86
Ta’kidlash lozimki, Respublika jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishini
kengaytirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori
(1999 yil 27 may) katta voqyealik bo’ldi. Unga ilova qilingan davlat dasturida
(konsepsiya) aholini ommaviy ravishda sportga jalb etish, ularga zarur shart-sharoitlar
yaratib berish, ayniqsa, eng zamonaviy sport majmualarini (kompleks) yangidan qurish
bosh vazifa qilib qo’yildi. Respublika sportchilarini xalqaro sport musobaqalariga
tayyorlash, ularning g’alabalarga erishishlari uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish,
bunda murabbiylar, mutasaddi sport tashkilotlari hamda davlat idoralari rahbarlarining
mas’uliyatlarini oshirish alohida qayd etildi.
Buyuk kelajak yosh avlodlar taqdirida bo’lishi tabiiydir. Sport olamida ham
bunday g’oya va talablar ancha ustuvor turadi. Respublikamiz sportining ravnaqini
ta’minlash yo’lida Respublika Prezidenti tomonidan «O’zbekistonda bolalar sportini
rivojlantirish» jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmoni (2002 yil 24 oktyabr) e’lon
qilindi. Farmon bo’yicha O’zRVM maxsus qaror qabul qildi va Respublika, viloyat va
tuman-shahar tashkilotlari faoliyati ishga tushdi. Uning samaralari ko’n sayin tobora
oshib bormoqda.
Ayniqsa bolalar sport mashg’ulotlarini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan moddiy-
texnik bazani kengaytirish, sport inshoatlari va jihozlarini davr talablari asosida qurish
hamda qayta ta’mirlash kabi muhim sohalarga davlat va nodavlat tashkilotlarining
faoliyatini qaratish aniq belgilangan.
Respublika Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining quyi tarmoqlarini
(viloyat, shahar-tuman) tashkil etish, ularning moliyaviy-xo’jalik yuritish faoliyatlarini
mustaqil ravishda olib borilishi jismoniy madaniyat tarixida muhim voqyelik hisoblandi.
Iqtidorli bolalarni sportga jalb etishda oila, maktab, mahalla va boshqa turli jamoat
tashkilotlarining faol va amaliy harakatlarini qaratishga keng o’rin berildi. Shu sababdan
Bolalar va o’smirlar sport maktablarning (BO’SM) tarmog’ini kengaytirish, xalqaro sport
musobaqalari, ayniqsa, Olimpiya o’yinlari dasturidagi sport turlari bo’yicha tayyogarlik
hamda tarbiyaviy ishlarni xalqaro andozalar talabi asosida olib borishga da’vat
etilmoqda.
Mazkur qaror asosida mahalliy millat qizlarini sportga qiziqtirish, ularni
tarbiyalash va Xalqaro sport musobaqalari hamda Olimpiya o’yinlarida ishtirok etishga
tayyorlash ishlari qizg’in olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda o’quvchi yoshlarning
jismoniy tarbiya darslari va sport mashg’ulotlaridagi faol harakatlarni yanada sifatliroq
o’tkazish, ularni xalq milliy o’yinlari bilan shug’ullanishlarini ta’minlash, bu yo’lda
kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mutaxassis xodimlarni tayyoarlash, ularning
malakalarini oshirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Umuman olganda, mazkur qaror
o’quvchi yoshlarning sportga qiziqishini oshirishda muhim omil sifatida tarixiy jarayonga
aylanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smirlar
sport maktablarida 2001 yilda sportning 47 ta turi va 2002 yilga kelib sportning 40 ta turi
bo’yicha seksiya va bo’linmalarda o’quvchilar shug’ullanib kelishmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi BO’SMlarda 2001 yilda
sport turlari bo’limlar soni 1351 ta bo’lsa 2002 yilga kelib 1443 taga yetgan, o’quv
guruhlar soni 2001 yilda 7062 ta 2002 yilda esa 7290 taga yetgan, o’quv-mashq qiluvchi
guruhlar soni 2001 yilda 7330 ta bo’lib 2002 yilda 8499 tani tashkil etgan, sport
mahoratini oshirish guruhlari 2001 yilda 245 ta bo’lgan, 2002 yilda 20 taga kamaygan
87
ya’ni 224 tani tashkil etgan, oliy sport mahorati bo’limida esa 2001 yilda 26 ta bo’lib
2002 yilda 30 taga yetkazilgan.
Seksiya va bo’limlarda shug’ullanuvchilar soni guruhlarning ko’payishi yoki
kamayishiga nisbatan ma’lum miqdorida o’zgargan:
1. Boshlang’ich tayyorlov guruhi 2001 yil -105973, 2002 yil-110125;
2. O’quv-mashq qiluvchi guruh 2001 yil-83605, 2002 yil-99751;
3. Sport mahoratini oshirish guruhi 2001 yil-1950, 2002 yil-1827;
4. Oliy sport mahorati guruhi 2001 yil-116, 2002 yil-143;
Bo’linmalarda shug’ullanuvchilar sonining ko’payishiga sabab boshlang’ich
tayyorlov guruhlari va o’quv mashq guruhlarida murabbiylarning ko’payishi hamda
shug’ullanuvchilarning ortishi, sport mahoratlarini oshirish guruhi va oliy sport mahorati
guruhlarning sonining oshishiga sabab sportchilarning mahoratlari oshishi yoki boshqa
jamiyatlardan qo’shilgan sportchilarning hisobigadir.
- Umuman bolalar o’smirlar sport maktablariga qisqacha ma’lumot beradigan
bo’lsak, qo’yidagilarni aniqlaymiz.
1. Bolalar o’smirlar va sport maktabi 2001 yilda 309 ta bo’lgan 2002 yilga kelib
336 tani tashkil etgan.
2. Ixtisoslashgan bolalar va o’smirlar olimpiya zahiralari sport maktablari soni
2001 yilda 32 ta bo’lgan bo’lsa 2002 yilga kelib 34 taga yetgan.
Sport maktablaridagi shtatli ma’muriy xodimlarga kelsak 2001 yilda 901 ta
bo’lgan bo’lsa 2002 yilga kelib 1006 taga ko’paygan. Shulardan oliy ma’lumotlilari 2001
yilda 689 ta bo’lgan bo’lsa, 2002 yilda 764 taga yetgan. Ulardan ayollarni
aniqlaganimizda 2001 yilda 152 ta 2002 yilda esa 158 taga yetgan.
Bolalar va o’smirlar sport maktabining sport bazalari 2001 yilda 1709 tani tashkil
etgan, 2002 yilga kelib 1405 taga kamaygan. Shulardan 2001 yilda 243 tasi xususiy
bo’lib, 1466 tasi ijaraga olingan, 2002 yilda esa 196 tasi xususiy bo’lib 190 tasi ijaraga
olingan.
Sport bazalarining kamayishi ijaraga sport inshoatlarini olish qimmatligi,
mablag’ning yetishmasligi sabablidir.
Bolalar va o’smirlar sport maktablari 2001 yilda tayyorlangan razryadli sportchilar
qo’yidagicha ifodalanadi: ommaviy razryadlar – 60970 ta, birinchi razryadlilar – 2028 ta,
sport ustaligiga nomzod – 969 ta, sport ustasi – 108 ta, xalqaro toifadagi sport ustaisi 6 ta.
Shuningdek, 2002 yilda tayyorlangan razryadli sportchilar: ommaviy razryadlilar –
60851 ta, birinchi razryadlilar – 1997 ta, sport ustaligiga nomzod – 855 ta, sport ustasi –
84 ta, xalqaro toifadagi sport ustaisi 12 ta tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: