda ziddiyatlar 
rivojining muayyan bosqichi sifatida talqin qilingan. Boshqa guruh faylasuflar esa 
sosializmning asosiy ziddiyatlari bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish 
munosabatlari o’rtasidagi, ba’zan ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi, eski 
bilan yangi o’rtasidagi ziddiyat deb tushunganlar. Bir guruh ingliz olimlarning 
fikricha, «Konfliktlar bu hayotning muqarrar va ko’pincha ijodiy bo’lgan bir
qismidir. Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yuzaga keladi. 


24 
Kelishmovchiliklar va konfliktlar odatda zo’rlik qo’llanilmasdan hal qilinadi va
ko’pincha barcha jalb qilingan tomonlarning ahvolini yaxshilanishiga olib
keladi. Bu holat konfliktlar bizning mavjudligimizning bir qismi bo’lganligi
bois to’la adolatli hisoblanadi.»
1
.
Demak, ziddiyatlar muammolari muayyan darajada ilmiy adabiyotda olimlar 
e’tiborini o’ziga tortgan. Biroq, bu holatni konfliktlar nazariyasiga taalluqli deb
bo’lmaydi, chunki mohiyat jihatidan unga umuman e’tibor berilmagan. Shunga 
qaramasdan ziddiyatlar va konfliktni, bir tomondan, sinonimlar sifatida hisoblash 
mumkin emas, boshqa tomondan esa, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib ham 
bo’lmaydi. Ziddiyatlar, qarama-qarshi turishlik, tafovutlar - bular konflikt uchun 
zarur, biroq yetarli shartlar emas. Qarama-qarshi turishlik va ziddiyatlar, qachonki 
ularni ifodalovchi kuchlar o’zaro ta’sirga, o’zaro munosabatga kirisha boshlaganda 
konfliktga aylanadi. Shunday qilib, 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish