81
mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kchikka ham birdek muruvvat
ko’rsatishlari, so’zlarini muloyim qilishlari maqsadga muvo-fiq ekanligiga alohida
ta'kidlaydi:
Ya'ni, ulug’liginga yarasha yaxshiroq bo’lib, kattaga, kichikka so’zin-gni silliq,
muloyim qil.
Adib do’st hamda dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilarni do’st tutish,
badxulq kishilardan uzoqroq yurish, do’st tanlashda xato qilmaslik kerakligini
ta'kidlaydi.
Ayo edgu umgon esizlik qilip, Tikan eylagan er uzum bichmas ul.
Ya'ni: Ey, yomonlik qilib yaxshilikdan umidvor bo’luvchi, tikan izgan (qidirgan)
kishi hech vaqt uzum uzmaydi.
Ayrim tadqiqotchilar Ahmad Yugnakiy asarlarida zamondan norozi-lik
kayfiyatlari mavjudligini aytadilar. Lekin adibning asarlaridagi quyidagi misralar
mazmuni uning zamondan emas, ba'zi kishilardan, ularning xatti-harakati va
xulqidan norozi ekanligini ko’rsatadi. Chunonchi:
Yirarsan zamonangni xalqin qo’dib, Zamonangni yirma, kishisin yir.
Ya'ni: Xalqingni qo’yib zamonangni ayblama, zamonangni emas, bal-ki kishilarni
aybla.
Shuning uchun ham alloma kishilarga yaramas ishlar
qilmaslik, tinch va farog’atda
yashash, halol bolish, ochko’z - suq bo’lmaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy
pand-nasihatlar beradi.
Ahmad Yugnakiy ham o’zining insonni kamolga etkazish borasidagi qarashlari
bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U «Hibat ul-haqoyiq» asarida
komil insonni shakllantirishning o’ziga xos sistemasini yaratdi.
Ahmad Yugnakiy tomonidan asoslangan barkamol insonni shakllantirish
sistemasi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: yuksak darajada nazariy va amaliy
bilimlarni egallash, til va so’z odobiga rioya etish, o’zida halollik, rostgo’ylik,
kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlarni namoyon eta olish, vafodor do’st
bo’lish. Allomaning nuqtai nazariga ko’ra, o’zgalar sirini saqlay olish, kamgaplik har bir
so’zni o’z o’rnida va lozim topilgandagina so’zlash, yuqori mansab yoki mavqega
ega bo’lganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsata olish kishining
obro’siga obro' qo’shuvchi sifatlar bo’libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy
munosabatlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan salbiy
holatlarning oldini oladi. Insonda baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, ikkiyuzlamachilik,
takabburlik, zolimlik, jaholat, tanballik, shoshqaloq-lik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko’p
gapirish va hokazo xislatlarning mayjud-ligi esa kishilar o’rtasida adovat, o’zaro
urush-janjallarning kelib chiqishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini Ahmad
Yugnakiy alohida qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: