(Agar) dunyo beglari ichimlikka (maishatga) berilsa, El va xalqning dardlari
(qismati) achchiq bo’ladi. Jahongir kishi aysh-ishratga mahliyo bo’lsa, Elini buzadi
(xarob qiladi), o’zi (esa) tilamchi Boiib qoladi.
Yusuf Xos Hojib takabburlik, mag’rurlanish, kekkayishga kamtarlik,
xushsuxanlik, xushfellilikni qarshi qo’yadi. Amaldorlarga xoh katta, xoh kichik
bo’lsin, balandhimmatli, muruvvatli bo’lish, samimiylik xos fazilat ekanligini alohida
ta'kidlaydi. Insonning haqiqiy boyligi uning ko’z va ko’ngil to’qligi, deb baho beradi.
Zero, ochko’zlik, ta'magirlik insonda poraxo’rlik kabi yomon illatning tomir otishiga
olib keladi, deydi.
Yusuf Xos Hojib oilaviy-maishiy turmush ikir-chikirlariga ham katta e'tibor
beradi. U kishilarni o’ylab oila qurishdan farzand tarbiya etish, oilaning moddiy
ta'minotini yuritishgacha bo’lgan eng ezgu zaruriy vazifalarni birma-bir bayon
etadi. Yigitlik va keksalik fasllari haqida ham fikr yuritib, yigitlikni ehtiyot qilish,
yigitlik davrida qarilikning g’amini eyish, bu to’g’rida qayg’urish kabi zaruriy
narsalar haqida tavsiyalar beradi.
Olim insonning turli marosimlar, yig’inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o’zini
tutishi, xulq-odob qoidalariga rioya etishi haqida fikr yuritib, mehmon va
mezbonlik qoidalari, shartlari, tartib-intizomlari haqitla mu-him o’gitlar beradi.
Masalan, «Qutadg’u bilig»dagi elchilar (diplomatlar) huzurida, shohlar saroyida, to’y
va aza marosimlari kishi o’zini qanday tutishi, odobi masalalari hozirgi davrda ham
o’ta dolzarbdir.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarini yozishda Sharqda keng yoyilgan o’git-
nasihat janriga doir asarlarga tayanib ish ko’rsa ham mulohazalarni bayon etishda
hayotiy dalillarga ko’proq murojaat etadi. Masalan, insonga yaxshilik bilan
yomonlik qilishning oqibatlarini quyidagicha bayon etadi:
o’zingezgu bo’lsang, oting maqtovga loyiqdir, Agar yomon bo’lsang, tahqirga
mahkumsan, ey latif. Tuban Zahhok ne tufayli tahqirga loyiq bo’ldi, Baxtli Faridun
qanday qilib madhga sazovor boidi. Biri ezgu edi, uni madh qildilar, Biri yomon
edi, uni so’kdilar.
Demak, ezgulik va essizlik bu o’rinda qiyos etiladi.
Shunday qiyosni biz yaxshilik bilan yomonlik, rost bilan yolg’onchi-lik, yorug’lik
bilan ziyo, samimiylik bilan quvlik, kamtarlik bilan takabburlik, bilimlilik bilan
johillik, saxiylik bilan baxillik va boshqa juda ko’p axloqiy xislatlar
taqqoslanganda ham ko’ramizki, bu uslub muayyan maqsadni amalga oshirishda
muhim ahamiyatga ega.
Yusuf Xos Hojibning o’zi kishilarga munosabatda o’rtacha yo'1 tutishni tavsiya
etadi. Shunda do’st dushmanga aylanmaydi, ezgu ishlar amalga osha boradi.
«Qutadg’u bilig»da yana jumboqlarni echish usullaridan ham foydalanilgan. Bu
uslub o’quvchini asarga qiziqtiradi, uni o’qimishli qiladi. Hozirgi davrda bu
muammoli talim deb yuritiladi. Ammo bizda jumboq-muammoli ta'lim o’ziga xos
xususiyatga ega. Masalan, asardagi Kuntug’mish (Elig) bilan Oyto’ldi
munozarasini olaylik.
Bu munozarada olim quyidagi fikrni ilgari suradi: Elig Oyto’ldiga o’rin berganda
o’tirmagan, «Xon yonida menga o’rin yo'q», - degan edi. Erga koptok qo’ygani va
unga o’tirgani bilan Oyto’ldi - davlat koptok kabi barqaror emas, bir joyda
73
turmaydi, degani. Elig boqqanda ko’zini yumib olgani - davlat ham ko’r kishi kabi
bo’ladi, kimga ilashsa, unga qattiq yopishib oladi, degani edi. Yuzini yashirgani esa,
barcha qilmishlarim, ya'ni davlat jafo, unga ishonma, degani, deb kishi davlat va baxtga
quvonib ketmasligi, ulardan quvonib, ortiqcha g’ururlanib ketmay, aksincha, o’zini
ehtiyot qilishi, yig’ilgan narsalarni me'yorida sarflashi, bexuda bo’lib, ichkilikka
berilmasligi, narsalarni sovurmasligi kerak deb ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har
tomonlama kamolga etkazishda yirik ta'limiy-axloqiy asardir. Shuning uchun ham bu
asar o’zining ilmiy, ma'rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |