Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya kafedrasi



Download 160.56 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2017
Hajmi160.56 Kb.
  1   2   3   4


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

JULIBEKOVA KAMOLA BEKPO’LATOVNA



ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH

«5141700 maktabgacha ta’lim va bolalar sporti» yo'nalishi bo'yicha

bakalavr darajasini olish uchun

BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar dots. A.Abdumannotov
Bitiruv malakaviy ishi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida bajarildi.

Kafedraning 2011 yil 25 maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi. (bayonnoma № 10)

Kafedra mudiri dots. Yu.Ahrorov

Bitiruv malakaviy ishi YaDAKning 2011 yil « » dagi majlisida

himoya qilinda va ball bilan baholandi. (bayonnoma № )

YaDAK raisi: ____________________________________________

A'zolari: ____________________________________________

____________________________________________

____________________________________________

____________________________________________


Samarqand-2011

M U N D A R I J A

KIRISH……………………..………………………………………………….....

3

1 BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI.............................................................................

11

1.1. Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o’rganish pedagogik-psixologik muammo sifatida........................................................................................................

11

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlari ……………………………………….

19

2 BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING FORMA VA METODLARI.....................................................................………...

24

2.1. Mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari........................……………………...

24

2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda tarbiyachilarning vazifalari.....................................................................................................................

31

2.3. Alisher Navoiy merosida asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishga oid o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining samaradorligi va natijalari……………………......................................................................................

37

Xulosa .......................………………………………………………………..........

41

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………..………………………….....

44


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat hayotining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Aslida ham kelajakni ana yoshlar yaratadi. Davlatimiz rahbarining birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida “Erkin fuqarolik ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan atrofi, atrofda sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.

Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir”, - deb aytdi.

Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.

Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimizda ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to’xtalib, “Eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan orzu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanlikni kuchaytirishdir”, - deb ta’kidlagan. Ma’naviyat – uzluksiz da’vom etadigan jarayon. Ma’naviyat yuksak shaxslar yurtini tanitadi. Shaxsning esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo’lmasligi ko’pchilikka ayon haqiqatdir. Milliy pedagogikamizning asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!”, - degan so’zlari fikrimizga dalil bo’ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning ma’naviyatini, tafakkurini shakllantirish bu doimiy tizimlilik, uzviylikni, davomiylikni talab etadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk mutafakkir, davlat arbobi hazrat Alisher Navoiy merosidan foydalanishni davr taqozo qilmoqda. Bu borada yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida alohida to’xtalib o’tgani e’tiborga molik. O’zbeka xalqi ma’naviy dunyosining shakllaniga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiydir bobomizdir. Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo farxlanib so’z yuritamiz.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi, sha’ni-sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biror-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

Inson qalbining quvonch-qaysuni, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu-shuurimiz, yuragimizga Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz, - deb ta’riflagan edi yurtboshimiz.

Ibrohim Haqqul “Navoiyga qaytish” asarida Alisher Navoiyning buyukligini bilmaslik, o’zbek millatining madaniyati, tarixi, milliy-ma’naviy kuch-quvvati va jahon badiiy tafakkuriga qo’shgan buyuk hissasini anglamaslik bilan bilan barobar, Alisher Navoiyning ulug’ siymosi ul zotning ruhiyati benazir shaxsni va so’zni san’at darajasiga ko’targan ijodkor ekanligi bilan belgilanadi.

Navoiyni boshqa xalqlarga tanitmoq uchun emas, o’zimiz yaxshi bilishimiz uchun ko’proq tashvishlanishimiz zarurga o’xshaydi. Ochig’ini aytganda, biz hali Navoiy ijodiyotini kerakli va arziydigan darajada o’qib-o’rganganimiz yo’q. Navoiyni puxta bilish uchun juda jiddiy va puxta tayyorgarlik ko’rishimiz kerak. Alisher Navoiy hamma narsani erkinlik va vobastalikda talqin qilgan, inson qismati bilan bog’liq, har qanday haqiqatning istiqbolini tafakkur hurligida ekanligini ko’rgan. Demak, tuyg’uda, ruhda, ko’ngil va tafakkurda erkinlikni qaror toptirmay turib, Navoiy asarlarining asl ma’no-mohiyatini chaqishga urinish foydasiz. Navoiy asarlarining g’oyalarini targ’ib qilishdan oldin, ularning ma’no-mohiyatini to’g’ri anglab olish lozim. Navoiyni bilish boshqa, uni anglash boshqa. Navoiyni anglaydiganlar ko’paysagina navoiyshunoslikda keskin o’zgarishlar yuz beradi.

Har qanday mamlakatning taraqqiyoti faqat uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, intellektual qobiliyatlariga ham bog’liq. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov 2008 yilni mamlakatimizda “Yoshlar yili” deb e’lon qildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, yoshlar respublikamiz aholisining oltmish foizdan ko’prog’ini tashkil qiladi. Erkin fuqarolik jamiyatimizning asosi ko’p jihatdan ana shu yoshlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga bog’liq. Yoshlarimizda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda ma’naviy birligimizning timsoli bo’lgan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning merosi muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz I.A.Karimovning bevosita sa’yi harakatlari bilan Alisher Navoiy merosini o’rganish, asarlaridagi g’oyalarni xalqqa yetkazish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

Vashington universiteti professori, mashhur turkiyshunos olim E.Sirtoutas xonim - dunyoning hyech bir mamlakatida o’z shoirlariga O’zbekistondagidek hurmat va ehtirom ko’rsatilmaydi. Hattoki, Buyuk Britaniyada ham Shekspir O’zbekistonda Alisher Navoiy e’tibor qozongandek shuhrat topgan emas. 1991 yilda O’zbekistonda hazrat Navoiyning 550 yillik to’yi keng nishonlandi. Aynan shu yili O’zbekiston uzoq kutilgan mustaqillikni qo’lga kiritdi. Navoiy mustaqil davlatning ramzi bo’ldi. Buyuk Temur bilan bir qatorda Navoiy O’zbekistonning mustaqillik sari intilishlarining ma’naviy ifodachisi hisoblanadi, - degan edi.

Kaliforniya universiteti professori, G’arbning ko’zga ko’ringan navoiyshunos olimlaridan biri A.Badrogligeti fikricha - Navoiyni qancha ko’p o’qigan kishi ma’naviy jihatdan shunchalik boyib, kamolotga erishib boradi. Sayyoramizda tog’lar orasida eng baland cho’qqi Everest bo’lsa, shoirlar ichra eng yuksagi hazrat Navoiydir - deb ta’kidlagan.

Mumtoz adabiyotimizning bilimdoni Ibrohim Haqqul - yoshlarimiz Navoiyni qanalik chuqur va puxta bilsa, ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini o’shancha kengroq egallaydi. Navoiyning so’zlari diliga o’rnashgan odam, o’zi istasin-istamasin odamiylik sharafi va kuch-quvvatini idrok etadi. Navoiy saboqlariga amal qilgan kishi o’z-o’zidan xalq dardu tashvishlarini yengillatishga bel bog’laydi, fikrni-fikrsizlikka, ilm-ma’rifatni - nodonlik va jaholatga qarshi qurol o’rnida ishlatadi. Navoiyni yetarli darajada bilish - odamiylik, diyonat va iymon -e’tiqodning kuchiga ishonch demak. Ko’nglida shu ishonch g’olib bo’lgan odamlar soni jamiyatimizda qancha ko’paysa, insoniy muammolar har qalay kamayib boradi, - deb aytgan edi.

Demak, bugungi kunda Navoiyning ma’naviy olamini o’rganishga ehtiyoj sezilayapti. maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ma’naviyatini shakllantirishda Navoiy merosidan foydalanishni davr talab qilayapti. Shu bois Alisher Navoiyning Samarqanddagi qadamjolariga sayohat uyushtirish asosida talaba-yoshlar ma’naviyatini shakllantirish yo’llarini ishlab chiqishga harakat qildik.

Ma’lumki, Sharq durdonasi bo’lgan Samarqand - jahon sivilizasiyasining qadimiy o’choqlaridan biri. Bu qadimiy va hamisha navqiron shahar to’g’risida ilmiy manbalarda tegishli ma’lumotlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Samarqand nafaqat muqaddas obida va betakror tarixiy mo’jizalari, balki zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati bilan, eng qimmatli boyligi, bag’ri keng, qalbi go’zal mehnatkashlari bilan butun dunyoda mashhur” - degan edi.

Samarqand - ulug’larga beshik bo’lgan yurt. Bu tabarruq maskanning havosidan bahramand bo’lgan, zilol suvidan ichgan, noz-ne’matlaridan bahramand bo’lganlardan aziz-avliyolar, piru komil insonlar, davlat arboblari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, bir so’z bilan aytganda orif kishilar yetishib chiqqan. Ularning har biri o’z davrida jamiyat taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo’shganlar. Ana shunday ulug’ siymolardan bir buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi, o’zbek adabiy tilining asoschisi Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir.

Ma’lumki, Alisher Navoiy temuriylar o’rtasidagi o’zaro toj-taxt uchun bo’lgan kurashlar natijasida Abu Saidning ta’qibi bilan Hirotdan chiqarib yuboriladi, u Samarqandga keladi. U Samarqandning o’sha davrda ko’zga ko’ringan shoirlar - Shayxim Suhayliy, Mirzobek Mavlono, Xovariy, Mir Qarshiy, muammogo’y Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va boshqalar bilan suhbatda bo’ladi va do’stlashadi. Shu davrda shahar hokimi bo’lgan Ahmad Hojibek asli hirotlik bo’lib, Navoiyga bor mehr-muhabbat bilan qaragani manbalarda qayd qilingan. Alisher davlat ishlarini bajarishni shu yerda o’rgangan. Alisher Navoiyning Samarqanddagi faoliyati yuqori baholanib, unga “Chig’atoy amiri” unvoni berilgan. 1469 yilda Sulton Abu Said vafotidan keyin, Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaydi. Shu yili Navoiy ham Hirotga keladi.

Alisher Navoiyning Samarqanddagi faoliyati olimlar tomonidan yetarlicha o’rganilgan. Samarqandlik olimlar tomonidan Navoiy merosiga bag’ishlangan o’ndan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari himoya qilangan. Jumladan, atoqli olim, akademik Vohid Abdullayev Alisher Navoiyning hayoti va Samarqanddagi adabiy faoliyati haqida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan bo’lsa, akademik B.Valixo’jayev o’zining qator ilmiy-tadqiqot ishlarini Navoiyning Samarqanddagi faoliyatiga bag’ishlagan. Professorlar M.Muhiddinov, Dilorom Salohiylarning ham bu boradagi xizmatlari e’tiborga molik.

Yosh avlod faqat Navoiy asarlaridan emas, umuman mumtoz adabiyotimiz chashmalaridan bebahra qolayotganligi juda tashvishlanarli. Ahvol shu tarzda davom etaversa, yaqin besh-o’n yilda o’tmish adabiyotimizga mutlaqo ehtiyoj sezmaydigan, go’zallik tuyg’usidan mahrum, moddiy dunyo g’am-tashvishidan boshqasini tan olmaydigan yoshlarning butun bir avlodi vujudga kelishi hyech gap emas. Eng yomoni, bunday o’spirinlar mustaqil fikr, adabiyot, san’at, ma’naviyat, ma’rifatning inson taqdiridagi qimmati, yashashdan asosiy maqsad nima ekanligi to’g’risida bosh qotirib o’tirishni ortiqcha tashvish deb biladi.

Tan olish kerak xalq orasida Navoiysiz ham hamma narsaga aqlimiz yetadi, Navoiyni o’qib-o’arganmasakda, anglash kerak bo’lgan haqiqatlarni bilamiz, degan o’y-xayol bilan o’ziga taskin beradigan kimsaldar oz emas. Navoiy saboqlariga amal qilmasdan turib, jaholat, nodonlik, avomlilik, mutyelik va yovuzlikning ildizlarini quritish mumkin emas. Yoshlarga Navoiyni anglatish yo’llari ko’rsatilsa, ular bilishi zarur bo’lgan barcha haqiqatlarni bilib oladi. Navoiy so’zlarini to’tiday takrorlash bilan g’oya va maqsadlarni tushunmasdan ortiqcha bilag’onlikka beriladigan yoshlarni ma’rifatli insonlar deb bo’lmaydi.

Shu bois mutafakkir merosini bugungi kunda oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan o’rganish, allomaning insonparvarlik g’oyalari asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tafakkurni shakllantirish dolzarb vazifalardan ekanligini unutmaslik lozim.

Muammoning o’rganilganlik darajasi: Navoiyning ta’lim to’g’risidagi fikrlari I.Husanxo’jayevning tadqiqot ishlarida ochib berilgan. U o’zining “Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya haqida”gi o’llanmasida bu muammoni atroflicha tahlil etdi.

Professor A.Zunnunov o’zining qator asarlarida Alisher Navoiyning “Xamsa” va boshqa asarlarini pedagogik talqin qilib, oliy pedagogik ta’lim va umumta’lim tizimida shoir merosidan foydalanish yo’llarini yoritib berdi. Navoiyning fikricha, deb yozadi olim – “Odob odamning olijanob fazilatlaridan biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo’ladi. Bunday kishilar uchun ikki yuzlamalik, qo’pollik yotdir”. Pedagog olimlardan O.Musurmonova, M.Ochilov, R.Mavlonova, Q.Abdullayeva, H.Hamrayeva va boshqalar o’z tadqiqotlarida, darsliklari va o’quv qo’llanmalarida, maqolalarida, risolalarida shoir merosiga murojaat qilishgan.

Professor M.Ochilov Navoiy asarlarida ulug’langan axloqiy insoniylik fazilatlaridan o’qituvchini axloqiy tayyorlash jarayonida foydalanishni targ’ib qiladi. U o’zining o’qituvchi fazilatlari, amaliy faoliyatiga tayyorgarlik jarayoniga bag’ishlangan monografisida o’qituvchi shaxsining bosh fazilati axloqiy fazilatlar bo’lishini asoslab berdi.

Pedagog olima S.Nishonova o’zining “Milliy qadriyatlar va barkamol inson tarbiyasi” nomli maqolasida “Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodining, uning amaliy faoliyatining markaziy, yo’nalish nuqtasi ham hamma narsadan oldin insondir. Ana shu inson Navoiy talqinida ijodkor, qobiliyatli, dono, bilimli, sabru qanoatli, sahiy, himmatli, rostgo’y, adolatli, insonparvar, do’stga sodiq, va’dasiga vafodor, kamtar shaxs”.



Ammo, mutafakkirning ma’rifiy merosidan maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirish muammosi alohida tadqiqot obyekti sifatida o’rganilmagan. Shu bois, malakaviy-bitiruv ishimiz mavzusini “Alisher Navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirish” tarzida tanlashimizga asos bo’ldi.

Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirish va unga oid tavsiyalar ishlab chiqish;

Tadqiqotning vazifalari:

  • Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o’rganishning pedagogik-psixologik jihatlarini o’rganish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlarini tahlil qilish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda tarbiyachilarning vazifalarini belgilash.

Tadqiqotning obyekti: maktabgacha yoshdagi bolalarda mutafakkir merosi asosida tafakkurni shakllantirish jarayoni.

Tadqiqotning predmeti: maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishning mazmuni, shakl va metodlari.

Tadqiqot metodlari: mavzuga oid adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatish, tajriba, suhbat, so’rovnoma, savol-javob, tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil etish.

Tadqiqotning ilmiy farazi, agarda:

  • Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o’rganishning pedagogik-psixologik jihatlarini o’rganilsa;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlarini tahlil qilinsa;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda tarbiyachilarning vazifalarini belgilansa Alisher Navoiy merosi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirish samarali bo’ladi.

Tadqiqotning metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning milliy merosini o’rganishga oid g’oyalari; “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi; Markaziy Osiyo mutafakkirlarining komil insonni tarbiyalashga oid g’oyalari, “Sog’lom avlod” Davlat dasturida barkamol shaxsni shakllantirish borasida ilgari surilgan fikrlariga asoslanadi.

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:

  1. Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o’rganishning pedagogik-psixologik jihatlarini;

  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini shakllantirishda mutafakkir merosidan foydalanishning imkoniyatlarini;

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlarini;

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda tarbiyachilarning vazifalarini belgilash.

Magistrlik dissertasiyasi: kirish, uch bob, besh fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1 BOB. ALISHER NAVOIY MEROSI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI

1.1. Alisher Navoiyning ma’rifiy qarashlarini o’rganish pedagogik-psixologik muammo sifatida

O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan milliy tariximizga, ajdodlarimiz qoldirib ketgan buyuk merosga alohida e’tibor berila boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy ijodi olimlarimizning diqqat markazida bo’lib, bu buyuk merosni butun ommaga yetkazish, ularni bundan bahramand etish kun oldidagi dolzarb masalaga aylandi. Yurtboshimiz I.Karimov o’zining “Yuksak ma’naviya – yengilmas kuch” asarida Alisher Navoiy to’g’risida, buyuk mutafakkirning merosi haqida fikr yuritib, jumladan, quyidagilarni aytadi: “O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz.

Bugungi kunda maktabgacha ta’im muassasalari, o’rta umumta’lim maktabarida, kollej va liseylarda va oliy maktablarda, Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati, asarlari va undagi g’oyalarni o’rganishga munosabat o’zgarmoqda.

Tarbiyalanuv - yoshlar ongiga dars jarayonida Alisher Navoiyning merosi va asarlaridagi ma’naviy tushunchalarni singdirish dolzarb masalalardan biridir. Yoshlarlarda Alisher Navoiy merosi va mumtoz adabiyotimizga qiziqishni oshirish ko’p jihatdan mutafakkirning ma’rifiy g’oyalarini o’rgatishga bog’liq.

Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo’lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so’zlovchi biron-bir inson yo’qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkiri, shoir desak desak, shoirlarning sultonidir.

Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsan, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz”.

O’zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Alisher Navoiy 1441-yil Hirotda tug’ilgan. U turk va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy o’ttizga yaqin she’rlar to’plami, yirik-yirik dostonlar va rivoyatlarning muallifidir. Uning “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Badoyi ul-bidoye’”, “Muhokamat ul-lug’atayin” kabi asarlari butun dunyoga mashhur.

Alisher Navoiyning fikricha, mamlakatda ma’rifatchilik, insonparvarlik va adolatlilik hukm surishi zarur. Uning she’riy to’plamlari va boshqa asarida ta’lim-tarbiya masalalariga ham alohida o’rin berilgan. Navoiy ta’kidlashicha, yer kurrasida yashayotgan barcha insonlar millatidan qat’iy nazar tengdir. U insonlar hayot mazmunini faqat mehnat tashkil etadi, deydi.

Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik – insonning bezagidir” – deb yozadi. Alisher Navoiy bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani hayot “chirog’i” deb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir.

Alisher Navoiy bolalarga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishni ko’rsatib, o’g’il va qizlarni juda yoshligidan tarbiyachiga, muallimga berish lozimligini aytadi.

Shoir, eng avvalo, har bir kishi o’z xalqining tarixini bilishi shartligiga ahamiyat berib, uni chuqurroq o’rganishga da’vat etadi. Buyuk shoir har bir xalqning tarixi mamlakatni xarob ahvolga solgan nima-yu, uning ravnaq topishiga imkon bergan nima, shuni ko’rsatib bermog’i lozim, deydi.

Alisher Navoiy pedagog-mudarris. U ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiy kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. Uning asarlarida axloqiy va mehnat tarbiyasiga doir qarashlari asosiy o’rinni tashkil etadi.

Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, uni o’rganish Yevropa va Rossiyada ham hiyla katta tarixga ega. Fransuz sharqshunosi Kartmer 1481 yilda bosilgan xrestomatiyasida Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn” va “Tarixi mulki Ajam”ini e’lon qilgan, I.N.Berezin “Turk xrestomatiyasi”da uning barcha asarlaridan parchalar berilgan. M.Nikitskiy 1856 yilda birinchi manbalar asosida “Amir Nizomiddin Alisher. Uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati” mavzuida magistrlik dissertasiyasini yozadi.

Shu bilan birga, N.I.Ilminskiy, V.V. Velyaminov-Zernov, V.V. Bartold, Ye.E. Bertels, S.N. Ivanov, N.I. Konrad, M. Belen, Pave de Kurteyl, E. Braun va boshqa sharqshunoslar Alisher Navoiyning faoliyati va merosi bilan shug’ullandilar.Turkistonda 20-asr boshidan boshlangan, tashabbuskori jadidlar bo’lgan ma’rifiy uyg’onish Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatini o’rganishda ham o’z ifodasini topdi. 1919 yilda Toshkentda Fitrat nashrga tayyorlagan “Insoniyat haqinda Navoiyning fikri” nomli risolasi bosilib chiqdi. Bu kitobcha Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonining “Salotin bobida” (“Sultonlar haqida”) degan qismidan parcha edi. Shundan so’ng Alisher Navoiy ijodini o’rganish va ommalashtirish keng tus oldi. Adabiyotshunoslik fanining navoiyshunoslik sohasi yuzaga keldi. Bu sohada olimlar va adiblardan Oybek, O. Sharafiddinov, S. Ayniy, V. Zohidov, Izzat Sulton, A. Qayumov, P. Shamsiyev, H. Sulaymonov, N. Mallayev, S. G’aniyeva, A. Hayitmetov, A. Abdug’afforov, A. Rustamov va boshqalar salmoqli ishlarini amalga oshirdilar, Alisher Navoiy ijodi bo’yicha o’nlab nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari yozildi. Yozuvchi Oybek “Navoiy” romanini, Izzat Sulton “Navoiyning qalb daftari” hujjatli qissasini, Mirkarim Osim hikoyalar turkumini yaratdi. Ayniqsa, keyingi 50 yil navoiyshunoslikda sermahsul yillar bo’ldi. Alisher Navoiy asarlarining mamlakatimiz kitob fondlari va chet ellardagi kutubxonalarda saqlanayotgan deyarli barcha nodir nusxalar o’rganildi. Alisher Navoiyning ko’pgina asarlarining ilmiy tanqidiy matni ishlab chiqildi. “Devoni Foniy” va boshqa asarlarining nodir nusxalari topilib, nashr etildi. 20-asrda Alisher Navoiyning chinakam sahnaviy hayoti boshlandi. Izzat Sulton va Uyg’un “Alisher Navoiy” dramasini (1945, 1948), I. Mahsumov bastakorlar Yu. Rajabiy va S. Jalil bilan hamkorlikda “Navoiy Astrobodda” musiqali dramasini (1967) yozdilar. Alisher Navoiy obrazi kinoekranda ham mujassamlashdi. Alisher Navoiy dostonlari asosida yaratilgan “Farhod va Shirin” musiqali dramasi (1937), “Layli va Majnun” operasi (1942), “Suhayl va Mehri” baleti (1967), “Dilorom” operasi (1958), “Iskandar” dramasi (1991) teatr san’atining eng yaxshi asarlaridan bo’lib qoldi.

Biroq, qariyb bir yarim asr davom etgan mustamlakachilik davrida, ayniqsa sho’ro tuzumi davrida madaniy merosimizni xalqimizga yot mafkura qolipiga solib talqin qilishga urinishlar bo’ldi. Bu hodisa Alisher Navoiy ijodiga munosabatda ham o’z ifodasini topdi. Uni yo’qsillarning do’sti, mulkdorlarning muxolifi qilib ta’riflashga intilishdi. Jahon adabiyotining durdonasi bo’lgan asarlaridagi (mas. “Hayrat ul-abror” dostonidagi) ajoyib boblar qisqartirib nashr etildi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi Allohga imon keltirgan, Qur’oni karimdagi har bir oyatni muqaddas deb bilgan, naqshbandiya tariqatini qabul qilgan adib va mutafakkirning hayoti va ijodidir. Uning ijodi mohiyatini anglab yetmoq uchun din tarixini yaxshi bilgan, Qur’oni karimni o’qib, ma’nosini anglab yetgan kishi bo’lish kerak. Sho’ro tuzimida esa diniy ilmlarni targ’ib qilish ta’qiqlandi. Shu bois, garchi navoiyshunos olimlar shoir ijodini targ’ib qilish bo’yicha ancha ishlar qilgan bo’lsalar ham, Alisher Navoiy ijodi ko’pchilik kitobxonlar uchun tushunarsiz bo’lib qoldi.

Mustaqillik bizga barcha qadriyatlarimiz qatori Alisher Navoiy merosini o’rganishning keng ufqlarini ochdi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib o’rganish imkoniyati yuzaga keldi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’i barpo etildi va bu bog’ o’rtasida shoirning salobatli haykali qad ko’tardi.

Shoirning 20 jildli mukammal asarlar to’plami nashr etila boshlandi (2000 yilga qadar 16 jild chop etildi). Mamlakatimizda Alisher Navoiy xotirasi yuksak darajada e’zozlanadi. Mutafakkirning nomi bilan ataladigan joylar:

1.Navoiy viloyati.

2.Navoiy shahari.

3.Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti.

4.Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi.

5.O’zbekiston FA Til va adabiyot instituti.

6.Toshkent shahridagi Adabiyot muzeyi.

7.Toshkent shahridagi Katta akademik opera va balet teatri.

8.Toshkent shahridagi San’at saroyi.

9.Toshkent shahridagi metro bekati, o’nlab ko’chalar va jamoa xo’jaliklari uning nomi bilan atalgan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlab haykaltaroshlar, rassomlar va bastakorlar asarlar yaratishgan. Har yili Alisher Navoiy tug’ilgan kun - 9 fevralda ilmiy-an’anaviy konferensiya o’tkazilib, Alisher Navoiyning merosini o’rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaladi.

Mustaqillik munosabati bilan xalqimiz mafkuralashgan tuzumning ta’siridan ozod bo’ldi. Tilimiz, dinimiz, milliy an’analarimizni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Alisher Navoiyning merosi milliy ma’naviyatning ulkan bir boyligidir. Shu bois mutafakkirning merosini pedagogika va mustaqillik mafkurasi uyg’unligida o’rganish davr talabidir.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Navoiy merosi bus-butunligi ma’rifatga yo’g’rilgan asarlardir. Ularni har bir kishi yoshligidanoq o’rganib borishi lozim. Shu maqsadda maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda Navoiy ijodiga murojaat qilish maqsadga eltuvchi eng to’g’ri yo’l hisoblanadi. Tarbiya vositalarining eng yuqori o’rinlaridan Navoiy asarlarining joy olishi quvonarli holdir.

Bu holning tarbiya maskanlarining dastlabkilaridanoq bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshishi Navoiy asarlarini o’rganishning dastlabki bosqichlaridan sanaladi.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi. U sog’lom, rivojlangan barkamol bolani shakllantiradi, unda bilim olishga intilishni paydo qiladi, tizimli o’qishga tayyorlaydi. Olti-yetti yoshdagi bolalarda maktabgacha tayyorlash davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilada amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim uni egallash shakli va uslubidan qat’iy nazar, quyidagi vazifalarni hal etadi:



  • bolani maktabda o’qish uchun maqsadli va tizimli tayyorlash, ularning individual iste’dod va qobiliyatini rivojlantirish;

  • bolani milliy va umumbashariy odob-axloq hamda madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, aqliy rivojlantirish;

  • yuksak ma’naviyat va odob-axloq asoslarini shakllantirish;

  • bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash.

Maktabgacha ta’lim muassasalari. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ota-onalar va jamiyatga jismoniy sog’lom, barkamol rivojlangan, bolalarni maktabda o’qishga tayyorlashga yordamlashishi lozim.

Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarning demografik, iqtisodiy va boshqa xususiyatlarni hisobga olingan holda tashkil etiladi. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarida darslar davlat tili, shuningdek, tegishli hududlarda yashayotgan boshqa tillar – qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz va qozoq tillarida o’tiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning faoliyati yo’nalishiga muvofiq quyidagi turlarga bo’linadi:


  • bolalar yaslilari, bolalar yasli-bog’chalari, bolalar bog’chalari, uydagi bolalar bog’chalari (ham mustaqil muassasa, ham filial sifatida);

  • maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim muassasasi (bolalar bog’cha-maktabai); tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir qancha yo’nalish bo’yicha (til, badiiy-estetik, sport va hokazo) tayyorlaydigan maktabgacha ta’lim muassasasi;

  • faoliyati tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarni malakali tuzatishga qaratilgan bolalar bog’chasi;

  • tibbiy-gigiyena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish orqali kuch-quvvati zaif bolalarni nazorat qiladigan va sog’lomlashtiradigan bolalar bog’chalari;

  • birlashgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashgan bog’cha tarkibiga turli xil umumiy rivojlantiradigan, nuqsonlarni tuzatadigan va sog’lomlashtiradigan guruhlar kiradi).

Maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va unda bolalarning bo’lish muddati maktab ta’lim sifati va darajasiga davlat talablari, ustav, maktabgacha ta’lim muassasasi va ota-onalar, shuningdek, muassislar (mulkdorlar) o’rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi.

Rivojlanish va sog’ligida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi.

Navoiy asarlarini maktabgacha yoshdagi bolalarda o’rganish jarayonida ularni yosh xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Chunki bola ongi aytilayotgan narsalarni fahmlab olishi zarur. Shuning uchun biz tajriba-sinov ishlarimiz jarayonida katta guruhga murojaat qildik. 5-6 yoshli bolalarning psixologiyasiga alohida e’tibor berishni lozim topdik.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi;

  • bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqyelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar;

  • rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;

  • kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.

Guruh tarbiyachisi har bir bolaning psixologiyasini, uning nimaga qiziqishini, unga qanday ta’sir etish yo’llarini bilishi zarur. Navoiyning ma’rifiy qarashlarini bolaga o’rgatish chog’ida mana shu bilganlari asqotadi.

Pedagog olimlardan O.Musurmonova, M.Ochilov, R.Mavlonova, M.Quronov, M.Inomova, S.Nishonova, U.Mahkamov, N.Ortiqov, J.Hasanboyev, S.Hasaniy, S.Rahimov, O.Hasanboyeva va boshqa bir qator olimlar milliy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlarimizning yoshlar ta’lim va tarbiyasini takomillashtirishdagi o’rnini belgilab berishda salmoqli hissalarini qo’shdilar.

Alisher Navoiy merosini pedagogik jihatdan o’rganish respublikamizda I.Hasanxo’jayev, A.Zunnunov, X.Hamrayeva, K.Abdullayev, A.Hasanova, G.Rahimova, A.Abdumannotovlar tomonidan amalga oshirilgan.

Jumladan, A.Abdumannotov “Alisher Navoiy merosi asosida boshlang’ich sinf tarbiyalanuvlarining ma’naviy tushunchalarini shakllantirish” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. Olim Navoiy asarlaridagi boshlang’ich sinf tarbiyalanuvlarining ma’naviyatini shakllantiradigan jihatlarini ko’rsatib bergan. Boshlang’ich sinf tarbiyalanuvlari va maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi bir-biriga yaqin bo’lganligi bilan ta’lim jarayoni bir-biradan tubdan farq qiladi.

Navoiy ijodi bebaho xazina. Undan imkon qadar tezroq foydalanish lozim. Shuning uchun bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq Navoiy merosi bilan bolalarni tanishtirish, ularni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash muhim masalalardan bir sanaladi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa