85
mazmunida ustozning o’z shogirdiga kurash sirlarini o’rgatishi hikoya qilinadi:
«Bir odam kurash san'atida zo’r mahorat qozondi, u uch yuz oltmish hiylani bilar va
har kuni bir hiylani ishlatib, kurashar edi. Shogirdlaridan biriga... uch yuz ellik
to’qqiz hiylani o’rgatdi. Ammo bir hiylani o’rgatishni har turli bahonalar bilan
paysalga solib yurdi.
Xulosai kalom, shogird qudrat va san'atda kamolotga erishdi. ...bir kuni u
podshoh huzurida dedi: «Ustozimnnig faqat birgina afzalligi bor, u ham bo’lsa, uning
yoshi ulug’ligi va menga tarbiya berganligidir. Yo’qsa, kuchda ham, mahoratda ham
men undan qolishmayman!»
Sa'diyning ta'lim va tarbiya masalalari borasidagi qarashlari hayotiy hamda amaliy
ekanligi bilan e'tiborga sazovor. Xususan, alloma talim olish yoki yoshlar tarbiyasini
tashkil etishning biror jihati xususida so’z yuritar ekan, ayni o’rinda bu borada
yo’lga qo’-yiluvchi faoliyatning uslubini ham bayon etadi:
Xushxulq kishiga qattiq gapirma, Sulh istab kelsa, jangga chaqirma, Rahmdillik
odamga oliy xulq, ammo, Dilozor yarasiga qo’ymagil malham. Aylama rahm-shafqat
ilon-chayonga, Bundan ozor topar farzandi odam.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar mazmunidan anglashiladiki, Muslihiddin Sa'diy
ham, boshqa allomalar kabi, insonni Olloh yaratgan eng oliy mavjudot, deya e'tirof
etadi. Biroq insonning oliy mavjudotligi qachonki uning yuksak darajadagi insoniy
fazilatlarni o’zida namoyon eta olgandagina tan olinishini ta'kidlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Muslihiddin Sa'diy «Guliston» asarida inson kamolotining
asosiy omillari sanalgan ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy kamolotga erishishning
inson hayotidagi ahamiyati, ilm o’rganishning o’ziga xos afzalliklari, muayyan kasb
yoki hunar o’rganishning o’ziga xos jihatlari, insonda axloqiy sifatlarni tarbiyalash
masalalari xususida so’z yuritadi. Allomaning fikricha, quyidagi fazilatlarni o’z
qiyofasida mujassam eta olgan insongina haqiqiy ma'noda komil, etuk inson sanaladi:
bilimli, mehnatsevar, karatar, oliyjanob, himmatli, saxovatli, saxiy, shijoatli,
g’ayratli, qafiyatli, mard, jasur, jismonan kuchli, to’g’riso’z, bergan va'dasiga
vafodor, adolatli, do’stga sodiq, o’z kuchi va mehnatiga tayanib ish ko’ruvchi...
Mutafakkir tomonidan ta'lim-tarbiya masalalariga bag’ishlab yaratilgan asarlarda
ilgari surilgan g’oyalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Ular
pedagogik fikr taraqqiyotida o’ziga munosib o’ringa egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: