3
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………3-5
I. BOB. BOLALARNI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISHNING XALQARO
AHAMIYATI VA UNI O`RGANISHNING NAZARIY METODOLOGIK
ASOSI
1.1. Bola tarbiyasi jarayoni to’g’risida dastlabki yondashuvlarning
shakllanishi……………………………………………………………………..6-16
1.2. Bolaning ijtimoiy – ma’naviy shakllanishida oila institutining tutgan
o’rni…………………………………………………………………..……….17- 31
II. RESPUBLIKAMIZDA BOLALARNI IJTIMOIY MUHOFAZA
QILISHNING MILLIY MODELI.
2.1. «Sog’lom ona - sog’lom bola» Davlat dasturi va uni istiqbollari….……..32-47
2.2.
Bolalarda
tarbiya
jarayonida
estetik
tasavvurlarni
shakllantirish
zarurati…………………………………………………………………………48-59
Xulosa……………………………………………………………………..….60-62
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………………63-64
4
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Bugungi o`z-o`zini boshqarish, ya’ni mahallalar
tizimida oila jamiyatning ijtimoiy poydevoridir. Shunga ko`ra, jismoniy sog’lom,
ma’nan barkamol, axloqan pok va yuksak madaniyatli yosh avlodni voyaga
yyetkazish oiladan boshlanadi. Oila hayotning asosiy maqsadi aholini qayta
tiklash, bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa ota-onaning
o`zaro munosabatidir. Mana shu oilaviy munosabat madaniyatning takomillashishi
yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlari, nuqtai
nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari, ularga
rioya etishning to`g’ri yo`lini ko`rsatadi. Yosh avlodning ma’naviy qiyofasi,
ularning hatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida
boshlanadi. Har bir inson, u katta va kichikligidan qat’i nazar, o`zining his-
tuyg’usini, ichki tug’yonini, orzu-umidlarini munosabat jarayonida bayon etadi.
Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyoti, insonlarning yaxlit holda shakllanishi,
ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatida, hamkorligida, o`zaro
ta’sirida vujudga keladi.
Bola tarbiyasida kelib chiqadigan muammolar va ularni yechimlari
mavzusini tanlashimdan asosiy maqsad, bu mavzu O`zbekistonda, balki butun
dunyoda o`rganilib, kelayotgan asoisy muammolardan biri hisoblanadi.
XXI asr buyuk o`zgarishlar davri bo`lishiga shubha yo`q.
Bu o`zgarishlar eng avvalo inson tafakkurida uning fikrlar tizimi ta’sirida
ro`y berilishi muqarrar. Tabiiyki bu holat insonning o`zgarishini talab qilib, bir
necha vazifalarni yuklab qo`yadi.
Oila institutini yanada mustahkamlash, bu borada olib borayotgan ishlarni
yangi bosqichga ko`tarish alohida ahamiyat kasb etadi. Oila mustahkamligi – bu
jamiyat mustahkamligi va demak, davlat barqarorligining asosidir.
Bu vazifalarga birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari yosh avlodning
bilim olishiga yuqori malakali kadrlar bo`lib, o`z yurti va xalqiga sitqidildan
5
xizmat qilishga, ozod yurt saodati uchun halol mehnat qilishga o`rgatishni nazarda
tutadi. Zero Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek
Do'stlaringiz bilan baham: |