Armiya va harbiy-o’quv yurtlarida jismoniy tayyorgarlik. Rossiyaning Krim
urushidagi mag’lubiyati rus armiyasining tayyorgarlik, tashkiliy va texnik jihatdan
qurollanishida jiddiy kamchiliklar borligini ochib tashladi. Biroq chor hukumati tub
islohot o’tkazish yo’lidan bormadi, balki qo’shinlar ta’limi, tarbiyasi va jismoniy
tayyorgarligi sohasida ba’zi bir yangiliklar joriy etish bilangina cheklandi.
1856 yili chor hukumati qo’shinlar ta’limining yangi dasturini joriy qildi, ustavni
birmuncha soddalashtirdi va armiyadagi jismoniy tayyorgarlikni qonunlashtirdi. 1859 yili
«Qo’shinlarda gimnastika o’rgatish qoidalari» tasdiqlandi. Unda jismoniy mashqlar uch
guruhga ajratilgan edi: 1) gavda mushaklarini o’stirish uchun tayyorgarlik mashqlari; 2)
yugurish; 3) harbiy-amaliy mashqlar hamda snaryadlarda: xoda, arqon, zina, xari, brusya,
konda bajariladigan mashqlar, balandlikka va uzunlikka sakrash mashqlari, xoda ustida
muvozanat saqlash va tirmashib chiqish mashqlari.
1874 yilda amalga oshirilgan qurolli kuchlar islohoti armiyaga chiqariluvchilar
sonini ko’paytirdi va haqiqiy xizmat muddatini cheklab qo’ydi. Bu tadbirlar askarlar
jismoniy tarbiyasini yaxshilashni shart qilib qo’ydi. Yo’l-yo’riqlar va metodik
qo’llanmalar ishlab chiqila boshlandi. 1879 yildayoq «Qo’shinlarga gimnastika o’rgatish
yo’l-yo’riqlari va ochiq joyda bajariladigan gimnastika» qo’llanmasining ikkinchi nashri
chiqdi. Ochiq joyda bajariladigan gimnastika askarlarni jismonan tayyorlashning
suvorovcha metodika elementlari, xususan: ungir, chuqurlikdan sakrab o’tish, emaklash,
tirmashish, o’rmalash, tezlashtirilgan marshlar, suzish, suvdan hosil topgan to’siqlarni
yengish va shu singarilar kirardi.
Harbiy ministr D.S.Milyutinning eng yaqin yordamchisi M.I.Dragomirov (1830-
1905 yillar) janglarda harbiy-amaliy malakalar hosil qilish, chidamlilik, epchillik va
harakatchanlik xislatlarini tarbiyalashga yordam beradigan jismoniy tayrgarlikni joriy
etish tarafdori edi. Dragomirovning fikricha, gimnastika yurish, yugurish, sakrash,
muvozanat saqlash, tirmashish va to’siqlarni yengish malakalarini takomillashtirishga
imkon berishi kerak. U gimnastika mazmuniga yurish, yugurish, sakrash, tirmashish,
to’siqlarni yengish, muvozanat saqlash va nayza bilan jang qilish mashqlarini kiritdi.
Armiyada zovur, xoda, gulzor, o’ngir, g’or singari to’siqlardan iborat hujum doirasini
egallash mashqlarini joriy etishni ham M.I.Dragomirov taklif qilgan edi.
P.F.Lesgaft harbiy qo’shinlar jismoniy taryyorgarligi nazariyasini taraqqiy
ettirishga talaygina hissa qo’shdi. P.F.Lesgaft 1875-1876 yillarda harbiy vazirlikning
topshirig’i bilan G’arbiy Yevropadagi bir qancha mamlakatlarda bo’lib, u yerlarda
jismoniy tarbiyaning qanday yo’lga qo’yilganligi va gimnastika o’qtuvchilarini
tayyorlash ishlari bilan tanishgan edi. 1877 yili u Rossiyaga qaytishi bilan harbiy
gimnaziyalar uchun jismoniy tarbiya dasturini ishlab chiqdi va 12 ta harbiy bilim yurtida
50
bu dasturning amalga oshirilishini kuzatib bordi. Lesgaft harbiy gimnaziyalar uchun
gimnastika o’qituvchilari tayyorlash kurslari (1877 yil) hamda gimnastika va qilichboz
o’qituvchilar malakasini oshirish kurslari (1884 yil) tashkil qilishda faol ishtirok etdi. U
jismoniy tayyorgarlikka baho berar ekan, jismoniy mashqlar qo’shinlar harbiy
tayyorgarligining muhim vositasidir, degan fikrga asoslandi. Lesgaft jismoniy
tayyorgarlik mazmuniga oddiy harakatlar (bukish va yozish) irg’itish yoki uloqtirish va
to’siqlardan oshib yugurish, og’ir narsalarni ko’tarib mashq qilish, suzish va sakrash
(hamma turlari), kurash, o’yinlar, snaryadlarda bajariladigan mashqlarni kiritdi.
General A.D.Butovskiyning (1838-1917 yillar) faoliyati armiyada jismoniy
tayyorgarlik nazariyasi va amaliyotini taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
General Butovskiy 1888 yili – kadetlar korpuslarida jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish
komissiyasining a’zosi bo’lgan vaqtida – «Sinfdan tashqari mashg’ulotlar qo’llanmasi»ni
yozdi. Bu qo’llanmada kadet korpuslarida tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtlarini har xil
o’yinlar va jismoniy mashqlarga bag’ishlashi nazarda tutildi.
A.D.Butovskiy kadet korpuslarini jismoniy tarbiyadan malakali mutaxassislar
bilan ta’minlash maqsadida 1890 yili maxsus kurslar tashkil qildi va 16 yil davomida
ularga o’zi rahbarlik qildi. U kurslarda jismoniy mashqlar tarixi va metodikasidan
ma’ruza o’qidi. A.D.Butovskiy jismoniy tayyorgarlik o’tkazish metodikasiga ko’pgina
yangiliklar kiritdi. U jismoniy tarbiyada vositalar emas, balki ulardan foydalanish
metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishini ta’kidlab o’tar edi. A.D.Butovskiy
gimnastika, o’yinlar va qo’l mehnatini jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari deb
hisobladi.
Progressiv arboblarning zo’r berib qilgan harakatlariga qaramasdan, armiya va
harbiy bilim yurtlarida jismoniy tayyorgarlik qoniqarsiz ahvolda qolaverdi. Ayrim harbiy
qismlar va bilim yurtlarining ijobiy tajribalaridan foydalanilmadi. Armiya va harbiy bilim
yurtlari uchun jismoniy tayyorgarlik bo’yicha kadrlar tayyorlash tizimida birlik
bo’lmaganligi jismoniy tayyorgarlikning nazariy va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab
chiqishga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |