Noto’g’ri
va stereotip qarash. Konflikt yechimidan maqsad bu to’qnashgan
tomonlarning o’z xohish va irodasiga suyangan holda o’zaro istiqbol, ya’ni kelgusi
hamkorlik nuqtai nazaridan kelishuvidir. Demak, konflikt yechimi – tomonlar
kelishuvi va tinchlikda yashash uchun qilingan qaror va sayi-harakatlar majmuasidan
iboratdir. Konflikt o’choqdagi olovga o’xshaydi, agar olov o’chgan bo’lsa ham,
uchqunlar qolgan bo’lsa, konfliktning qayta olovlanishi hyech gap emas. Demak,
konfliktning to’la yechimi, ya’ni haqiqiy hal bo’lishi uchun har bir tomon ham to’la
qoniqish xissini tuygan, uning yechimidan to’la rozi bo’lgan bo’lishi shart. Agar
konflikt yechimidan qaysi bir tomon qoniqmagan bo’lsa, uning qayta «olovlanishiga»
sabab va imkoniyat doim mavjud bo’ladi.
8.
Odatda har bir konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh
insonlar mavjud bo’ladi.
Noto’g’ri.
Konfliktlar yechimi bizni zo’ravonlikdan voz kechishga o’rgatadi.
Ammo biz hayotda ko’pchilik hollarda aynan zo’ravonlik asosida ziddiyat yechimini
topishga urinish mavjudligini kuzatamiz.
Ammo bunday xulosa, ya’ni konflikt albatta
zo’ravonlik asosida hal etilishi lozim deb o’ylash, aslida noto’g’ri va zararli
qarashdir. Konfliktning muvaffaqiyatli yechimini topaman desangiz, muammoni
shaxs va insondan ajraga bilish, alohida ko’ra bilish muhimdir. Konflikt aslida –
inson emas. Aslida konflikt bu – muammo. Mazkur muammoni siz bilan to’qnashgan
odam emas, balki vaziyat vujudga keltirgan. Konfliktni yechmoqchi bo’lsangiz,
insonga, uning shaxsiyatiga emas, balki muammoga hujum qila bilish zarur.
Konfliktning kelib chiqishida inson emas, mavjud muammo aybdor. Va konfliktning
yechimini topish uchun eng qulay va effektiv vosita zo’ravonlik emas. Zo’ravonlik
konfliktni yechimga olib kelmaydi, balki uni chuqurlashtiradi. Zo’ravonlik aslida
konflikt yechimini topish va uni hal etish yo’li bo’lmay, balki insonni ezish,
kamsitish, qo’rqitish, unga jismoniy zug’um o’tkazish yo’lidir. Zo’ravonlik inson
ustidan nohaq hukm chiqarishdir. Inson hayoti ustidan o’tkazilgan har qanday
zo’ravonlik dunyoviy davlat qonunchiligida ham, diniy e’tiqod va din tamoyillarida
ham qoralanadi. Konflikt doirasida bo’ladimi, konfliktdan ayri holda bo’ladimi,
zo’ravonlikning har qanday ko’rinishlarini oqlab bo’lmaydi.
Shu bois, odatda har bir
konflikt vaziyatda zo’ravonlik qilayotgan inson yoki bir guruh insonlar mavjud
bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ridir.
9.
Konfliktlar yechimining eng muhim xususiyatlaridan biri – kim haq, kim
nohaq ekanligini aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |