O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
HOZIRGI ZAMON O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASIDA
AMIR TEMUR OBRAZI
(A.Oripov, A.Samad, O.Yoqubov, Ma’ruf Jallil ijodi misolida)
Malakaviy bitiruv ishi
Bajaruvchi: S.KATTAEVA
Ilmiy rahbar: dots. A. Soliyev
Malakaviy bitiruv ishi hozirgi zamon o’zbek adabiyoti kafedrasida bajarildi.
Kafedraning 2012-yil 28 maydagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga
tavsiya etildi (bayonnoma № 10)
Kafedra mudiri: dots. A.H.Nosirov
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2012-yil ___iyundagi majlisida himoya
qilindi
va ___foizga baholandi (bayonnoma № __)
YaDAK raisi:
A’zolari:
Samarqand – 2012
2
M U N D A R I J A
1. KIRISH……………………………………………………………..4
2. BIRINCHI BOB. Dramaturgiyada Amir Temur obrazini yaratishga
bo’lgan intilishlar…………………………………………………..11
3. IKKINCHI BOB. O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazining
yaratilishi:
A) Asror Samad va Ma’ruf Jalil ijodida Amir Temur obrazi…………23
B) A.Oripov va O.Yoqubov dramalarida Amir Temur obrazi ifodasi..34
4. XULOSA………………………………………………………….48
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..51
Bajardi: Kattayeva S.
Ilmiy rahbar: Soliyev A.
3
MAVZU: MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASIDA
AMIR TEMUR OBRAZI
(A.Oripov, A.Samad, O.Yoqubov, Ma’ruf Jallil ijodi misolida)
REJA:
1. KIRISH. Amir Temurning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va uning badiiy
adabiyotda aks etishi, bitirish ishining maqsadi
3. BIRINCHI BOB. Dramaturgiyada Amir Temur obrazini yaratishga
bo’lgan intilishla
3. IKKINCHI BOB. O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazining
yaratilishi:
A) Asror Samad va Ma’ruf Jalil ijodida Amir Temur obrazi
B) A.Oripov va O.Yoqubov dramalarida Amir Temur obrazi ifodasi
4. XULOSA
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
4
K I R I S H
Amir Temur Vatanimiz tarixida va ijtimoiy hayotda o’ziga xos va faxrli
o’rinda turadi. Rasmiy manbalarda Temurning bolaligi va yoshligi to’g’risida
ma’lumot yo’q, biroq ayrim muarrixlar u to’g’risida ba’zi tafsilotlarni xabar
qilishadi.
Temur Qoshqadaryo viloyatiga qarashli Shahrisabz yaqinidagi Xo’jailg’or
qishlog’ida barlos beklaridan bo’lgan Tarag’ayning oilasida 1336 yilda dunyoga
keladi. Bolaligidan tengqurlari orasida ta’siri kuchli bo’lgan. Yoshligidayoq harbiy
ishni yaxshi o’rganib, Mavaraunnahrda bo’lib turgan o’zaro urushlarda
qatnashgan. Asta-sekin u atrofiga o’ziga xayrixoh askarlarni to’playdi. Uning
to’plagan lashkari kichik bo’lishiga qaramay, jasurligi bilan tanila boshlaydi.
Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga
bosqinchilik yurishlari qilganda o’zaro urush qilayotgan xonu beklar unga qarshilik
ko’rsata olishmadi. Yosh Temur ham bunga jur’at qilolmadi, aksincha, uning
xizmatiga kirdi. Mo’g’uliston xoni Xurosonga qochgan Hoji Barlos o’rniga 25
yoshli Temurni Shahrisabz tumaniga hokim qilib tayinladi. Tug’luq Temur
Mo’g’ulistonga o’g’li Ilyosxo’jani hukmdor qilib tayinlab, Movarounnahrni ham
uning mulkiga qo’shganida esa, Temur Ilyosxo’jaga xizmat qilishdan voz kechadi.
Temur 1361-1365 yillarda Qozag’onning nabirasi Husayn bilan aloqa bog’laydi.
Husaynning singlisi O’ljoy Turkon oqa Temurning sevimli xotiniga aylanadi.
Temur Husayn bilan birga turkmanlar ustiga va Seyistonga qilingan yurishlarda
5
qatnashadi. Seyistonda Temur o’ng qo’li va o’ng oyog’idan yaralanadi. Oqsoqlanib
qoladi, shundan Temurlang, ya’ni oqsoq Temur degan laqab oladi.
Tug’luq Temurning Movarounnahrdan quvilgan o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yilda
katta qo’shin bilan bostirib keladi. Husayn bilan Temur qo’shin tayyorlab, uni
Chinozda Toshkent yaqinida kutib olishdi. Bu yerdagi muhoraba «loy jangi» degan
nom oldi. Hal qiluvchi lahzada Husaynning qo’shini qat’iyatsizlik qildi va g’alaba
boy berildi. Husayn bilan Temur qolgan qo’shini bilan avval Samarqandga, keyin
Balxga chekinishdi. Hukmdorlarning Balxga chekinishi, dushmanga Samarqand
yo’lini ochib berdi.
Biroq Mo’g’ullar bostirib kelayotganini eshitganda Samarqand aholisi
g’alayonga keldi. Sarbadorlar (Eronda vujudga kelgan mo’g’ullarga qarshi harakat
tarafdorlari o’zlarini «sarbador», ya’ni «boshi dorga tikilganlar» deb atashardi),
xalqni kurashga chaqira boshlashdi. Ular orasida Samarqand madrasasining
talabasi Mavlonazoda, sobiq paxta savalovchi Abu Bakr Qalaviy va mohir
kamonboz Xudeki Buxoriylar alohida ajralib turishardi. Mavlonazoda jome
masjidiga to’plangan 10 mingga yaqin aholiga murojaat qilib, islom va xalqni
mo’g’ullardan himoya qilishga da’vat etdi.
Oddiy xalq sarbadorlarni qo’llab-quvvatladi. Ko’chalarga g’ovlar qurilib,
kamonchilar va otliq jangchilar tayyorlandi, hujumni qaytarish rejasi ishlab
chiqildi.
«Mo’g’ullar bu tuzoqni kutishmagandi, shu sababli kamon o’qlari va toshlari
yomg’iri ostida ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 100, boshqa ma’lumotga ko’ra 2000
odamni yo’qotib qaytib ketishlariga to’g’ri keldi»
1
.
Shundan so’ng mo’g’ullar otlarida o’lat boshlanadi. Shundan ular
Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi.
Bu ishlardan xabar topgan Husayn bilan Temur o’zlarini sarbadorlardan
mamnun qilib ko’rsatishdi va Samarqandga shoshilishdi. Keyin ularni
qarorgohlariga chaqirib ziyofat berishgach, ertasiga ularni yo’q qilib tashlashdi.
Biroq Husayn Mavlonzodani o’ldirmoqchi bo’lganida, uni Temur saqlab qoladi.
1
Ўзбекистон халқлари тарихи. Икки жилдлик, 1-жилд.– Тошкент.: «Фан», 1992
.
154-
б.
6
Husayn Temurning obro’-e’tibori osha borganini ko’rgach, undan xavfsiragan
holda, Temurni yo’q qilish payiga tushadi. Husayn o’ziga qarashli Balx shahrini
mustahkamlab, yangi istehkomlar qurishga kirishdi. Temur oldinroq harakat qilib,
unga hujum qildi. Chorasiz qolgan Husayn afv etishni so’radi. Lekin Temur
ittifoqchilaridan biri Husayndan o’ch olish maqsadida, Temur uni yo’q qilishga
qaror qilishiga erishadi.
1370 yili Balxning olinishi va Husaynning o’ldirilishi Temurning hayotida
hal qiluvchi voqyealar bo’ldi. Balx olinishidan avval Temurning huzuriga
makkalik shayx Baraka kelib, unga hokimiyat ramzi bo’lgan nog’ora va bayroqni
topshirdi, kelajagi buyuk bo’lishini bashorat qildi va keyinchalik bir umrga piri
bo’lib qoldi.
Amalda hukmron bo’lsa ham Temur o’zini chingiziylarning chig’atoy
sulolasi vakili Suyurg’otmishga tobe xon deb bildi. Qo’shin sarkardalarining
qurultoyi esa Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori deb e’lon qildi.
Termizlik musulmon shayxlar Temurni tan olishdi. Temur ham ular bilan
do’stona munosabat o’rnatdi.
Temur mukofot tariqasida qo’shiniga Balxni talashga ruxsat berdi, ona
shahri Kesh (Shahrisabz)ga qaytganida ham qo’shiniga mukofot tarqatdi.
Asosiy siyosiy vazifa Movarounnahrni birlashtirishdan iborat ekanligini
tushungan Temur yaqin kishilaridan biri amir Dovudni devonbegi, ya’ni vazir qilib
tayinladi. Tumanlarga tayangan holda yangi tumanboshilarni belgiladi.
1370 yili Temur Keshdan Samarqandga ko’chib o’tib, mustahkam devorlar,
shahriston va saroy qura boshladi. Bular shaharni mo’g’ullar vayron qilganidan
keyin o’tgan 150 yil mobaynida qurilgan dastlabki binolar edi. Temur
Samarqandni Movarounnahr birlashuvini ko’ra olmaydiganlarning hujumiga
bardosh bera oladigan qilib mustahkamladi.
Ko’chmanchi mo’g’ul-turk qabilalaridan jaloyir, barlos, suldus va
boshqalarning bo’ysunmas boshliqlarini bo’ysundirish uchun qattiqqo’l hokimiyat
kerakligini Temur yaxshi tushunardi. Bu borada uni shaharlarning o’troq aholisi,
dehqonlar va ruhoniylar qo’llab-quvvatlashdi.
7
Temur davlat faoliyatini harbiy yurishlarga qo’shib olib borardi. Shu tariqa
Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, Farg’ona va Shosh viloyatlarini tezda
birlashtira oldi.
Xorazm masalasi murakkabroq bo’ldi. Shimoliy Xorazm Oltin O’rda
tarkibiga kirar, Janubiy Xorazm esa Chig’atoy ulusiga qarashli edi. 1359 yili Oltin
O’rdadagi g’alayonlardan foydalanib Xorazm mustaqil bo’lib oldi va uni qo’ngirot
qabilasidan So’fiylar sulolasi boshqara boshladi. Husayn So’fiy Xorazimni
birlashtirishga urinib Qiyot bilan Xivani (janubiy qismini) bosib oldi.
1372 yili Temur Husayn So’fiydan janubiy Xorazm viloyati va shaxarlarini
qaytarishni talab qildi, keyin qo’shin tortib kelib o’zi qaytarib oldi.
Shu yili Husayn vafot qildi, ukasi Yusuf So’fiy Qiyotni bosib oldi. 1373-
1374 yillari Temur Xorazmga ikkinchi marta yurish qildi.
Ana shu ikki yurish natijasida Xorazm Temur davlatining tarkibiga kirdi.
Keyinroq Oltin O’rda xoni To’xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli Temur
Xorazmga yana uch bor yurish qildi.
Oltin va Oq O’rdadagi voqyealarni Temur diqqat bilan kuzatib borardi.
1360-1380 yillarda Oltin O’rdada amir Mamayni hisoblamaganda 25 ta xon
almashindi. Oq O’rda Oltin O’rdaning ishlariga aralashib turardi. 1396 yili qulay
vaziyat tug’ildi – Oq O’rdaning o’ldirilgan o’zbek amiri o’g’li To’xtamish Temur
huzuriga kelib, xizmatini taklif etdi. Oq O’rda taxti uchun kurashda Temur
To’xtamishga ikki marta qo’shin va boshqa narsalar bilan yordam bergan, ammo
To’xtamish yengilgandi. Endi Temurning o’zi Oq O’rdaga yurish qildi va 1379 yili
To’xtamish taxtga o’tirdi. Biroq u Temurga tobe bo’lmay, Oltin O’rdani
birlashtirish siyosatini olib bora boshladi. 1380 yili Dmitriy Donskoy Mamayni
tor-mor qilganidan keyin To’xtamish Oltin O’rda xokimiyatini egallab, uni Oq
O’rda bilan birlashtirdi.
To’xtamish Kavkazorti, Ozarbayjon, Tabrizga yurish qildi, Temur
yo’qligidan foydalanib, 1388 yili Movarounnaxrga hujum qildi, Xorazm hukmdori
Sulaymonni qo’zg’olonga unday boshladi.
8
1388 yili Temur Urganchni egallab Sulaymonni va So’fiylar sulolasini
yo’qotdi, Urganch aholisini Samarqandga ko’chirib, shaharni yer bilan tep-tekis
qilib, o’rniga arpa ekishni buyurdi. Temur qo’shini shaharni 10 kun mobaynida
taladi. Ko’plab hunarmandlar Movarounnahrga ko’chirildi lekin shaharda har qalay
bir qancha ajoyib binolar saqlanib qoldi. 1391-yili Temur shaharni tiklashni
buyurdi, ammo faqat bitta dahani tiklash mumkun bo’ldi, xolos.
Shunday qilib, 1390 yili O’rta Osiyoning butun hududi (Yettisuv va Sirdaryo
manbaidan tashqari) Temurning qo’l ostida birlashdi.
1389, 1391 va 1394-1395 yillari Temur To’xtamishga qarshi uch marta
yurish qildi, ora-orada Eron, Kavkaz, Rusning janubiy chegaralariga qo’shin tortib
turdi, Movarounnaxrni mustahkamladi.
1391 yili Temur 200 ming kishilik qo’shin bilan hozirgi Qozog’iston
cho’llariga yo’l oldi. 18 iyun kuni u hozirgi Samara va Chistopol shaharlari
oralig’idagi Qunduzcha degan joyda To’xtamishni tor-mor qildi.
To’xtamish 1395 yili Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi vodiysida ham
mag’lubiyatga uchradi. Shundan so’ng Temur poytaxt Saroy-Berkani bosib taladi
va o’t qo’ydi, ko’plab moddiy boyliklarni qo’lga kiritdi, asirlarni olib ketib qulga
aylantirdi. Hoji tarxon (Astraxan), Qrimdagi Kafa, Azak (Azov) shaharlari va
Shimoliy Kavkaz ham o’sha vaqtda shikaslangan. Halokat shu qadar kuchli ediki,
bu shaharlar yuz yildan keyin ham tiklana olmadi.
Sarroyning 1395 yilgi halokati 1380 yildan keyingi yakunlovchi zarba
bo’ldi. Shundan so’ng Oltin O’rda o’zini o’nglay olmadi. Zamondoshlar
Temurning Rus uchun bu xizmatini baholay olishmadi, rus yilnomachilari Janubiy
Rusning bir qancha shaharlarini vayron qilgani uchungina u haqida nihoyatda
salbiy fikr bildirishadi.
Biroq Oltin O’rda bilan kurash O’rta Osiyoni birlashtirish maqsadida olib
borilgan bo’lsa, Eron va Kavkazortiga yurishlar talonchilikdan nariga o’tmadi.
1381 yili Hirotda yurishi vaqtida Temur shaharni yer bilan yakson qildi,
1383 yili Kurtlar sulolasi ag’darib tashlandi. 1381 yili sarbadorlar davlati barham
9
topdi. 80-yillar o’rtasida Seyiston va Xuroson Temur davlati tarkibiga qo’shib
olindi, keyin Eron butkul zabt etildi.
1400 yili Temur Turkiya sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash
olib borib, Kichik Osiyo va Suriyada (Halab-Aleppo) ko’plab shaxarlarni bosib
oldi.
1402 yili Anqara yaqinida Boyazidni tor-mor qilib, o’zini asirga oladi.1404
yili Temur Xitoyga yurish qildi, biroq 1405 yil boshlarida Temur vafot etishi
munosabati bilan bu yurish yakunlanmay qoldi.
Temurning maqsadi bu xil yurishlarning o’zigina emasdi, u mo’g’ul
istilosiga qadar mavjud bo’lgan eski savdo yo’llarini tiklash orzusida edi, afsuski
orzui ro’yobga chiqmadi.
«Temur tuzuklari»da shunday satrlarni o’qiymiz:
«Menga bo’ysungan yangi davlatlarda hurmatga loyiq odamlarga hurmat
ko’rsatdim. Men payg’ambar avlodlariga, qonun targ’ibotchilariga, olimlar va
keksalarga nisbatan buyuk hurmat hamda ehtirom bilan munosabatda bo’ldim;
ularga nafaqa (pensiya) belgiladim. Bu mamlakatlarning badavlat kishilari og’a-
inimdek, yetim-yesir va kambag’allari esa bolalarimdek bo’lib qoldi. Mag’lub
bo’lgan mamlakat qo’shinlari mening qo’shinlarimga qo’shilardi. Men bu
mamlakatlarda xalq hurmatini qozonishga harakat qildim. Shunga qaramasdan
fuqaroni qo’rqinch va umid orasida saqladim. Yaxshilarga, ular qaysi millatdan
bo’lishilaridan qat’i nazar, men ham yaxshilik qildim; g’arazli kishilar va sotqinlar
esa mening davlatimdan quvildi. Qo’rqoq va pastkash odamlarga o’zlariga loyiq
ishlar topshirdim hamda ularni ma’lum chiziqdan chiqishlariga yo’l bermadim...
Menga tobe hamma mamlakatlarda adolat eshigi ochiq edi. Shu bilan birga
o’g’irlik va talonchilikning barcha yo’llarini bekitishning choralarini ko’rdim.
...Barcha ishlarda, bu ishlar qaysi o’lka xalqiga taalluqli bo’lmasin,
hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni
tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag’allar ulardan nafaqa olib
turardilar»
2
.
2
Темур тузуклари. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нащриёт-матбаа бирлашмаси, 1991. – Б. 94.
10
Albatta, biz bu o’rinda tarixiy manbalarga tayangan holda Amir Temur
hayot yo’liga nazar tashlashga muyassar bo’ldik. Bu badiiy asar talqini bilan hayot
haqiqatini solishtirganda qo’l keladi. Bizning asosiy maqsadimiz, mustaqillik davri
yaratilgan va chop etilgan dramalarda Amir Temur obrazining yaratilishida
dramaturglarning har birining o’ziga xos tomonlarini matnga tayangan holda
yoritishdir. Shu maqsadda bitirish ishimizni quyidagicha rejalashtirdik: kirish,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashqari ikki bobdan iborat.
BIRINCHI BOB. Dramaturgiyada Amir Temur obrazini yaratishga
bo’lgan intilishlar
IKKINCHI BOB. O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazining
yaratilishi:
A) Asror Samad va Ma’ruf Jalil ijodida Amir Temur obrazi.
B) A.Oripov va O.Yoqubov dramalarida Amir Temur obrazi ifodasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |